Toshkent moliya instituti “buxgalteriya hisobi’’ fanidan mustaqil ish mavzu: Xususiy kapital hisobi. Topshirdi: Sotimov Sardorbek Jumanazar o’g’li Toshkent-2023 Xususiy kapital hisobi


 Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning hisobi


Download 31.99 Kb.
bet5/8
Sana23.04.2023
Hajmi31.99 Kb.
#1389862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bekzod 11

5. Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning hisobi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ayrim faoliyatlarini rivojlan- 
tirishda maqsadli moliyalashlar va tushum lar m uhim ahamiyatga 
ega. Maqsadli moliyalashlaming muhim turlari b o ‘lib subsidiya 
va grantlar hisoblanadi. Subsidiya (lotincha subsidum — yordam, 
nafaqa m a’nosida) — korxonalar, tashkilotlar va xorijiy davlatlarga 
beriladigan mablag‘.
Biror faoliyatni uyushtirish yoki qo‘llab-quw atlash maqsad- 
larida, odatda, davlat byudjeti, mahalliy byudjet, yirik bank va 
korxonalar, homiylar tom onidan ajratiladi. Subsidiya dotatsiya 
singari takrorlanm ay, faqat b ir m arta qaytarib berm aslik va 
qaytarib berish sharti bilan beriladi. Q aytarib olinm aydigan 
subsidiyalar amaliyotda keng tarqalgan.
G rant, asosan, ilm iy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini 
o ‘tkazishda davlat tom onidan m oliyalashtiriladigan buyurtm a 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda grantlar ajratish bilan nafaqat davlat, 
balki nodavlat, chet el, xalqaro tashkilotlar va korxonalar ham 
shug‘ullanadi. Bunda iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy maqsad 
ilmiy-texnika va innovatsion yordam ko‘rsatishdir. G rant mablag‘- 
laridan q at’iy ravishda tegishli maqsadlarda foydalaniladi.
M aqsadli tushum lar jum lasiga a ’zolik badallari, maqsadli 
foydalanishga m o‘ljallangan soliq imtiyozlari va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida maqsadli moliya- 
lash tirish lar va tu sh u m la rn in g hisobiga shu nom dagi 8800 
hisobvaraq m oijallangan.
8800 hisobvaraq passiv hisobvaraqlardan bo ‘lib, unda quyida- 
gilaming hisobi tashkil etiladi:
8810 — grantlar;
8820 — subsidiyalar;
8830 — a ’zolik badallari;
8840 — maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlar;
8890 — boshqa maqsadli tushumlar.
Bunda grant va subsidiyalarga tegishli m uom alalar hisobva- 
raqlarda quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) grant va subsidiyalar ajratilgani haqida xabar olinganda — 
DT 4890 KT 8810, 8820.
b )g ran t va subsidiyalar ustav kapitalining oshishiga olib 
borilganda - D T 8810, 8820 KT 8310, 8320, 8330, 8420.
c) grant va subsidiyalar rezerv kapitaliga olib borilganda — 
DT 8530 KT 8810, 8820.
8830 — a ’zolik badallari hisobvarag‘ida ta ’sis hujjatlari bilan 
belgilangan jam iyat a ’zolarining a ’zolik badallari aks ettiriladi va 
u pul mablag‘lari hisobvaraqlarining debeti ham da 8830 hisob- 
varag‘ining krediti b o ‘yicha aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida b o ‘shagan mablag‘lar 
summalarining maqsadli vazifalami bajarishga yo‘naltirilishi 8840
— «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ining 
debetidan 8530 — hisobvarag‘ining krediti bilan rasmiylashtiriladi. 
Imtiyoz davri o ‘tishi bilan ushbu provodkaga (soliq solishdan 
imtiyoz summasiga) 6410 hisobvarag‘i debetlanib, 8840 hisob- 
varag‘i kreditlanadi.
8890 — boshqa maqsadli tushum lar hisobvarag‘iga maqsadli 
tushum lar kelib tushganda, ushbu hisobvaraq kreditlanib, 5010- 
5530 hisobvaraqlar debetlanadi.
U m um an, yuqorida keltirilgan maqsadli moliyalashtirishlar 
va tushum lar, ayniqsa grant va subsidiyalar hisobi BHMA-10
— «Davlat subsidiyalarining hisobi va Davlat yordami bo ‘yicha 
ko‘rsatiladigan m a’lumotlar» talablari asosida tashkil etiladi.
Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:

1. Ustav kapitali.

2. Rezerv kapitali.

3. Qo’shilgan capital.

4. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).

5. Maqsadli tushum va fondler.

6. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.

O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:

ustav kapitali;

rezerv kapitali;

qo’shilgan kapital;

taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.

Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.

N.Тo’xliyev va A. O’lmasov–«Kapital–(nem.-asosiy mulk, lot –eng muhim, asosiy, bosh) o’z egasiga daromad keltiruvchi mablag’ va vosita; Yangi qiymat keltiriradigan, ya’ni o’zini-o’zi ko’paytiruvchi qiymat deb izohlaydi. 8

Shu nuqtai nazardan i.f.n. prof. A.Sotivoldiyevning ta’kidlashicha;-«Aksionerlik jamiyati deb, jismoniy va yuridik shaxslarning ustav kapitalida tutgan ulushi, taqsimlangan aksiyalar qismiga yoki o’z mulkiy hissasiga ko’ra javob beruvchi uyushmalar yig’indisiga aytiladi».9 Хuddi shunday ta’rifni mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan ham bildirdi.

Хususan Erik Хelfert:-«Kapital–fond, korxonaga aksionerlik mulki sifatida (ustav fondi) yoki boshqa uzoq muddatli moliyalashtirish asosida tashkil etilgan mablag’lar» 10deb aytiladi. Ushbu ta’rifda «Ustav fondi» jumlasining kiritilganligi kapital mazmunan aksionerlik va ustav fondini aks ettirishini bildiradi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksionerlik kapitali degan atamaga ta’rif berishda «Ustav fond», «Ustav kapital», jumlalarini ham keltiradilar. Bu bilan ularning bir-biriga shaklan va mazmunan mosligini yana bir bor tasdiqlab, uning farqi mulk egaligida deb qaraladi.

E.Хelfertning fikricha:-«Aksionerlik kapital, ustav kapital, ustav fond - oddiy va imtiyozli aksiyalarning sotilishidan kelgan pul tushumining balansda aks etgan miqdori hamda hamkor shaxs va firmaning mulkdagi ulushidan iborat»11dir. Ushbu ta’rif prof. A.S. Sotivoldiyev tomonidan berilgan ta’rif bilan mazmunan bir xildir».

«Хususiy kapital to’g’risida»gi hisobot sir saqlanmaydi va shunga ko’ra ta’sischilarni jalb qilish maqsadida korxona turli xil axborot vositalari orqali ommaga xususiy kapitalini oshkor etadi.

Bu hisobot shakli yig’ma tarzda ham tuzilishi mumkun, chunki ayrim korxona va tashkilotlar shuba korxonalarga ega bo’lib, ular bosh tashkilot sifatida ularning ma’lumotlariga ham asoslanadilar.


Download 31.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling