Toshkent moliya instituti “бухгаалтерия ҳисоби, ИҚтисодий таҳлил ва аудит” кафедраси
Download 190.78 Kb.
|
KORXONANING RENTABILLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentabellikka tasir etuvchi omillar tahlili
- Mol-mulk rentabelligi va uning ozgarishiga tasir etuvchi omillar tahlili
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, biz tahlil qilayotgan “ Turon ” aksionerlik jamiyatida hisobot yilida o'tgan yilga nisbatan aksariyat rentabellik turlari bo'yicha pasayish kuzatilgan. Bu shundan dalolat bermoqdaki, korhonaning samaradorligi pasayib borayotganligidan hamda uning moliyaviy holati yomonlashayotganligidlan dalolatdir. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, joriy yilda mahsulot (ish, hizmat)larni sotishdan olingan sof tushum miqdori 1587868 ming so'mga ortgan bo'lsada, bunga mos ravishda mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarhi ham, boshqa turdagi aktivlar ham o'sgan. Sof foyda miqdori esa o'tgan yilga nisbatan 4843 ming so'mga kamaygan. Natijada aksariyat rentabellik ko'rsatkichlarida pasayish tendenciyasi hosil bo'lgan. Korhonada faqatgina qarz mablag’lari rentabelligi 3,85 foizga o'sishi kuzatilgan xolos. Korhona ma'muriyati rentabellik ko'rsatkichlarini yahshilash choralarini ko'rishi lozim bo'ladi. Aks holda, korhonaning moliyaviy holati tang axvolga tushib qolishi mumkin. Rentabellikka ta'sir etuvchi omillar tahlili Rentabellik o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarga tahlilda aloxida ahamiyat beriladi. Rentabellik o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o'zgarishiga sotishdan olingan yalpi foydasummasining o'zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o'zgarishi ta'sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korhona sof foydasining o'zgarishi va asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatining o'zgarishi, umumiy rentabellikka bir so'mlik tushumga to'g’ri keladigan sof foyda summasining o'zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o'zgarishi va moddiy oborot mablag’lar qaytimining o'zgarishlari ta'sir qiladi va h.k. Rentabellik o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma'lumotlari asosida ham aniq ko'rish mumkin. Mol-mulk rentabelligi va uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar tahlili
Biz tahlil qilayotgan korhonada hisobot yilida mol-mulk rentabelligi o'tgan yilga nisbatan 1,36 foizga pasaygan. Bunga asosan ikkita omil, ya'ni, sof foyda miqdorining o'zgarishi hamda mol-mulk qiymatining o'zgarishi ta'sir etgan. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, sof foydaning hisobot davrida kamayganligi hisobiga mol-mulk rentabelligini o'tgan yilga nisbatan 0,68 foizga pasayishiga, mol-mulk qiymatining joriy davrda o'zgarganligi esa 0,68 foizga pasayishiga olib kelgan. Bunday natijalar odatda korhona uchun salbiy holat sifatida baholanadi. Shu sababli korhona ma'muriyati rentabellikni oshirish choralarini va mavjud imkoniyatlarni izlab topishi lozim bo'ladi. Download 190.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling