Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Pedagog xodimning oylik lavozim okladi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Pedagog xodimning oylik lavozim okladi - har bir xodimning lavozimi va 
malaka toifasi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan 
belgilangan qo‘shimchalar va ustamalar asosida shakllanadigan ish haqi miqdori; 


417 
Pedagogik stavkalar soni – sinf guruhlari bo‘yicha haftalik o‘quv soatlari 
sonini shu sinf guruhi bo‘yicha o‘qituvchining haftalik o‘quv yuklama me’yoriga 
bo‘lish orqali hisoblanadigan, o‘qituvchilarning ish haqi xarajatlarini rejalash-
tirishda foydalaniladigan ko‘rsatkich;
Pensiya – uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga 
muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki 
boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi; 
Respublika byudjeti – daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, 
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladigan davlat byudjetining umumdavlat 
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi; 
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi – shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat 
qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat 
etish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki 
imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligi; 
Shtatlar jadvali– doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining 
soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga 
oladigan, byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat; 
So‘nggi byudjet nazorati – hisobot davri va byudjet yili tugagandan so‘ng 
amalga oshiriladigan, hisobot yilida byudjet mablag‘larining ishlatilishi, rejaviy 
ko‘rsatkichlarning va xarajatlar smetasining bajarilishi, byudjet limitlari va 
normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy natijalarni tahlil 
va taftish qilish asosida o‘tkaziladigan nazorat shakli; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling