Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi
Yp Bu erda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- - β [ u -u ] + ε
Yp
Bu erda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi; kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi; Yh – Yp f ( ------------- ) + ε - talab inflyatsiyasi; Yp f - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi baho shoki ( taklif inflyatsiyasi). Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin: = kut - β [ u -u ] + ε Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan. Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin. 4. Aksilinflyatsiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi chora tadbirlarning muhim qismi aksilinflyatsiya siyosatidir. Aksilinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin. Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish. Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi. Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. “Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi” * . Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi. Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa muddatda samara berishi zarur. Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va baholar darajasining yillik o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va baholarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko’zda tutadi. Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi. “Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, * Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. с. 214. ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi” * . Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga bog’liq. Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak: - samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; - pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; - “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik. Har kanday inflyatsiyaning negizida asosiy iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko’rsatadiki, ular inflyatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas bog’liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat’iy boshqarish va to’lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi. Keyingi yillarda jahon bozorida narxlar darajasining keskin oshib boayotganligi aksilinflyatsiya siyosatini yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o’rtacha ikki barobarga oshdi, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord darajada, ya’ni bir barreli 147 dollardan ortdi. Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi sharoitida inflyatsiyaga qarshi chora tadbirlarni keskin amalga oshirish zarurati yanada kuchaydi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta * Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.:КНОРУС,2007, с.62. qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, asosiy sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish, kommunal xizmatlar baholari o’sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va h.k.lar inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling