Pulning mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Pul jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zarurligiga A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko’tarib, unga “pul – bu muomalaning buyuk g’ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi1.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, “Pul bu – savdo – sotiqning g’ildiragi emas, balki u yog’, shu savdo – sotiq g’ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir” degan fikrni bildiradi2.
PUL NIMA?
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari yashaganingizda, sizning pullaringiz asosan ispan kumush tangalardan iborat bo’lar edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi). Fukarolik urushigacha bo’lgan davrda AQShda pulning asosiy shakllari sifatida oltin va kumush tangalar xamda xususiy banklar tomonidan muomalaga chikarilgan banknotalar, veksellar mavjud edi . Xozirgi kunda AQShda pul sifatida xukumat tomonidan muomalaga chikarilgan nafakat tangalar va dollar banknotalari, balki banklardagi mavjud xisobrakamlarga yozilgan cheklarni pul sifatida ishlatishingiz mumkin. Turli davrlarda pul kurinishida xar xil tovarlar ishlatilishig karamasdan, pul doimo insonlar va iqtisodiyot uchun muxim xisoblangan.
Pulning iqtisodiyotga tasirini tushunish uchun, pulning aynan nima ekanligini bilishimiz zarurdir. Ushbu bobda pulning funksiyalari, iqtisodiyotni samaradorligini oshirishda ularning urni, pulning tarixiy shakllari va ularni ulchashning yangi yondashuvlari kurib chikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |