Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1390621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)

Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar 
foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan 
daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta 
taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi 
inflyatsiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma 
ishchilar kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat 
shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini keltirib 
chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini 
tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. 
Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya 
boshqarib bo’lmaydigan inflyatsiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga 
halokatli ta’sir ko’rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya
pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning 
halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning rasmiy mezoni 


amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyatsiyaning 
boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa
baholarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan 
oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul 
o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funktsiyalarini bajarolmay qoladi. 
Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy 
boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling