Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi ishlab chiqarish malakaviy


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1244992
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Malakaviy amaliyot 3-kurs sirtqi

V. ISHLAB 
CHIQARISH 
MALAKAVIY 
AMALIYOT 
DAFTARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 
 
Amaliyot davomida talaba institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini (1- 
ilovada shakli keltirilgan) yuritib, unda har bir mavzu bo‘yicha tahlil va xulosalarini 
yozib borishi lozim. Amaliyot daftarida har bir bajarilgan tahlil va yozilgan xulosalar 
amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda hududiy moliya organi rahbari imzosi va 
muhri bilan tasdiqlanadi. 
Amaliyot daftari A4 o‘lchamdagi (210*297 mm) oq qog’ozning bir tomonida 
elektron tarzida printerda chop etiladi. Amaliyot daftaridagi xulosalar Times New Roman 
14 shriftda, 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Bunda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 
sm, tepada 2 sm, o‘ngda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi. Amaliyot daftarining barcha 
betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varag’i 
hisoblanib, unga raqam qo‘yilmaydi, keyingi betga “2” raqami qo‘yiladi va hokazo. 
Tartib raqami betning pastki tomonining o‘rtasiga qo‘yiladi. 
Amaliyot daftarida amaliyot mavzularining sarlavhasi to‘q qora(jirniy)da yoziladi, 
sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin raqamlar qo‘yiladi va 
raqamdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Har bir mavzu yangi betdan boshlanadi. Har bir mavzu 
bo‘yicha xulosa va tahlil kamida 2 varaq, ko‘pi bilan 4-5 varaq hajmda yozish tavsiya 
etiladi. Jadval (diagramma, rasm) qo‘yilishi matnda bayon qilingan fikrlarni asoslashga 
xizmat qilishi kerak. Har bir jadval (diagramma, rasm) ma’ lumotlari, albatta, tahlil 
qilinishi talab etiladi. Tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar 
shakllantiriladi. Jadval(diagramma, rasm)lar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan 
belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-jadval”, “1-rasm” va h.k. 
Mavzular bo‘yicha xulosa yozish davomida statistik ma’ lumotlar va 
to‘plamlardan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda havola qo‘yilishi 
shart. 
Talaba hududiy moliya organlarida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini 
amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining oxirgi sahifasida talabaning 
amaliyot o‘tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda hududiy 
moliya organi rahbari xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi. Amaliyot 
muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Tanishuv malakaviy amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3 ish kuni 
ichida to‘ldirilgan, oxirgi sahifasida hududiy moliya organidan berilgan xulosa 
rasmiylashtirilgan amaliyot daftarini kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazadi.


15 
1-ilova 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling