Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi ishlab chiqarish malakaviy


Tijorat banklarining operatsiyalari bilan tanishish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1244992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Malakaviy amaliyot 3-kurs sirtqi

7. Tijorat banklarining operatsiyalari bilan tanishish. 
 
Ushbu mavzu bo’yicha talaba bankning depozit operatsiyalar, qimmatli qog’ozlar 
bilan operatsiyalari, valyuta operatsiyalari va boshqa operatsiyalar bilan tanishish
belgilangan nizom va talablarni o’rganib xulosalashli kerak. Amaliyotchi tijorat banklari 
aktiv operatsiyalari va passiv operatsiyalarini o’rganib, jamlagan ma’lumotlari asosida 
xulosalar yozadi. 
IV. ISHLAB CHIQARISH MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH 
JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI 
 
Tanishuv amaliyotini o‘tash davrida talaba tijorat banki va uning hududiy 
bo‘limlarida o‘rnatilgan ichki ish tartibiga qat’iy rioya qilishi va bankning jamoat ishlarida 
faol ishtirok etishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur. 
Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni 
bajarishi, tijorat bankining yo‘riqnoma, xatlari va boshqa barcha huquqiy va me’yoriy 
hujjatlari, ulardagi so‘ngi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Dasturda keltirilgan 



operatsiyalarni amaliyot rahbari nazoratida mustaqil bajarishi va bu borada ko‘nikmalar 
hosil qilishi kerak. 
Amaliyot davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, 
unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi 
shaklda yozib boriladi: 
Sana 
Amaliyotdagi
ish joyi 
Bajarilgan ishlar 
Rahbarning 
imzosi 
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan bank mas’ul 
xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yishi orqali 
tasdiqlaydi. 
 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling