Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”
-chizma. Befarqlik kartasi
Download 1.37 Mb.
|
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li
3-chizma. Befarqlik kartasi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Zanjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda iste‘molchi ko‘proq tovarlar to‘plamini sotib olishni afzal ko‘radi. Biroq kutilgan natija uning harid qilish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor tovarlar narxini belgilaydi, afzal ko‘rishni esa iste‘molchi daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 4-chizma. Byudjet chizig’i Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchi uning K nuqtaga teng bo‘lgan miqdoriga ega bo‘ladi, bunda u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat yotiq o‘qning M nuqtasida aks etadi. K va M nuqtalarni bog‘lovchi chiziq byudjet cheklanganligini ifodalaydi. Narx va daromadlarning mavjud darajasida iste‘molchi ikki tovarning byudjet chizig‘i tashqarisidagi har qanday uyg‘unlashgan miqdorini xarid qila olmaydi. Iste‘molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud cheklangan daromadlar darajasida mumkin bo‘lgan maksimal naflilikni ifodalaydi. Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini o‘zgartirishga har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini bildiradi. Shunday qilib, iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanad1. Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ifodalanadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling