Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”


Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining kontseptual masalalari


Download 1.37 Mb.
bet5/17
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1205924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li

Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining kontseptual masalalari

Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini o‘rganishda unga taalluqli mavzularni alohida bo‘limlarga ajratilishi mazkur muammolar to‘g‘risida yanada kengroq, izchil va to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shunga ko‘ra, bakalavriat yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida to‘rtta asosiy bo‘limni ajratib olgan edik: iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari; bozor iqtisodiyoti nazariyasi; milliy iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)ning amal qilish va rivojlantirish qonuniyatlari; jahon xo‘jaligi.3 Hozirgi sharoitda iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bunday asosiy bo‘lim yoki qismlarga ajratishga turli mualliflar tomonidan turlicha yondashilmoqda. Jumladan, A.Bulatov tahriri ostida nashr etilgan darslikda quyidagi bo‘limlar ajratib ko‘rsatilgan: iqtisodiyot nazariyasining asoslari; mikroiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; o‘tish davri iqtisodiyoti nazariyasi; jahon xo‘jaligi.4 ye.Borisov tomonidan tayyorlangan darslikda esa bu bo‘limlar quyidagi ko‘rinishda bayon etilgan: iqtisodiyotga kirish; iqtisodiy munosabatlar tizimi; mikroiqtisodiyot; mezoiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; jahon iqtisodiyoti.5 Bundan ko‘rinadiki, ko‘pchilik darslik va o‘quv qullanmalarda mavzularni bo‘limlarga ajratishda ma’lum darajada erkinlik mavjud bo‘lsada, mazmun va mohiyat jihatidan umumiy tavsif kasb etuvchi yondashuvlar ham uchraydi. Shulardan biri – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga iqtisodiyotning turli darajalaridan kelib chiqqan holda yondashuv hisoblanadi.


Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligidagi magistratura talabalariga mo‘ljallanganligi hamda unda bakalavriat kursidagi nazariy muammolar nisbatan kengroq va chuqurroq darajada o‘rganilishi zarurligini hisobga olib, barcha mavzularni ikki – mikrodaraja va mikrodarajadagi iqtisodiy tizim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy subyektlar faoliyatini oladi:

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari, zamindorlar, firmalar va hokazo.

  2. Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori, iste’mol mollari bozori va hokazo.

  3. Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo.

Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar tomonidan mikro- va makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini umumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda.6
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi.
Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi.
Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli kitobida 2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning yechimini topishdagi qo‘llanishi misol tariqasida keltiriladi (1-jadval):
Bu nazariyalardan qay biri to‘g‘riligini tekshirish maqsadida AQSHning turli shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning bandlik darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqotlar ishsizlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy sonidagi ulushining pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Xususan, ishsizlar umumiy sonining 1%ga o‘sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi ko‘rsatkichini 1,4%ga pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘rinda ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi» nazariyasini tasdiqlaydilar.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling