6-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi.
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari deb nomlanadi.
Iste’molchining optimal tanlovi.
Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng
Normativ va pozitiv tahlil
Mazkur bob iqtisodiyot nazariyasi fani predmetining kontseptual masalalarini o‘rganish bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o‘rin beriladi.
Bob so‘ngida iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari, ularning mazmuni va qo‘llanish xususiyatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |