Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Aksilinflyatsiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «BIZNES VA TADBIRKORLIK» KAFEDRASI Mavzu Bank tizimi. Pul-kredit siyosati TOShKENT - 2016 Reja 1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi. 3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i. 4. Aksilinflyatsiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari. 1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin. “Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi. Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 1) valyuta kururslarining o’zgarishi; 2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi; 3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi. Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi. Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (baholarning Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling