Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar,
sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo‘lib, xarajatlar yoki xususiy
kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
Daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot» tarkibida aks ettirilib, ular xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyatining hisobot davrdagi moliyaviy natijalarining foyda yoki zarar ekanligini
aniqlash uchun ishlatiladi. Foyda (zarar), daromadlar va xarajatlarni bir-biri bilan
solishtirish natijasida aniqlanadi, ya’ni:
Daromadlar –xarajatlar = foyda (zarar).
Moliyaviy natijalari tahlili tartibida «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot»da aks ettiriluvchi ko‘rsatkichlarning shakllanish tartibini ko‘rib chiqish
kerak.
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobotda daromadlar, xarajatlar, foyda va
zararlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qo‘yidagi faoliyat sohalari bo‘yicha aks
ettiriladi: Moliyaviy natijalarning asosiy qismi maxsulot ish va xizmatlarni sotishdan
olinganligi sababli tahlilda asosiy e’tibor ushbu katorning rejaga va o‘tgan yillarga
nisbatan o‘zgarishi va omillar ta’siriga karatiladi.
Maxsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan moliyaviy natija maxsulot ish
va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu maxsulot ish va xizmatlarning
ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Savdo tashkilotlarida
moliyaviy natijalarni aniqlashda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu
maxsulotlarni sotib olish qiymatini chegirish asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |