Toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrasi


Aholi daromadlari tasnifi


Download 39.31 Kb.
bet8/18
Sana09.01.2022
Hajmi39.31 Kb.
#261592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Azmetov Valijon Inomjonovich BI 56-2

Aholi daromadlari tasnifi



Belgilari

Daromad turlari

1

Ifodalanish shakliga ko'ra

Pullik, natural

2

Olinish xususiyati

Mehnat daromadlari;mehnatga oid bo'lmagan daromadlar

3

Olinish qonuniyligi

Qonuniy daromadlar,noqonuniy daromadlar

4

Haqiqiylik darajasi

Nominal daromad,real daromad

5

Mulkchilik darajasi

Ish haqi,renta,foiz va foyda

6

Mobillik darajasi

Mobil,imobil

7

Tushumning doimiyligi

Doimiy,tasodifiy

8

O'zlashtirish sub'ektlari

Jismoniy shaxslar,uy xo'jaliklari

9

Taqsimot tamoyili bo'yicha

Mehnatning miqdori, sifati va

natijalariga ko’ra; ijtimoiy adolat

tamoyiliga ko’ra ; shaxsan ijrochi

tomonidan o’zlashtirish



10

Foydalanish variant

Turli boylik va xizmatlar iste’moliga

sarflanadigan daromad; to’plashga

sarflanadigan daromad


11

Soliqqa tortish ta’siriga bog’liq

ravishda


Umumiy daromadlar; egalik

qilinayotgan daromadlar



Natural daromadlar - bu asosan uy xo’jaliklari tomonidan shaxsiy iste`mol

uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo’jalik, fermer xo’jaligidan),

shuningdek, davlat byudjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami mablag’lari

hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir.

Olinish xususiyatiga bog’lik ravishda aholi daromadlari quyidagilarga bo’linaди:


  • ishlab chiqarish va tadbirkorlikdagi faoliyat asos bo’luvchi mehnat

daromadlari. Mehnat daromadlariga shaxsiy yordamchi xo’jalik va uy

xo’jaligi, xususiy mehnat faoliyatidan keladigan daromadlar ham xos;



  • mehnatga oid bo’lmagan, lekin qonuniy yo’l bilan olingan daromadlar

(mulkdan, ijtimoiy transfertdan daromadlar).

Shu bilan birga, hozirgi iqtisodiy sharoitda qonun nuqtai nazaridan daromadlarni

qonuniy va noqonuniylarga ajratish tug’ri bo’ladi. Agar, birinchisini mavjud

me`yorlarga to’la muvofiqlikda olinsa, ikkinchisi, uy xo’jaliklari tomonidan

mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlarni buzish yo’li bilan ko’proq salbiy va jinoiy

iqtisodiyot sohasida olinadi. Ehtimollik mezoniga ko’ra, daromadlar olish uzluksiz va

vaqtinchalikka bo’linadi.

"Daromad" iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko`rsatkich bo`lib, u

serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning

o`zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural

ko`rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa

tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo`lib,

uning tarkibida aholi daromadlari muhim o`rin tutadi.

Aholi daromadlari ma`lum vaqt oraliqida (masalan, bir yilda) ular tomonidan

olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy

adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko`rsatiladi. Jumladan,

V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi "Iqtisodiyot nazariyasi"

darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko`rinishida keltirilgan:



1) Pul va natural shakldagi ishhaqi va

maosh


2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul

va natural ko`rinishdagi ta`minotlari

3) Tadbirkorlarning ajratmalari:

a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,

b) boshqa maqsadlarga.


Ijtimoiy bandlikdan olinadigan

daromadlar



4) Erkin kasblardagi shaxslar

5) Fermerlar

6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar

va savdogarlar



O`zini-o`zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar ,

Mulkdan olinadigan daromadlar

8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning

xayriyalari

9) Davlat nafaqalari va boshqa to`lovlar.


Transfert daromadlari

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan

tasnifida ma`lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, Qurolli kuchlar xizmatchilarining

pul va natural ko`rinishdagi ta`minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir,

chunki harbiy xizmatchilar ham o`z faoliyatlari natijalarini ishhaqi yoki maosh

ko`rinishida oladilar. Shuningdek, 4 - 6 tartib raqamlari bo`yicha keltirilgan bandlar

daromad turini emas, balki faoliyat turini ko`rsatadi va h.k.

Aholi pul daromadlari ishhaqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,

nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,

dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas

mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har

xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.

Natural daromad me’nat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z

iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi.

Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim

ko`rsatkichi hisoblanib, shу bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi,

Sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi.

Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ishhaqidan

tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik

darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.

Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek: "Mustaqillik yillarida

odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan

o`zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga boqliq

ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda".4

Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va

real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.


Download 39.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling