Toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrasi
Download 39.31 Kb.
|
Azmetov Valijon Inomjonovich BI 56-2
KirishMavzuning dolzarbligi. Hammamizga ma’lumki, Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z daromadlarini mustaqqil tasarruf etadigan, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan bo‘ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholi pul jamg'armalarini hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jamg'armalar mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Modomiki, respublikamizda davlat bosh islohotchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o‘z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta’sirchan dastagi hisoblangan jamg'arma mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunda, albatta jamg'arma byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to‘g’ri yuritish mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, jamg'arma ko‘zda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to‘liq bajarilishini ta’minlaydi. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning harajatlaridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlash, shu bilan birga byudjet mablag’laridan fodalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini va bunda jamg'arma nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat jamg'armalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Pul jamg'armalari tashkilotlarini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlashda byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala bo‘lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham biz mazkur kurs ishimizda ushbu masalani tadqiq etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Download 39.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling