Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Buxgalteriya hisobining shakllari


Download 0.85 Mb.
bet55/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

7.4. Buxgalteriya hisobining shakllari


Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
  • korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;


  • korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.


Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.


Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:

Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:


  1. Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.


  1. Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.


  2. Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.


  3. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.


  4. Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.


Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi




14-jadval

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling