Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan korxona foydasining


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

12.8-rasm. Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan korxona foydasining 
taqsimlanishi
115
 
Korxona foydasining taqsimlanishi chizmasida yana bir muhim bosqich - 
qayta investitsiyalash maqsadidagi foyda va amortizatsiya fondi mablag‘lari 
hisobiga asosiy va aylanma kapital o‘sishini moliyalashtirishning maxsus fondi 
(manbayi) tashkil etilishi jarayonidir. Ushbu maxsus fond (manba) ni korxonaning 
“o‘z-o‘zini moliyalashtirish fondi” deb atash mumkin. 
Ma’lumki, korxona foydasi va uning taqsimlanish nisbatlari bozor 
iqtisodiyotining umumiy holati (sanoat sikli), korxonaning bozorda egallagan o‘rni 
(ishchan konyunktura sikli) hamda korxona taraqqiyotining tegishli bosqichlari 
(shakllanish, jonlanish, yuksalish, yetuklik, inqiroz) bilan uzviy bog‘liqdir. Ishlab 
chiqarish siklining turli davrlarida korxona moliyaviy menejerlari oldiga foydaning 
 
115
Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma.T:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 203-b. 


263 
taqsimlanishi yuzasidan turlicha vazifalar qo‘yilishi mumkin. Ishlab chiqarishning 
umumiy pasayishi va inqiroz davrida korxona foydasi uning zarari bilan 
almashinadi va buning natijasida korxona moliyaviy menejerlari oldida foydaning 
taqsimlanishi muammosi emas, balki korxonaning yashab qolishi muammosi 
turadi. Korxona ishchan faolligining pasayishi davrida (korxona mahsuloti va 
xizmati bo‘yicha talabning taklifga nisbatan pasayishi) ham agar korxona 
innovatsion faoliyatni takomillashtirish choralarini ko‘rmasa, yuqoridagi holatga 
tushib qolishi mumkin. Albatta, korxona ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi 
sharoitida ham ma’lum vaqt ichida foyda olishi mumkin. Lekin foydaning 
taqsimlanishi joriy majburiyatlarni to‘lash xususiyatigagina ega bo‘ladi va sof 
foydaning taqsimlanishi uchun imkoniyat qolmaydi.
Foydani taqsimlash nisbatlari haqidagi masala moliyaviy menejmentning 
muhim masalalaridan biridir. Shu tufayli korxona faoliyatida, avvalo, qayta 
investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda va sotish hajmining o‘sishini 
ifodalovchi ko‘rsatkich o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish lozim. Albatta, bunday 
bog‘liqlik mavjud, ya’ni qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan foyda 
sotish hajmi o‘sishining funksiyasidir. Qayta investitsiyalash maqsadida 
ishlatiladigan 
foyda 
asosiy 
va 
aylanma 
kapitallarni 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi. Bunda aylanma kapitalning o‘sishi boshqa teng iqtisodiy 
sharoitlarda, mahsulot sotish hajmining o‘sishiga bog‘liq, asosiy kapitalning 
o‘sishi faqat uzoq muddatli davrdagina sotish hajmiga bog‘liq. Bundan tashqari, 
asosiy kapitalning o‘sishi nafaqat miqdoriy xususiyatga (joriy ishlab chiqarish 
maqsadlari uchun), balki sifat xususiyatlariga ham ega (ishlab chiqarishning 
yangilanishi uchun), mazkur o‘sish qisqa muddatli davrda ham, uzoq muddatda 
ham zarurdirki, bunda korxona mahsulotining iste’mol qiymatining o‘sishi uchun 
moddiy imkoniyatlar doimo mavjud bo‘lishi muhimdir (12.9-rasm). 
Shunday qilib, korxona sof foydasining taqsimlanishi qayta investitsiyalash 
maqsadida ishlatiladigan (taqsimlanmagan) foydaning hisoblangan miqdoriga 
asoslanadiki, uning darajasi moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari orqali 
tartibga solinadi hamda taqsimlanadigan foyda miqdori va me’yorini belgilaydi.


264 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling