Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
15.2. Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarni davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish Davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishizarur.Bu xarajatlar,eng avvalo,mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turlitarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmushdarajasini ko‘tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan,davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Ushbu umumdavlat xarajatlari davlat byudjeti orqali moliyalashtiriladi. Byudjet tizimining barcha xarajatlari turli byudjetlaro‘rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan byudjetga kiritilishinianglatadi. Bu birinchidan, moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika vamahalliy organlarga qarashli bo‘lishi, ikkinchidan, moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi. Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilishi bejiz emas. Albatta, buning negizida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va takomillashtirishda o‘ziga hos bo‘lgan “O‘zbek modeli” va uning mantiqiy davomi bo‘lgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining 4-ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan 152 . 2019-yilda ijtimoiy soha davlat byudjeti xarajatlarinig qarib 54% yoki 57822,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi. 153 O‘zbekiston Respublikasida 2017/2018-o‘quv yili boshida jami umumta’lim muassasalari soni 9718 tani tashkil etib, ulardan 6012 tasi (62%) qishloq joylarda, 3706 tasi (38%) shaharlarda joylashgan. 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatdagi umumta’lim muassasalarida jami 5271,3 ming nafar o‘quvchilar ta’lim olayotgan bo‘lib, ulardan 51 foizini o‘g‘il bolalar, 49 foizini esa qizlar tashkil etadi. 152 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga asosan 153 O‘zbekiston Respublikasi Prezdentinig 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son Qarori. 333 Umumta’lim muassasalaridagi jami o‘qituvchilar soni 419,8 ming nafarni tashkil etib, ulardan 54 foizi qishloq maktablarida, 46 foizi esa shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonda bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 13 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. 2017/2018-o‘quv yili boshiga jami 1556 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan 1163,2 ming nafar o‘quvchilarga, 90,8 ming nafar pedagog xodimlar ta’lim bermoqda. Joriy yilda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalariga 192,1 ming nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lsa, bitiruvchilar soni 489,7 ming nafarni tashkil etdi. 154 O‘zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o‘ziga xos madaniyatlaridanbiridir. Uming yillar davomida shakllanib, zamonaviy O‘zbekiston hududida turlivaqtlarda yashagan xalqlarning urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Buyuk ipak yo‘li xalqlar madaniyati, ularning urf-odatlari va san’atining birlashuviga hissa qo‘shgan. 2000-2017-yillarda muzeylar soni 88 tadan 121 taga, ya’ni 1,4 marta ko‘paydi, mos ravishda muzeyga tashrif buyuruvchilar 2000-yilda 3463,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 6302,1 ming kishini tashkil etdi, ya’ni 1,8 marta oshdi. Teatrlar soni 2000-yilda 40 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 50 tani tashkil etmoqda, shunga qaramay, tomoshabinlar soni 2000-yilda 2725,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 2462,1 ming kishini tashkil etmoqda. Mamlakatimizda teatrlar soni bo‘yicha etakchi o‘rinni Toshkent shahri egallaydi(19 ta teatr). Keyingi o‘rinlarda: Qashqadaryo viloyati (5 ta teatr), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 ta teatr), Samarqand viloyati (4 ta teatr), Farg‘ona viloyati (4 ta teatr), Andijon viloyati (3 ta teatr). Buxoro, Jizzax, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida 2 tadan teatr, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida 1 tadan teatrlar mavjud. O‘zbekistonda sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvoryo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilmoqda. Bu sportdagi yuksak yutuqlar va jahon 154 Stat.uz/ststinfo/ijtimoiy soha/statistik-jadvallar-sotsfera/ umumta’lim – O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi sayti. 334 darajasidagi sport inshootlarining mavjudligi bilan ifodalanadi. 2017-yilda 51306 ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, ulardan 27573 tasi qishloq joylarda joylashgan. Jami sport inshootlarining bir kunlik quvvati (o‘tkazish imkoniyati) 2061,3 ming kishini, qishloq joylarda esa 1020,7 ming kishini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya jamoalari va sport klublari soni 12312 tani, qishloq joylarida esa 7303 tani tashkil etmoqda. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling