Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Davlat moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimada? 
2. Davlat moliyasi funksiyalarining amal qilishini misollar asosida ta’riflab 
bering. 
3. Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning 
boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 
davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni 
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini 
tushuntirib bering.


21 
3-BOB. DAVLAT MOLIYASI TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYALAR 
 
3.1. Turli davr va iqtisodiy maktablar namoyandalarining davlat moliyasiga 
oid nazariyalari 
 
Jamiyat 
taraqqiyotining 
turli 
bosqichlarida 
markazlashtirilgan 
va 
markazlashtirilmagan 
pul 
fondlarining 
shakllantirilishi, 
taqsimlanishi 
va 
foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o‘rgangan moliya fani iqtisodchi-
olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Ular 
tomonidan yaratilgan moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari 
tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga 
ega bo‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, fan 
sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni 
shakllan-tirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodchi-olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy 
qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosa-tining asosida yotadi. 
Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birin-chi guruhi siyosiy 
iqtisod 
mumtozlarining 
kontseptsiyalari 
bilan 
izohlanadi. 
Kapitalistik 
taraqqiyotning dastlabki bosqichi-dayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy 
kontseptsiyalar alo-hida o‘ringa ega bo‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va 
byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk 
Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Frantsiyada – P.Baugilber) tomonidan 
tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) o‘zi-ning “Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqi-qot” deb nomlangan fundamental 
asarida davlat moliyasining mo-hiyati to‘g‘risida ayrim g‘oyalarni ishlab chiqdiki, 
ular mehnatning unumli va unumsizligi to‘g‘risidagi ta’limotga (bu ta’limot 
A.Smitniki) 
asoslangan 
edi. 
Uning 
aniqlashicha, 
bevosita 
kapi-talga 


22 
almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daro-madga, ya’ni ish haqi 
va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib 
chiqqan holda A.Smit (va undan so‘ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga 
(davlatning daromadla-ri va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan 
olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli barchasining unumsiz 
sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham, davlat xara-jatlari kapitalning 
jamg‘arilishi va milliy daromadning o‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana 
shundan uning soliqlarga nis-batan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit, 
yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi davlatning xara-jatlarini qisqartirish 
kerak, degan xulosaga keladi. 
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo‘lsa-da, ular ma’lum bir 
qismi bo‘lishining zarurligini e’tirof et-gan. Chunki ana shu qism ishlab 
chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Uning 
nazariyasida so-liqlar nazariyasiga katta o‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maq-
sadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to‘rt asosiy printsiplarini 
ifodalagan: 

soliqlar ularni to‘lovchilarning salohiyati va kuchiga muvofiq to‘lanishi 
kerak; 

soliqlarning miqdori va ularni to‘lash muddatlari aniq belgilangan bo‘lmog‘i 
lozim; 

soliqlarni undirilish vaqti soliq to‘lovchi uchun qulay bo‘lmog‘i zarur; 

soliqlarni 
undirishda 
ularni 
undirish 
xarajatlarining 
minimalligini 
ta’minlamoq kerak. 
Tarixiy jihatdan bu printsiplar tug‘ilib kelayotgan burjuaziyaning 
ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy sotsial guruhlari bo‘lgan 
bo‘lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo‘yicha 
boshboshdoqligiga qarshi yo‘-naltirilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan 


23 
yuqoridagi printsiplar, to‘liq bo‘lmasada, burjua davlatlari tomonidan soliq 
islohotlarini o‘tkazishda foydalanilgan. 
Soliqlarning turli ko‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan 
undiriladigan soliqlar va boshqalar) tah-lil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy 
taraqqiyoti nuqtai - nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan 
o‘r-natilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning 
natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o‘s-gan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish 
kamaygan va iste’mol qi-lish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, bu 
so-liqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi 
daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avans-lashtirilgan kapitalining oshishiga 
yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining 
pasayi-shiga olib keladi. 
Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga – 
kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab chi-qarish kuchlarining 
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling