Toshkent moliya instituti “buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi


Download 365 Kb.
bet27/27
Sana15.11.2023
Hajmi365 Kb.
#1775816
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
W2i7VaTn60aX7edmv17IuI2 l5j7kfws

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi



t/r


Ko‘rsatkichlar


Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi


Belgilar izohi


1

Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi (Rb)


Rb=Mxx/Mxr


Mxx- haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Mxr-rejada ishlab chiqarilishi belgilangan mahsulot hajmi


2

Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti rejasining bajarilishi


(Rbn)

Rbn=Mxn/M xr


Mxn-nomenklatura va assortimentga qabul qilingan mahsulot hajmi




3

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi


koeffitsiyenti(Mrb)

Rbm=Mxm/ Mxr


Mxm-maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi




4

Ayrim tur


mahsulotlarning jami mahsulotdagi salmog‘i(Mxs)

Mxs=Mat/Mx


Mat-ayrim tur mahsulotlar hajmi




5

Mahsulot tarkibida


oliy sifat mahsulot salmog‘i(Mxo)

Mxo=Mxo/M x


Mxo-oliy kategoriyadagi mahsulotlar hajmi




6

Mahsulot hajmida innvoatsion mahsulot


hajmi(Mxi)

Mxi=Mi/Mx


Mi-innovatsion mahsulotlar hajmi




7

Mahsulot hajmiga


mehnat omillari ta’siri(MXm)

MXm=Is*Ik* Is*Mus


Is-ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni Ik-bir ishchi tomonidan ishlangan ish kunlari


Is-ish kuni davomiyligi
Mus-bir soatlik mehnat unumi


8

Mahsulot ishlab


chiqarish hajmiga
moddiy resurslar ta’siri(MXmr)

MXmr=MR* MRq


MR-moddiy resurslar qiymati MRq-moddiy resurslar qaytimi




9

Mahsulot ishlab


chiqarish hajmiga
mehnat vositalari ta’siri(MXa)

MXa=Avq * Avo‘


Avq–asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati


Avo‘-Asosiy vositalarning qaytimi


10

Sotish rejasining bajarilishi (Srb)


SRb=SMx/S Mr


SMx-Haqiqiatda sotilgan mahsulot hajmi SMr-rejada belgilangan sotish


hajmi


11

Shartnoma


majburiyatlarini hisobga olgan holda

SRsh=SMsh/ SMx


SMsh-shartnoma majburiyatlarini


hisobga olgan holda haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hajmi




sotish rejasining bajarilishi (SRsh)




Smx-yetkazib berilishi


rejalashtirilgan mahsulot hajmi yetkazib erilishi


12

Sortlilik koeffitsiyenti


(Ks)

Ks=MX/Mxb


Mxb-oliy kategoriya bahosida qayta


hisoblangan mahsulot hajmi


13

O‘rtacha sotish bahosi (SBo‘)


SBo‘=MXq/ MXm


MXq-Haqiqatda sotilgan mahsulot qiymati


MXm-Haqiqatda sotilgan mahsulot miqdori


14

Sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar (Smo‘)


SMo‘=TMqb


+TMi-TMqo

TMqb-tayyor mahsulot davr boshiga qoldig‘i


TMi-Joriy davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmi
TMqo-Tayyor mahsulotning davr oxiriga qoldig‘i



    1. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat

Operatsiya – (lotincha “Operatsion” - so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.

Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.
Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.

Xo‘jalik subyektining faoliyat turlari



Korxona

Odatdagi

Odatdagi


faoliyat asosiy,


faoliyati


faoliyati


moliyaviy


va investitsion






faoliyatdan iborat




Favqulodda


Odatdagi


faoliyatdan farqli




faoliyati


ravishda


muntazam








takrorlanmaydigan va


tutilmagan faoliyat hisoblanadi.

ko‘zda
turi




Asosiy

Operatsiya faoliyati - xo‘jalik



faoliyat


yurituvchi subyektning daromad






keltiruvchi asosiy faoliyati,






shuningdek‚ subyektning






investitsiya va moliya faoliyatiga


Odatdagi




oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik


faoliyat




faoliyati




Moliyaviy


Investitsiya faoliyati -


uzoq



faoliyat


muddatli aktivlar va


boshqa





investitsiya obyektlarini


sotib





olish va sotish






Investitsion


Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik




faoliyat


yurituvchi subyektning faoliyati






bo‘lib, uning natijasida o‘z






mablag‘i va qarz mablag‘lari






miqdori va tarkibida o‘zgarishlar






yuz beradi


Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.

Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.
Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir
Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.
Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.
Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.

    1. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari

Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi.

Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.
Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.
Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
-ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida;
-erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;
-reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;
-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida;
-faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;
-joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida;
-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida;
-matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida;
-keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida;
-innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida;
-risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:

  • tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;


  • royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;


  • mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;


  • xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;


  • sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;


  • foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;


  • vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.


Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:


  • aylanma mablag‘lar miqdori;


  • resurslarni safarbar qilish yo‘llari;


  • moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari;


  • sarf-xarajatlarni optimallashtirish;


  • asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish;


  • tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;


  • sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.




    1. Mahsulot (ish, xizmat)larning tarmoq va faoliyat tavsifi Savdo korxonalari. Chakana va ulgurji savdo korxonalari boshqa

korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ular uchun aktivlarning muhim qismi tovarlar zaxirasi hisoblanadi. Shu sababli ham tahlilda muhim e’tibor tovarlar zaxirasining tarkibiga va dinamikasiga qaratiladi. Tovarlar zaxirasining aylanish darajasi va bir martalik aylanishga ketadigan vaqt ko‘rsatkichlari ular faoliyatini baholashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar qisqa va uzoq davriylikda o‘rganiladi va uning o‘zgarishlariga mos ravishda boshqaruv strategiyalari o‘zgarib boradi. Naqd mablag‘lar harakati savdo turiga va shakliga ko‘ra o‘zgarib turadi.


Aktivlarning aylanish davriyligi tavsifi



Faoliyat sikli


Naqdlik


Tovarlarni
sotib olish qiymati


Tovarni qayta sotish qiymati


Foyda

1-davra

Naqd pul mablag‘lari
50 mln sum

Tovarlarni sotib olish


50 mln sum

Naqd pullar kirimi


75 mln sum

+25 mln sum


2- davra


Naqd pul


mablag‘lari 75 mln sum

Tovarlarni


sotib olish 75 mln sum

Naqd pullar kirimi


105 mln sum

+30 mln sum


3- davra


Naqd pul mablag‘lari


105 mln sum

Tovarlarni sotib olish 105 mln sum


Naqd pullar kirimi


130 mln sum

+25 mln sum




4-davra

Naqd pul mablag‘lari 130 mln
sum

.....

......

.......

5-davra

...

.....

......

.......

.....

...

.....

......

.......



Chakana savdoda tovarlar naqd pulga sotib olinadi. Shu sababli ham ularda debitorlik majburiyatlarining jami aktivlar tarikibidagi salmog‘i unchalik yuqori bo‘lmaydi. Ulgurji savdoda tovarlarni kreditga sotish hisobiga jami aktivlar tarkibida majburiyatlar summasi biroz yuqori summani tashkil etadi. Shu sababli ham analitiklar birinchi navbatda etiborni majburiyatlarning sifatiga va muddatiga qaratmog‘i lozim. Shuningdek, savdo korxonalarida ish hajmiga ta’sir etuvchi muhim faktorlardan biri sifatida mavsumning o‘zgarishiga tahlilda alohida ahamiyat qaratmoq lozim.

http://fayllar.org
Download 365 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling