Toshkent moliya instituti “byudjet va g‘aznachilik fakulteti”


-jadval Ayollarning ish bilan bandligi muammosini o‘rganishda turlicha o‘zaro bog‘liq nazariyalaridan foydalanish7


Download 1.37 Mb.
bet6/17
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1205924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Variant 2 Mikroiqtisodiyot MMT-932 Ashurmurodov Farhod Shokir o`g`li

1-jadval
Ayollarning ish bilan bandligi muammosini o‘rganishda turlicha o‘zaro bog‘liq nazariyalaridan foydalanish7



«Qo‘shimcha ishchi» nazariyasi

«Rad etilgan ishchi» nazariyasi

Ishsizlikning yuqori foizi turmush qurgan ayollarning mehnatdagi ishtiroki hissasining oshib borishiga olib keladi. Chunki, ularning erlari ishsiz bo‘lgan chog‘da oilani ta’minlash uchun ayollarga ishlashga to‘g‘ri keladi. Demak, turmush qurgan ayolning ishga kirish borasidagi qarori nafaqat ish haqi, balki oilaning umumiy daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Agar yuqori darajadagi ishsizlik erlar uchun ishlashga kam imkoniyat qoldirsa, u holda ayollarning ishlash ehtimoli oshadi.

Bandlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollar mehnatdagi ishtiroki hissasining pasayishiga olib keladi. Chunki, boshqa sharoitda ish qidirishi mumkin bo‘lgan kishilarning hafsalasi pir bo‘ladi va mehnat resurslarining miqdori pasayadi. Ya’ni, turmush qurgan ayollarning ishga kirish qarorini belgilovchi omil bo‘lib oilaning daromadi emas, balki mehnat bozorining torligi hisoblanadi. Bozor qanchalik tor bo‘lsa, ayollarning ish topishga harakat qilishi shunchalik kam ehtimolga ega bo‘ladi.

2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va namoyon bo‘lish shakllari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
1) bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zеro, Prеzidеntimiz I.Karimov so’zlari bilan aytganda, O’zbеkistonning mustaqillikka erishish davridagi «…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko’zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kеrak bo’lsa, istiqlol o’zbеk xalqiga tuhfa tariqasida bеrilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab bеradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o’zining dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmaganini qayd etishimiz zarur»8;
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini ta’minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash paytida oldimizga qo‘yayotgan g‘oyat muhim vazifalardandir»1. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
«Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir»2. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish»3 vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o‘zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo‘lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro‘y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir qolipda qolmasin. Milliy g‘urur, istiqlol mafkurasi g‘oyalari unga doim hamroh bo‘lsin»1. Bu maqsadga erishish uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani Prezidentimiz I.A. Karimovning so‘zlagan nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ko‘rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tamoyillarini, o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini, o‘zining iqtisodiy qonunlarini, yo‘l-yo‘riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo‘llarini yoritmog‘i, o‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko‘p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo‘llari, usullarini ko‘rsatib bermog‘i lozim.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling