Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi ishlab chiqarish malakaviy


V. MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA TIJORAT BANKI VA


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana07.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1244992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Malakaviy amaliyot 3-kurs sirtqi

V. MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA TIJORAT BANKI VA 
INSTITUTDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
 
Talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishi uchun byudjetdan tashqari tijorat 
bankining buyrug‘i bilan tegishli viloyat, shahar va tumanlarga qabul qilinadilar va ularga 
amaliyot rahbari tayinlanadi. Dasturda belgilangan operatsiyalarni o‘rganishda 
amaliyotning umumiy rahbari hamda har bir ishchi o‘rnida alohida rahbar tayinlanadi. 
Tanishuv amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida 
amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot 
o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi: 
Ish joyi 
Ish joyidagi 
rahbarining ismi-
sharifi 
Amaliyot 
boshlanishmuddati 
Amaliyotning 
tugash muddati 
Hisobotni 
rasmiylashtirish
va topshirish 
muddatlari 
Bank rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning 
malakaviy amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat 
qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga tayinlangan Bankning mas’ul xodimi 
rahbarlik qiladi. 
Bank tomonidan tayinlangan rahbar har bir ish joyida amaliyotni tashkil qilishda, 
talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi. 
Rahbar talabaning dasturda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har 
kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi. 
Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, umumiy rahbar talabaning amaliyot davridagi 
faoliyati bo‘yicha xulosani talabaning kundaligida yozib beradi. Shu bilan birga talabaga 
amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi buyruqdan ko‘chirma beradi. 
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
̶ talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash 
tartibini tushuntirish; 


10 
̶ amaliyot rahbari talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti obyektiga borishi
joylashishi, amaliyot o‘tashi hamda hisobotni tayyorlanishi yuzasidan kafedra yig‘ilishida 
doimiy hisobot berib borish; 
̶ amaliyot rahbari talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida to‘liq 
nazoratni tashkil qilish; 
̶ amaliyot rahbari (zarur hollarda) amaliyot obyektlari bo‘yicha (individual 
shakllarda va institutdan uzoq masofalarga belgilanganda) xizmat safariga chiqadi; 
̶ amaliyot dasturini to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida o‘tashini 
nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
̶ kundalikning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat 
qilib borish; 
̶ kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va olgan 
ko‘nikmalari haqida rahbarning yozma ravishda o‘z xulosasini berish; 
̶ amaliyot so‘nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda xulosa berish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling