Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Mamlakat moliya tizimining tarkibiy tuzilishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

2.1-rasm. Mamlakat moliya tizimining tarkibiy tuzilishi
1
 
Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan jamg‘armalarini 
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq real pul 
aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir. 
Moliyalashtirishning moddiy asosini pul aylanmasi tashkil qiladi. 
Real pul aylanmasi – bu qiymat harakatini yuzaga keltiruvchi hamda pul 
to‘lovlari va hisob-kitoblar oqimlari bilan birga kuzatiluvchi iqtisodiy jarayondir. 
Real pul aylanmasi ob’ekti sifatida kengaytirilgan ishlab chiqarishning 
moliyalashtirish manbalari hisoblanuvchi moliyaviy resurslar namoyon bo‘ladi. 
Davlat moliyasi iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlari, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha va ijtimoiy sektorning eng muhim dasturlari, 
byudjet sohasidagi tashkilotlar va muassasalar kabilarni markazlashgan 
 
1
Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma.T:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 28-b. 
Moliyatizimi 
Davlat 
moliyasi 
Uy xo’jaliklari 
moliyasi 
Xo’jalik subyektlari 
moliyasi 
Davlat byudjeti 
Davlatning byudjetdan 
tashqari maqsadli 
jamg’armalari 
Davlat krediti 
Davlat
korxonalari moliyasi 
Tijorat asosida faoliyat 
yurituvchi korxonalar 
moliyasi 
Notijorat faoliyatini amalga 
oshiruvchi muassasa va 
tashkilotlar moliyasi 
Jamoat tashkilotlari 
moliyasi 


13 
moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga oid iqtisodiy munosabatlarni 
ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning 
umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan
2

Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu 
instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
tartibga solish, pul birligi barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini 
tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi 
mumkin. Ushbu bo‘limda biz davlat moliyasining mohiyati, tushunchalari va 
asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz. 
Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini 
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda real pul 
aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir
3

Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi 
mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi
iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazishi yoki mudofaani ta’minlashi mumkin. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling