Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
12.7-rasm. Korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi
114 114 Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 200-bet. 260 Lekin asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini faqatgina amortizatsiya ajratmalari hisobidan ta’minlab bo‘lmaydi, chunki amortizatsiya fondi asosiy fondlarning asosan oddiy takror ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi. Asosiy vositalarning to‘liq tiklanishiga kapital qo‘yilmalar quyidagi manbalardan safarbar etiladi: – foyda va korxonaning boshqa o‘z mablag‘lari; – aksiyadorlik yoki ulushli kapital; – uzoq muddatli investitsion kreditlar; – budjet ajratmalari; – budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari; – lizing. 12.4. Davlat korxonalarida foyda, uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi Korxonalar o‘z nizomi va qonunchilik doirasida xo‘jalik faoliyatini olib borishda bozor muhitining xo‘jalik-operativ mustaqillik, xarajatlarning qiyosiy tahlili va natijalarning olinishi, korxona ishlab chiqarish-moliyaviy natijalariga moddiy manfaatdorlik va javobgarlik kabi tamoyillarga asoslanadi. Aynan mana shuning uchun korxonalar foydasini taqsimlash tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: – birinchidan, korxona kelgusi taraqqiyoti va imkoniyatlarini takror ishlab chiqarish uchun muhim resurslar hamda jamg‘arish va iste’mol fondining shakllanishida zarur ehtiyojlarni moliyalashtirishning barqaror manbayi yaratilishi zarur; – ikkinchidan, mehnat jamoasi a’zolari uchun taqsimlanadigan foydaning shunday hajmi ta’minlanishi lozimki, buning natijasida jamoa a’zolarining ishlab chiqarishdagi ishtirokidan manfaatdorligini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yetarli bo‘lsin. 261 Foydasifatida qo‘shilgan qiymatning mahsulot sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish natijasida yaratilgan qismigina maydonga chiqishi mumkin. Boshqa aktivlarni sotishdan, moliyaviy operatsiyalardan tushumlar va boshqa tushumlar korxona daromadinitashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq bazasi qilib olinayotgan foyda sifatida yalpi foyda ilgari surilgan, uning tarkibiga mahsulot(ish, xizmat)ni sotishdan olingan foyda, asosiy fondlar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda, realizatsiyadan tashqari foyda va zararlar hamda favqulodda foyda va zararlar kiritilishi ta’kidlangan, yalpi foyda tarkibiga foyda va daromadlarning kiritilishi bu tushunchalarni chalkashtirib yuborishga olib keldi. Buning natijasida asosiy faoliyatdagi mahsulot sotishdan olingan foyda bilan asosiy fondlar va ko‘chmas mulkni sotish hisobiga kapitalning o‘sishi tushunchalari bir-biriga aralashib ketgan. Rivojlangan davlatlar amaliyotida ushbu tushunchalar farqlanadi va turli stavkalarda soliqqa tortiladi. Foydaning taqsimlanishi jarayonini o‘rganishda asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) hisoblanadi. Ushbu hisobot nafaqat korxonaning asosiy va qo‘shimcha faoliyatidan olingan buxgalteriya foydasining umumiy qiymatini, balki sof foydani ham aks ettiradi. Korxonalarda foydaning taqsimlanishini quyidagi shartli chizma asosida ko‘rib chiqamiz (12.8-rasm). Mazkur chizmadan ko‘rinishicha, soliq to‘langunga qadar bo‘lgan korxona foydasi uch xil yo‘nalishda taqsimlanadi: 1) birinchi navbatdagi to‘lovlar; 2) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foyda; 3) taqsimlanmagan foyda. Buxgalteriya hisobidagi foydaning umumiy qiymati va birinchi navbatdagi to‘lovlar farqi korxonaning sof foydasinitashkil etadi. Birinchi navbatdagi to‘lovlar tarkibiga budjetga soliqlar, bank kreditlari uchun va boshqa qarzlar uchun foizlar, chiqarilgan obligatsiyalar uchun foizlar, boshqa to‘lovlar kiradi. Korxona sof foydasi ikki yo‘nalish bo‘yicha taqsimlanadi: 262 a) taqsimlanishi lozim bo‘lgan foydaga, ya’ni dividendlar to‘lash uchun ajratiladigan to‘lovlarga; b) taqsimlanmagan foydaga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni moliyalashtirish, moliyaviy zaxirani to‘ldirish, qayta investitsiyalash maqsadlariga ishlatiladigan mablag‘larga. Taqsimlanmagan foyda miqdorining o‘zgarishi korxonaning qaroriga bog‘liq bo‘lib, mohiyati jihatidan kapitallashuvi lozim bo‘lgan foydani ifodalaydi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling