Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Moliya vazirligi G‘aznachiligi – qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan 
maxsus vakolatlarga hamda Qoraqalpog‘Iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar


416 
shaharlarda hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan davlat byudjetining g‘azna ijrosini 
amalga oshiruvchi moliya organi; 
Moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari 
oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar
shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar; 
Nafaqa– tegishli davlat mablag‘lari hisobidan obyektiv sabablarga ko‘ra ish 
haqining yo‘qotilganligi, shuningdek aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya 
qilish hamda ijtimoiy jihatdan ta’minlash maqsadlarida tayinlanadigan moliyaviy 
yordam turi; 
Nazorat tamoyillari – nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy 
faoliyatda sinovdan o‘tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo‘lib, ularga 
og‘ishmay amal qilish nazoratning samaradorligini ta’minlaydi; 
Nogiron– jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli 
turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj 
shaxs; 
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish – nogironlarga turmush faoliyati 
cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensatsiya qilishi) uchun shart-
sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan 
teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan 
kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi; 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Moliya 
vazirligi 
– 
O‘zbekiston 
Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur 
moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni
uning daromadlar qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro 
etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydigan davlat 
boshqaruvi organi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling