Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning davlat moliyasini


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
7.3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning davlat moliyasini 
boshqarishdagi vakolatlari 
 
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy 
moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx 
siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni 
tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini 
amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini 
ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, 
valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni 
ta’minlaydi. 
Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar, ham xarajatlar 
bo‘yicha ijro etilishi, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar 
etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, 
davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, 


86 
muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
yagona tizimini tashkil etadi. 
Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan organlar orqali 
muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi. 
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik 
O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga 
oshirishning birligini ta’minlaydi. 
2017-yilga qadar Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo‘yicha 
vakolatlari, asosiy vazifalari va funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling