Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarida va ularning


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
12.2-rasm. Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarida va ularning 
ishtirokida sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarning guruhlanishi 
 
Moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasining qator o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud: 
– moddiy ishlab chiqarishda turli-tuman, ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlar 
yuz beradi, bunga turli mulk shakllarining mavjudligi, tarmoq xususiyatlari, tabiiy-
iqlim sharoitlari kabi omillar ta’sir etadi; 
– moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi ishlab chiqarish fondlarining 
shakllanishi, doimiy to‘lib borishi, yangilanishi va o‘sishini ta’minlaydi; 
Moliyaviy munosabatlarning guruhlanishi 
Birlamchi daromadlarni shakllantirish, xo‘jalik ichki maqsadli pul 
fondlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul 
munosasabatlari 
Korxonalar bilan bank tizimi o‘rtasidagi (ssuda olish, uni qaytarish, foiz 
to‘lash, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni bankka to‘lov evaziga 
qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari) 
Moddiy ishlab chiqarish korxonalari va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi 
sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul 
munosabatlari 
Barcha turdagi korxonalar o‘rtasidagi taqsimlash xarakteridagi pul 
munosabatlari 
Korxonalar bilan ularning yuqori turuvchi boshqaruv tuzilmalari, 
shuningdek, moliyaviy bozor bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlari 
Korxonalar bilan davlat o‘rtasidagi (budjetga soliqlarni to‘lash, 
budjetdan moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan) pul munosabatlari 


245 
– moddiy ishlab chiqarish korxonalari moliyasi mamlakat moliya tizimining 
boshlang‘ich asosini tashkil qiladi; 
– moddiy ishlab chiqarish moliyasi yuqori aktivlikka, xo‘jalik yuritishning 
barcha tomonlariga ta’sir etishning keng imkoniyatlariga ega. 
Barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, noishlab chiqarish 
sohasi muassasa va tashkilotlarining bir qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat 
hisobi asosida ish yuritadilar.
Korxonalar moliyasini tashkil qilishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
– xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari; 
– tarmoq xususiyatlari. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xo‘jalik 
yuritishning turli tashkiliy-huquqiy shakllarini shakllantirdiki, buning natijasida 
turli mulkka asoslangan har xil turdagi korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ular: 
– tadbirkorlik faoliyatini olib borishda teng huquqqa egadirlar; 
– ularga bozor qonunlariga bo‘ysunishda bir xil talablar qo‘yiladi.
Lekin ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridagi farqlar ular moliyasini tashkil 
etishda o‘ziga xos xususiyatlarning bo‘lishini taqozo etadi, ya’ni: 
– ustav kapitalini shakllantirish manbalari va tartibida; 
– foyda(daromad)ning taqsimlanishida; 
– moliya-bank tizimi bilan bo‘ladigan munosabatlarida. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mamlakatimizda xo‘jalik 
yuritishning quyidagi turdagi tashkiliy-huquqiy shakllari mavjud: 
davlat korxonalari
– xususiy korxonalar; 
– aksiyadorlik jamiyatlari; 
– mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar; 
– xo‘jalik shirkatlari va sh.k. 
Bundan tashqari, kichik biznes subyektlari, kasanachilik asosida faoliyat 
yurituvchilar, yakka tadbirkorlar ham bugungi kunda iqtisodiyotimizning hal 
qiluvchi bo‘g‘inlariga aylanib bormoqda. 


246 
Yuqorida sanab o‘tilgan tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar haqidagi 
umumiy qoidalar, ularning vakolatlari, mulkiy munosabatlari, ustav kapitalining 
shakllanishi, moliya-xo‘jalik faoliyati, bu faoliyat ustidan nazoratni tashkil qilish 
va shu kabi boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2006-yil 16-oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning 
samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-sonqarori bilan tasdiqlangan “Davlat 
korxonalari to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2019-
yil 21-maydagi “Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan 
tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Qarori va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling