Toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrasi


Download 39.31 Kb.
bet13/18
Sana09.01.2022
Hajmi39.31 Kb.
#261592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Azmetov Valijon Inomjonovich BI 56-2

birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi;

ikkinchidan,pul bu umumiy ekvivalent yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlar­ning qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi);

uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o‘zida ifoda qilishi;

to‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar.

Shuningdek, pul – bu maxsus tovar sifatida iste’mol qiymatiga ega, chunki pul orqali odamlar barcha talab va ehtiyojlarini qondirishi mumkin.Pulning qiymati tovar sotib olish jarayonida, tovarni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni ifodalashda namoyon bo’ladi. Tovar sotilganda uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat jamiyat tomonidan tan olinadi, ya’ni, bu jarayon tovar ma’lum qiymatga ega ekanligini ko’rsatadi.

Pul to‘g‘risidagi evolutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zaruriyatiga kam e’tibor qaratishgan. 1857-yilda taniqli ingliz iqtisodchisi U. Jevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir, degan ekan. Shuning uchun xorijiy iqtisodchilar bu masalani chetlab o‘tishgan. XX asrning 50-yillari­dagi tadqiqodlar va darsliklarning mualliflari pulning mohiyatidan ko‘ra, uning iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o‘rganish muhimroqdir, deb ta’kid­lashib, shu yo‘nalishda ish olib borishgan.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pul – maxsus tovar - tarixiy iqtisodiy kategoriya bo’lib tovarlar ayirboshlash va xizmatlar ko’rsatish jarayonlarida sub’ektlar o’rtasida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi va pul:

- mavjud barcha boshqa tovarlarga ayirbosh qilinish xususiyatiga ega, mehnatning tashqi o’lchovi bo’lgan maxsus tovar;

-tarixan o’zining fizik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tovar;

-umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi, maxsus imtiyozga ega bo’lgan tovar;

-boshqa barcha tovarlardan farq qilib o’zida ikki iqtisodiy kategoriya: qiymat va iste’mol qiymatni mujassamlashtiruvchi tovardir.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi pul va pul munosabatlarining yanada rivojlanib va takomillashib borishini taqozo qiladi.

turmush darajasi; umumiy va xususiy ko’rsatkichlar; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv ko’rsatgichlar; qiymat va natural ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik; aholi daromadlar; pul daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga talab va uning taklifi; mehnat unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya; foyda; divident; foiz; renta; natural daromad; shaxsiy daromad; firma daromadi; davlat daromadi; istemol savati; oziq-ovqat savati.



Turmush darajasi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari tuzishi.


Download 39.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling