Toshkent moliya instituti bank ishi va audit fakulteti bia-75 guruh talabasi jumayev feruzbekning moliyaviy hisob asoslari fanidan tayorlagan ishi mavzu: Mehnat va ish haqi hisobi


Download 10.17 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi10.17 Kb.
#1839577
1   2
Bog'liq
FERUZBEK JUMAYEV MOLIYAVIY HISOB ASOSLARI (1)

Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi. Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalarni bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga etmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi xujjatlardan foydalaniladi: T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3 shakli. Shtat jadvali. T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. T-13 shakli. Tabel. T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining noma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha xujjatlarda ko‘rsatilib boradi. Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism- sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar "T", kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar "K" xarfi va xokazolar bilan belgilanadi. Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to‘liq ruyxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chikmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi. Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish xaqi hisoblash uchun topshiriladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling