Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat korxonalarining moliyaviy resurslari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
12.3. Davlat korxonalarining moliyaviy resurslari 
 
Ma’lumki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligiga 
uning moliyaviy resurslari harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. 
Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini 


254 
tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy menejment uslublari va ko‘rsatmalaridan, 
shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejalashtirish kabi vositalardan 
foydalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari 
mohiyatini o‘rganish va ularning yanada samaraliroq harakatini tashkil etish 
yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga 
ega.
“Moliyaviy resurslar” tushunchasini talqin etishda uning ichki mohiyatini
korxona mablag‘lari doiraviy aylanishi jarayonidagi ahamiyatini hamda unga xos 
funksiyalarni ajratib ko‘rsatish lozim.
Korxona moliyaviy resurslari – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
yuzasidan xarajatlarni amalga oshirishga, moliya-kredit tizimi oldidagi 
majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan 
pul daromadlari va jamg‘armalaridir.
Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini 
moliyaviy ta’minlashga qaratilgan pul mablag‘larining bir qismidir.
Korxonalar moliyasi tizimida tadbirkorlik kapitali degan tushuncha ham 
mavjud bo‘lib, u korxona aylanmasiga solingan va ushbu aylanmadan daromad 
keltiruvchi pul yoki “o‘z-o‘zidan o‘suvchi qiymat”dir.
Shunday qilib, korxona moliyaviy menejmentida boshqarish obyekti sifatida 
nafaqat moliyaviy resurslar, balki aylanma va aylanmadan tashqari mablag‘lar ham 
maydonga chiqadi. Moliyaviy resurslarni tashkil etish ularni boshqarish 
samaradorligini oshirish muammolari ichida belgilovchi o‘rinni egallaydi.
Moliyaviy resurslarni tashkil etishning asosiy tamoyillariga quyidagilar 
kiradi:
– moliyaviy resurlar tarkibi va tuzilishi;
– moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari;
– moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish;
– moliyaviy resurslar saqlanishini ta’minlash.
Moliyaviy resurslar tarkibi va tuzilishi iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 
sohalari korxonalarida bir-biridan farq qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 


255 
moliyaviy resurslar ikki shaklda: fondlar tashkil etish orqali va fond tashkil 
etmasdan ishlatilishi mumkin. Moliyaviy resurslar tashkil topishi va 
ishlatilishining birinchi shakli moliyaviy fondlar tashkil etilishining to‘laligi, o‘z 
vaqtidaligi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish nuqtayi-nazaridan qulaydir. 
Ikkinchi shakl esa - moliyaviy resurslarning muhim xususiyati bo‘lmish 
harakatchanlikni ta’minlaydi.
Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumning taqsimlanishida 
birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya fondi, foyda va boshqalar) 
shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish zarurligi tufayli moliyaviy resurslar 
qayta taqsimlanadi: ularning ma’lum qismi budjet va budjetdan tashqari fondlarga 
ajratiladi. Umumdavlat moliyaviy resurslari, o‘z navbatida, qayta taqsimlanadi va 
ularning ma’lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi.
Moliyaviy resurslarning tashkil topish manbalari turli-tuman bo‘lib, 
korxonaning ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati ko‘lamlariga 
bog‘liq. Korxona moliyaviy resurslarining tashkil topish manbalari umumlashgan 
tarzda chizmada aks ettirilgan (12.6-rasm). 
Korxona nizom jamg‘armasining tashkil topish manbaiga xo‘jalik 
yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi: shaxsiy 
(oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun); hissadorlik kapitali; shirkatlar 
yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari; jismoniy 
shaxslarning shaxsiy mablag‘lari. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling