Jamlanma xarajatlar smetasi – byudjet mablag‘larini taqsimlovchi
tomonidan o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilot-larining va byudjet mablag‘lari
oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi;
Jon boshiga qarab moliyalashtirish – bir o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga,
talabaga, aholi soniga) nisbatan o‘rnatilgan xarajat me’yori, o‘quvchilar
(tarbiyalanuvchilar, talabalar, aholi) soni hamda muassasaning xususiyatlarini aks
ettiruvchi
maxsus
koeffitsientlarga
asoslangan
muassasalar
xarajatlarini
rejalashtirish va moliyalashtirish tizimi;
Joriy byudjet nazorati – byudjet operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida,
dotatsiya, subvensiya, ssudalar va byudjet subsidiyalarini ajratish paytida,
ajratilayotgan byudjet mablag‘larining rejaviy ko‘rsatkichlarga muvofiqligini
aniqlashda amalga oshiriladigan nazorat shakli;
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam –
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari
bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha
nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar;
Mahalliy byudjetlar – Qoraqalpog‘Iston Respublikasi davlat byudjeti,
viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman)
byudjetlar yig‘indisi;
Majburiy tibbiy sug‘urta – tibbiy xizmatlar uchun kelgusida qilinajak
xarajatlarni qoplash maqsadidagi to‘lovlarni nazarda tutadigan tizim;
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari –
davlat
investitsiya dasturiga kirgan manzilli loyihalar bo‘yicha byudjetdan ajratiladigan
pul mablag‘lari;
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli
darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondi;
Do'stlaringiz bilan baham: |