6-bosqich
|
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
|
7-bosqich
|
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi
|
http://azkurs.org
Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari
Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari.
Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat.
Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari. Mahsulot (ish, xizmat)larning tarmoq va faoliyat tavsifi
2.Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.
Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.
Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi25:
bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |