Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni va ijtimoiy sug‘urta fondlarining
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sug‘urta fondlarining shakllanish manbalari
16.2-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni va ijtimoiy sug‘urta fondlarining shakllanish manbalari 171 Ishlovchilarning sug‘urta badallari ularning daromadidan olib qolinadi. Mohiyati jihatidan bu to‘lovlar aniq maqsadli soliq hisoblanadi. Sug‘urta badali stavkasiyalpi ish haqiga nisbatan foizlarda aniqlanadi va ko‘p hollarda daromadning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Davlat subsidiyalari ishlamaydigan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari uchun majburiy ijtimoiy sug‘urta fondlariga dotatsiyalarni, ijtimoiy fondlar taqchilligini qoplashga xizmat qiluvchi dotatsiyalarni hamda soliq imtiyozlarini o‘z ichiga oladi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari pul to‘lovlari, ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, imtiyozli yordam ko‘rinishida ishlatiladi. Resurslardan foydalanish hajmi jihatidan birinchi o‘rinda pul to‘lovlari turadi. Ular pensiya va nafaqalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari orqali sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari xizmatlari, sanatoriya-kurort tashkilotlarining fuqarolarning mehnat 171 Alimova G.Ijtimoiy sug‘urtaning mazmun-mohiyati va nazariy asoslari. BIZNES-EKSPERT.№6(54)-2012. 15- 18-b. Ijtimoiy sug‘urta Ishchilarning sug‘urta badallari fuqarolarning qarilik, kasallik, onalik, mehnat qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot olishning moliyaviy asosini yaratish bilan bogliq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi Ish beruvchilarning badallari Davlat subsidiyalari Ijtimoiy sug‘urta fondlarining shakllanish manbalari 351 qobiliyatini tiklash bo‘yicha xizmatlari, sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlari- ning o‘tkazilishi kabi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, badallari va ajratmalari pensiya ta’minotiningmoddiy asosini tashkil qiladi. Insoniyat tarixida keksalik tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy himoyalashning turli vositalari qo‘llanib kelingan. Masalan,Qadimgi Rimda, Yuliy Sezar tomonidan harbiy pensiyalar joriy etilgan. Xususiy sektorda band bo‘lganlarning yoshiga ko‘ra davlat tomonidan tashkil etilgan birinchi pensiya tizimi 1889-yilda Germaniyada amalga kiritilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy sug‘urta majburiy bo‘lib, badallar kiritishga asoslangan. Bu tizimda pensiya olish huquqi ilgari to‘langan badallarga asoslanar edi. Daniyada 1891-yilda va Yangi Zelandiyada – 1898-yilda kambag‘allarga maqsadli yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgan pensiya tizimi joriy etilgan. U umumiy soliq daromadlari hisobidan moliyalashtirilar, muhtojlik dara- jasini baholashni nazarda tutar va to‘lovlarning minimal darajasini kafolatlar edi. XX asrda rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimlari xususiyatlari bir-biriga yaqinlashib bordi. Pensiya tizimi sug‘urta badallari to‘lashga asoslangan mamlakatlarda (masalan, Germaniyada) ilgari to‘langan badallarga bog‘liq bo‘lmagan pensiya eng kam miqdorining kafolatlari belgilandi. Pensiya tizimi umumiy daromadlar hisobidan shakllanadigan byudjetlar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan teng pensiyalarga qarab mo‘ljal oluvchi mamlakatlarda muhtojlikni nazorat qilishdan voz kechildi. Buyuk Britaniyada eng kam pensiya miqdoriga qo‘shimcha ravishda majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etildi. Shimoliy Amerikada qarilik bo‘yicha davlat pensiya tizimi nisbatan kech vujudga keldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida muhtojlik mezoniga asoslangan pensiya tizimlari XX asrning 20-yillarida joriy etila boshlandi. 1935-yil AQShda pensiya sug‘urtasi federal tizimi joriy etildi. O‘rta asrlardagi O‘zbekiston tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ijtimoiy ta’minot faqat xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilganligi ayon bo‘ladi. O‘zbek xalqining mentaliteti, axloq-odobi, urf-odatlari hamda qadimiy an’analari fuqarolarning imkoniyat darajasida, ijtimoiy himoyaga olinishini bildiradi. 352 Turkiston o‘lkasi XIX asrning 60-yillaridan boshlab, Chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilgan va tegishli ravishda boshqarilgan. Mahalliy aholining ijtimoiy ta’minoti masalasi haqida hech qanday farmonlar qabul qilinmagan. Chor hokimiyati davrida 1882-1909-yillarda Sirdaryo viloyati bo‘yicha 14 kishiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 9 kishiga, Samarqand viloyati bo‘yicha 2 kishiga pensiya tayinlangan bo‘lib, bular ham xonning qarindoshlari, yuzboshi va imperatorning homiylari edi 172 . Sobiq Ittifoq davrida pensiya ta’minoti bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. 1918-yil 31-oktyabrda “Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingan. “Davlat pensiyalari to‘g‘risida”gi birinchi Qonun 1956-yilda qabul qilingan. Bu Qonunga asosan pensiyalarning barcha turlari yagona qonunga asoslanib tayinlangan. 1964-yilda “Kolxoz a’zolariga pensiya va nafaqalar tayinlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan kolxozchilarning markazlashtirilgan ijtimoiy sug‘urta fondi tashkil qilingan va kolxoz a’zolari shu fond hisobidan pensiya bilan ta’minlana boshlangan. 1989-yil 1-avgustda “Aholining pensiya ta’minoti va ijtimoiy xizmatning kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va shu davrdan boshlab shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutga barham berilib, ishchi-xizmatchi va kolxozchilarga bir xilda pensiyalar tayinlana boshlandi. Mamlakat iqtisodiyotiga bozor munosabatlarining joriy etilishi pensiya ta’minotini qayta ko‘rib chiqishni va isloh qilishni taqozo qildi. Shuning uchun 1991-yildan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kiritildi. Qonun asosida islohotlar boshlanib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, ijtimoiy pensiyalar, daromadlar indeksatsiyasi kabi yangi mexanizmlar amal qila boshladi. Bu Qonun mustaqil respublikamizning qonuni – “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil, 3-sentyabr) qabul qilinib, kuchga kirgunga qadar amalda bo‘ldi 173 . 172 Xaitov A.A., Ziyadullayev M. O‘zbekistonda pensiya ta’minoti va xorij tajribasi. –T.: “Adolat”. 2009. 25-b. 173 Sh.Allayarov, D.Toshmuxamedova. Davlat pensiya ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2015. 35-36-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling