Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-BOB.“DAVLAT MOLIYASI” FANIGA KIRISH


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
1-BOB.“DAVLAT MOLIYASI” FANIGA KIRISH 
1.1. “Davlat moliyasi” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va 
vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida alohida o‘rin egallaydi. Davlat moliyasi 
orqali davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa 
funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosi yaratiladi, davlat 
moliyasi mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari bilan byudjet-moliya 
qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, 
iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam 
o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining hayot 
darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali 
amalga oshirish sharoitida davlat moliyasining amal qilish mexanizmlarini puxta 
o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat 
yurituvchichi mutaxassislardan davlat moliyaviy munosabatini to‘g‘ri va samarali 
tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‘llay olish talab etiladi. 
Shu sababli bakalavriatning bir qator ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga “Davlat 
moliyasi” nomli fan kiritilgan bo‘lib, ushbu fan dasturida davlat moliyasining
mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni amalga oshirishdagi 
ahamiyati, davlat moliyasining tarkibi, davlat moliyasining tashkiliy-huquqiy 
asoslarini, davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat moliyasini 
boshqarishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari, byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish mexanizmlari, davlat krediti va 
davlat qarzlarini boshqarish masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotida 
davlat moliyasining ahamiyatini oshirish kabi masalalar qamrab olingan. 



Davlat moliyasining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati 
tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda 
davlat moliyaviy resurslari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat 
moliyasini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, har 
bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning 
boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat moliyasi ham muhim ahamiyat kasb 
etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat moliyasi amal qilishining tegishli 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan ta’minlanadi. 
“Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamona-
viy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish 
muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy 
qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, 
keyslardan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interaktiv usullari(vizual, 
muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klasster, “Venn 
diagrammasi” va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‘qituvchisi tomonidan peda-
gogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Davlat moliyasi” fani o‘quv 
mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda muammoni 
jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzoka-
ralar, pinbord texnikasi, keys-stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni 
o‘rganish) kabi usullar qo‘llaniladi. 
Shuningdek, fanning amaliy mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan 
(Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia 
ta’lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini 
boshqarish tizimida qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya 
etiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarga mavjud o‘quv adabiyotlaridan, 
elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya 
etiladi. 



“Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul 
fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi
taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va 
moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi. 
Fanni o‘qitishdan maqsad– kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-
mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda davlat moliya tizimining tuzilishi va 
faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va ularni amaliyotga 
tatbiq etishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy 
ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi 
talablar qo‘yiladi. Talaba: 
− davlat moliyasining mohiyati, uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi, 
davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari, 
rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish 
asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular 
mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega 
bo‘lishi;
− davlat moliyasi rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat moliyasi holatini 
baholash va tahlil qilishni, davlat moliyasi rivojlanishi istiqbolini belgilash 
asoslarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya qonunchiligi asoslarini, davlat 
moliyasining asosini tashkil etuvchi barcha darajadagi byudjetlar ijrosini tashkil 
etish nazariyasi va amaliyotini, davlat moliyasini tashkil etish tamoyillarini bilishi 
va ulardan foydalana olishi; 
− davlat moliyasi ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, ularni 
tahlil etish, davlat moliyaviy nazorati, davlat kreditini boshqarish, mahalliy 
moliyani tashkil etish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, 



ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish va ijro 
ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; 
− davlat moliyasi tizimidagi hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro 
natijalarini hisob-kitob qilish, davlat moliyasi tizimida axborot tizimlaridan 
foydalanish, davlat moliyasi amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan 
maqsadga muvofiq foydalanish, davlat moliyasining rivojlanish qonuniyatlarini 
aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha malakalarga ega 
bo‘lishi kerak. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling