Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ta’minot xizmatlari
16.3-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari
178 − barcha turdagi pensiyalar; − ijtimoiy nafaqalar; − turli kompensatsion to‘lovlar; − fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari; − fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar; − uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish; − nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash; − bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va 178 Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. B.185. barcha turdagi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, turli kompensatsion to’lovlar fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko’rsatish nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni tarbiyalash nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko’rsatish imtiyozli aholi qatlamlarini dori- darmonlar bilan ta’minlash uyda ijtimoiy xizmat ko’rsatish va boshqalar Ijtimoiy ta’minot xizmatlari 358 ularni tarbiyalash; − nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish; − aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish; − imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash; − uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni nihoyasiga yetkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’min- lash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillash- tirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot tarkibiga kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qato- rida davlat byudjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy ta’minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta’minotning quyi- dagi funksiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan: iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy- reabilitatsion funksiyalar. Ijtimoiy ta’minotningiqtisodiy funksiyasi fuqarolarning qiyin hayotiy holat- larda moddiy qo‘llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funksiyasi aholining turli ijtimoiy qatlamlari ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot 359 kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan. Demografik funksiyasi mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini rag‘bat- lantirish, sog‘lom avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish kabilarga qaratilgan. Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi keksa va mehnat qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda bu funksiya- ning namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash, boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda muhim funksiya – ijtimoiy himoyalash funksiyasini bajaradi. Jamiyat, o‘z fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z oldiga ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling