Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning hajmiga ta’sir


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

12.9-rasm. Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning hajmiga ta’sir 
etuvchi omillar
116
 
Xulosa qilib aytganda, korxona foydasi bozor sharoitida muhim iqtisodiy va 
rag‘batlantiruvchi omil sifatida tadbirkorlik faoliyatining yanada rivojlanishida va 
kengayishida muhim ahamiyatga ega.
 
12.5. Korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi 
Zamonaviy bozor vazifalarining keng ko‘lamligi, ziddiyatliligi turli xo‘jalik 
yuritish shakllarining taraqqiyoti darajasidagi farqlar hamda aholining ijtimoiy 
himoyalanishi muammosi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni nafaqat jamiyat 
miqyosida, balki alohida xo‘jalik yuritish shakllari miqyosida davlat tomonidan 
tartibga solishni talab etadi. Bunday moliyaviy tartibga solish korxona faoliyati 
sharoitlari va natijalariga muhim ta’sirlardan biri hisoblanadi va uning dolzarbligi 
hozirgi sharoitda shu bilan yanada kuchayadiki, mazkur mexanizm moliyaviy 
holatning barqarorlashuvi va uning bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxona 
yashovchanligini ta’minlashi va umuman, korxona moliyasini boshqarishning 
tegishli tizimini barqarorlashtirish asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
 
116
Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma.T:, “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 205-b. 
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan 
foydaning hajmiga ta’sir etuvchi omillar 
 
Subyektiv omillar 
Subyektiv omillar 
– 
tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-
texnik jihatdan boshqarish darajasi; 
– ishlab chiqarilayotgan mahsulot-
larning raqobatbardoshligi; 
– mehnat unumdorligi darajasi; 
– mahsulotni ishlab chiqarish va 
sotish xarajatlarining hajmi; 
– tayyor mahsulotning bahosi darajasi 
– 
iste’mol qilinadigan moddiy va 
energiya resurslarining narxlari va 
tariflari; 
– amortizatsiya ajratmalari 
me’yorlari; 
– bozor konyunkturasi; 
– inflyatsiya darajasi; 
– alohida tovar ishlab chiqaruvchi-
larning monopol holati 


265 
Bozor munosabatlarining shakllanishi ularga mos holda iqtisodiyotning o‘z-
o‘zini tartibga solish mexanizmlarining amal qilishini talab etadiki, bu narsa 
korxonalar moliyasini boshqarishning yangi sharoitida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatini moliyaviy tartibga solishning yangi tizimi amal qilishining 
asosiy sababi bo‘ladi. Iqtisodiyotda tanho hukmronlikka qarshi kurashish, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, o‘z-o‘zini tashkil etish 
jarayonlarining taraqqiyoti turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar 
darajasida yangi sharoitlarga mos moliyaviy tartibga solish va boshqarish 
asoslarining yaratilishini talab etdi. Aynan mana shu omillar, mustaqil xo‘jalik 
yuritish qatnashchilari sifatida biznes uchun muhim asos yaratadiki, bu narsa bozor 
iqtisodiyoti shartlariga mos keluvchi korxonalar moliyaviy resurslarini boshqarish 
va tartibga solish tizimini talab etadi. 
Moliyaviy resurslar manbalari oqilona tarkibini shakllantirish, boshqarish va 
tartibga solishning muhim vositalaridan biri korxona aylanma aktivlari va 
passivlarini kreditlar orqali tartibga solishdir.
Korxona aylanma mablag‘larini tartibga solish muammosi bozor 
munosabatlariga o‘tish davriga xos inflyatsiya, to‘lov tizimining inqirozi, ishlab 
chiqarish sur’atlarining pasayishi kabi ob’ektiv jarayonlarning kuchayishi bilan 
yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Moliyaviy resurslarni yuqoridan taqsimlash 
tizimidan bozor raqobatiga o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi uchun pul-
kredit resurslaridan foydalanish samaradorligining mezoni asosida iqtisodiyotning 
real va moliyaviy sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil etishga majbur 
qilmoqda. Ushbu mezonga ko‘ra pul-kredit resurslaridan foydalanish samaradorligi 
kreditlar orqali tartibga solish mexanizmi asosidagi operatsiyalar daromadliligini 
aniqlashni talab etadi.
Ma’lumki, korxonalar xo‘jalik yuritish sharoitlarining o‘zgarishi ular 
aylanma mablag‘larini tashkil etish, ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash 
jarayoniga yangicha talablar qo‘ymoqda. Korxonalar aylanma mablag‘larni 
boshqarish yuzasidan to‘la mustaqillik va ularga egalik qilish huquqining 
kafolatlarini olgach o‘z hohishlariga ko‘ra ularning miqdori va moliyalashtirish 


266 
manbalarini rejalashtirmoqdalar. Biroq aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj 
xo‘jalik faoliyati hajmi va korxonaning takror ishlab chiqarish jarayoni 
uzluksizligini ta’minlash uchun aylanma kapital miqdorini mukammallashtirish 
hamda korxona imkoniyatlarini qidirib topish bilan bog‘liqdirki, bu o‘z navbatida 
uni tartibga solishning faol va samarali mexanizmini talab qiladi.
Korxona faoliyatida uning debitorlik qarzlari aylanuvchanligi koeffitsienti 
qanchalik kichik va muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari koeffitsenti qanchalik 
katta bo‘lsa, aylanma mablag‘lar alanuvchanligi koeffitsienti shunchalik kichik 
bo‘ladi. Korxona faoliyatida kreditorlik qarzlari darajasi qanchalik kichik bo‘lsa, 
jalb etilgan kapital miqdori shuncha kam bo‘ladi va natijada jalb etilgan va o‘zlik 
mablag‘lari nisbati koeffitsienti shuncha kam va o‘zlik kapitali esa shuncha yuqori 
bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonada o‘zlik kapitaliga olinadigan foyda miqdori 
hamda o‘zlik kapitali rentabelligi ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Moliyaviy resurslarni boshqarishga yangicha yondashuvlar shunga muvofiq 
tarzda moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baholashga ham yangicha 
yondashuvni talab etadi. Ma’lumki, korxonalar moliyaviy holatini xususiyatlovchi 
ko‘rsatkichlar shartli tarzda uch guruhga bo‘linadi:
− moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari;
− to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;
− moliyaviy investitsiyalar samaradorligi ko‘rsatkichlari. 
Hozirgi kunda korxonalarda hisobning yangi tizimiga o‘tilganligi ularda 
xo‘jalik, savdo-vositachilik va moliyaviy operatsiyalar hisobining alohida-alohida 
yuritilishini talab etadi. 
Ma’lumki, korxonalar garchi ularda asosiy faoliyat turi mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘lsada va hatto ular ishlab chiqarish maqsadida kredit olgan bo‘lsalar 
ham, o‘z faoliyatlarida savdo-vositachilik operatsiyalari bajaradilar. Shu 
munosabat bilan bu korxonalar moliyaviy resurslari ishlab chiqarish sohasi uchun 
ham, muomala sohasi uchun ham ishlatiladi. Shuning uchun ishlab chiqarish sohasi 
uchun ahamiyatli bo‘lgan foyda yoki muomala sohasi uchun baholovchi 


267 
ko‘rsatkich bo‘lgan yalpi daromad ko‘rsatkichlaridan qaysi biri orqali korxona 
faoliyatiga baho berish hozirgi kundagi o‘ta tortishuvli va dolzarb muammodir. 
Bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda yuqoridagi ko‘rsatkichlar emas, balki 
xo‘jalik oborotiga solingan barcha investitsiyalar samaradorligi ko‘rsatkichi 
korxonalar faoliyatiga umumiy tarzda ob’ektiv baho berish mezoni hisoblanadi. 
Korxonalar moliyaviy resurslari holatining aynan shu masalalari iqtisodiy 
nazariya va amaliyotimizda chuqur o‘rganilmagan muammolardandir.
Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini tartibga solishning uslubiy asosi 
sifatida nafaqat foyda ko‘rsatkichidan, balki rentabellik ko‘rsatkichlari tizimidan 
ham foydalanish lozimki, u sof foydaning xo‘jalik oborotiga solingan mablag‘lar 
miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Korxona xo‘jalik oborotiga solingan 
mablag‘lar tarkibiga jami avanslangan kapital, o‘z va qarz mablag‘lari, tadbirkorlik 
faoliyatiga qo‘yilgan mablag‘lar kiradi. Bunday ko‘rsatkichlar tizimidan 
foydalanish quyidagilarga imkon beradi: moliyaviy investitsiyalar samaradorligini 
o‘lchash orqali moliyaviy boshqarish samaradorligini baholash; iqtisodiy tahlil va 
baholash asosida korxonani boshqarish umumiy strategiyasining asosiy tarkibiy 
qismi sifatida korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish; tashkiliy-huquqiy 
shakli va tarmoq xususiyatidan qat’iy nazar xo‘jalik faoliyati bo‘yicha hamma 
korxonalarni tabaqalashtirish. 
Ma’lumki, korxona faoliyatini moliyalashtirish ichki va tashqi manbalar 
hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Biroq, ayrim holatlarda korxonalar tashqi 
moliyalashtirish manbalaridan foydalanmaslikni afzal ko‘radilar. Bunday holat 
ko‘proq korxona ta’sischilari ro‘yxatining kengayishida yoki innovatsion faoliyatni 
xususiyatlovchi ma’lum loyihani amalga oshirishda foydaga sherik korxonalar 
ro‘yxatini cheklashda uchraydi. Mazkur sharoitda korxona moliyaviy menejeri 
oldida, asosan, tashqi moliyalashtirish manbalarini cheklash evaziga korxona 
moliyaviy imkoniyatlarining o‘sishini ta’minlash muammosi yotadi. Agar korxona 
moliyalashtirish muammosini taqsimlanmog‘i lozim bo‘lgan foydadan qayta 
investitsiyalash maqsadida foydalanish hamda ssuda kapitalini jalb etish hisobiga 
hal etsa, u holda bunday o‘sish darajasi o‘z-o‘zini ta’minlagan o‘sish deb ataladi.


268 
Shunday qilib, korxona ta’sischilari o‘z kapitalining o‘sish sur’atlari o‘z 
kapitaliga qaytim darajasi hamda qayta investitsiyalash koeffitsienti miqdoriga 
bog‘liqdir. 
Agar korxona moliyaviy menejeri korxonaning o‘z kapitali o‘sishining 
tezligini oshirishga intilsa, buning uchun o‘z kapitalidan foydalanish 
samaradorligini oshirish hamda qayta investitsiyalash maqsadida ishlatiladigan 
taqsimlanmagan foyda miqdorini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rish muhimdir. 
Ba’zi korxonalar fondlardan foydalanish samaradorligining yuqori darajasini 
ta’minlaydi, lekin shunga qaramay rentabellik darajasi past bo‘lishi mumkin yoki 
aksincha, yuqori rentabelli korxonada fondlar aylanish tezligi unchalik yuqori 
bo‘lmasligi (ya’ni, iqtisodiy faollikning past darajasi) mumkin. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling