Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi
Qo‘ychiIik sohasida mahsulot tannarxini aniqlash hisob-kitobi
Download 262 Kb.
|
Abdullayev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandachilik.
Qo‘ychiIik sohasida mahsulot tannarxini aniqlash hisob-kitobi
13.3-jadvaldan ko‘rinibturibdiki, o‘sgan vazn (go‘sht)ningjami tannarxi 264658 ming so‘mni (285500*92,7%), 1 sentner go‘shtning tannarxi 661,6 ming so‘mni (264658 /400), jun yetishtirishga sarflangan jami xarajatlar 17701 mingso‘mni (285500*6,2%, 1 sentner junning tannarxi esa 177 ming so‘mni ( 17701 /100), qo‘zi yetishtirishning jami tannarxi 3141 mingso‘mni (285500*1,1%), olingan 1 bosh qo‘zining tannarxi 6,28 ming so^mni (3141 /500) tashkil etgan. Parrandachilik. Parrandachilikda ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlari hamda bosqichlariga qarab turlicha asosiy mahsulotlar olinadi. Chunonchi, tuxum yo‘nalishidagi parrandachilik ishlab chiqarishining birinchi bosqichida 1 kunlik jo‘ja, ikkinchi bosqichida boquvdagijo‘jalamingo‘sgan vazni, keyingi bosqichida esa olingan tuxum asosiy mahsulot hisoblanadi. Mos ravishda, ushbu mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. 1 kunlik jo‘jalaming tannarxi inkubasiyaga qo'yilgan tuxumlar qiymati hainda inkubasiya xarajatlari (mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, elektr energiyasi, isitish va boshqa turdagi xarajatlar) birgalikda olingan summadan yordamchi maxsulot qiymatini chegirib tashlagandan so‘ng qolgan summani olingan 1 kunlik jo‘jalar soniga boiish orqali topiladi. Misol uchun, fermer xo‘jaligi 21 kundan iborat inkubasion davrga qo‘yilgan 50000 dona tuxumdan 49500 dona 1 kunlik jo‘ja oigan, inkubasion sexningjami xarajatlari jami 20500 ming so'mdan iborat boigan deylik. U holda 1 dona bir kunlikjo‘janing tannarxi o‘rtacha 414 so‘mni (20500/49500) tashkil qiladi. Bir kunlik jo‘jalar kirim qilingan kundan boshlab, to 4-5 oygacha o¿stirishdagi va boquvdagi mollar guruhiga kiritiladi. Ushbu davrda kalkulyatsiya obyekti bo‘lib o‘sgan vazn hisoblanadi. 0 ‘sgan vaznning tannarxini topish uchun o‘stirishdagi va boquvdagi tovuqlarga sarllangan xarajatlar (yordamchi mahsulotlar qiymati chegirilgan holda) summasi hisobot davrida o‘stirishdagi va boquvdagi tovuqlaming o‘sgan vazni miqdoriga bo‘linadi. 0 ‘ strishdagi va boquvdagi tovuqlaming tuxum beruvchi tovuqlar guruhiga o‘tkazilgan kundan boshlab kalkulyatsiya obyekti bo‘lib tuxum hisoblanadi. Bir birlik tuxum tannarxini topish uchun tuxum beruvchi tovuqlar guruhiga sarllangan jami ishlab chiqarish xarajatlari (go‘ng, pat, qanot qiymati chegirilgan holda)jami yig‘ishtirib olingan tuxumlar soniga bo‘linadi. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling