Moliyaviy natijalarning asosiy qismi maxsulot ish va xizmatlarni sotishdan
olinganligi sababli tahlilda asosiy e’tibor ushbu katorning rejaga va o‘tgan yillarga
nisbatan o‘zgarishi va omillar ta’siriga karatiladi.
Maxsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan moliyaviy natija maxsulot ish
va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu maxsulot ish va xizmatlarning
ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Savdo tashkilotlarida
moliyaviy natijalarni aniqlashda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu
maxsulotlarni sotib olish qiymatini chegirish asosida aniqlanadi. Ularni buxgalteriya hisobida alohida hisob ob’ekti yoki daromadlarning
yuzaga chiqish shakli yoki o‘rni sifatida tarkiblanishi belgilangan. Bunda asosiy
vositalarning hisobdan chiqarilishi va sotilishi, boshqa aktivlarni sotishdan olingan
natijalar asosiy ishlab chiqarishning boshqa jarayonlari sifatida qaraladi. O‘larni
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda operatsion daromadlar va harajatlar
qatori kursatilishi tartiblangan.
Maxsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan foyda yoki zarar o‘zgarishida
omilli tahlilga alohida ahamiyat beriladi. Maxsulot sotishdan olingan foyda
o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin. Firma va kompaniyalarning hisobot davri sof foydasini aksariyat qismi
mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy
natija tashkil etadi. Bu quyidagi tartibda hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |