Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi
- Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi.
- Pul jamg’arish vositasini
- Likvidlik darajasi turlicha barcha pul vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi, boshqacha aytganda pul agregati 1
- Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir.
- Pul agregati M 1 M 2 M 3 L
- Asosiy tayanch tushunchalar
- B) maxsulot ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xo’jalik yuritishning yopiq shakli.
- Takrorlash va munozara uchun savollar
miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi. Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi. Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oya atrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi, nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq. Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi. Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik, qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari ayirboshlanadi. Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter deb ataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga oshirish mumkin. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi. Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi. Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari, ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan: 1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi. 2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi. 3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi. 4. Sifat jihatidan bir xilligi. 5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi. Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi. Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi sifatida qog’oz pullar yuritilgan. Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila boshladi. Ma’lumki, pulga dastlab, klassik siyosiy iqtisod vakillari tomondan berilgan ta’rif «Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan. Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan. 1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi. Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas. Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga aytiladi. Masalan: AQShchda 1971 yilgacha dollar 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan, agar biror buyum, aytaylik oyoq kiyimining bahosi 100 dollar bo’lsa, u 0,818513 x 100=81,8513 gramm oltinga teng degan ma’noni beradi. Xar bir mamlakatning pul birligidagi oltin miqdori turlicha bo’lgan. 2. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoq ushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonli bo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi. Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safar almashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sari qiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmagan oltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadigan bo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi. Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagi tillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olib keldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi. 3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi. Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi. 4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman, boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi mumkin. 5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi. Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan. Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi Bilan pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki qiymatga ega emas. Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi. Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi. Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi. Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi. Pulning oltin asosini bekor qilinishi uning ikki funktsiyasini boshqalari bilan qo’shilib ketishiga olib keldi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fani pulni: muomala vositasi, qadr-qiymat o’lchovi, jamg’arish vositasi sifatida ko’radi. Pul muomala vositasi sifatida tovar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish va boshqa to’lovlar uchun ishlatiladi. Tikuvchi u bajargan ishi uchun mato bilan haq to’lashlarini xohlamaydi. Korxona egasi, aytaylik to’qilgan mato uchun non berishlarini xohlamaydi. Pul esa to’lov vositasi sifatida darrov qabul qilinadi. U har qanday tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi mumkin. U barter (mavoze) almashuvining noqulayliklariga barham beradi. Qadr-qimmat o’lchovi vositasi yoki qadr-qimmat standarti sifatida ishlatilishi ham tubdan o’zgaradi. Jamiyat pulning turli ne’matlar va resurslarning nisbiy qimmatini o’lchash, taqqoslashda eng qulay vosita hisoblaydi. Masofani m, km va boshqalarda o’lchaganimizdek, turli ne’matlar va xizmatlarni pulda o’lchaymiz. Bunda eng asosiysi har bir mahsulotni boshqa bir mahsulot orqali ifodalash mashaqqatidan qutulamiz. Pul turli qimmatlarni o’lchovida etalon sifatida foydalaniladi. Pulning qadr-qimmati deganda pul birligining xarid qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligini tushuniladi. U narx tarzida yuzaga chiqadi. Lekin bu erda shunday savol tug’iladi, nima sababdan qog’oz pullarga hozir har qanday tovar, xoxlasangiz oltin buyumlar sotib olishingiz mumkin? Ѓarbdagi iqtisodchilar buni shunday tushuntiradilar. Hozirgi kunda pul sifatida davlat, banklar va omonat muassasalarining qarz-majburiyatlari muomalada yuradi. Bu majburiyat pul funktsiyasini bajarishi, eng avvalo davlat tomonidan qonunlashtirilgan. Naqd pullar – bu qonuniy to’lov vositasi. Har bir kishi uni olishga tayyor, chunki biladi, qat’iy ishonadi, undan ham albatta boshka kishi xech qanday qarshiliksiz tovari, ko’rsatgan xizmati uchun qabul qiladi. Pul jamg’arish vositasini bajaradi. Pulni tezda har qanday boshka tovarga ayirboshlash mumkin, ya’ni u yuqori likvidli. Saqlash uchun qulay. Kishilar pulni qo’lga kiritishlaridan to sarflagunlaricha molu-davlat sifatida jamg’ariladi. Jamg’arish vositasini bajarganda pul egasi hech qanday daromadga ega bo’lmaydi. Masalan, ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’ozlar daromad keltiradi. Lekin uning afzalligi shundaki, puldan tezda har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun foydalanish mumkin. .Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob- kitoblar naqd pulsiz va naqd pul yordamida olib boriladi. Hozirgi paytda to’lov vositasi sifatida puldan tashqari turli-tuman pul vositalari(muomalaga elektron-kredit pullar (veksel, chek va qimmatbaho qog’oz) kirib kelishi, ya’ni naqd va naqd bo’lmagan pul va kvazi pullar) ishlatilgani uchun ko’proq pul massasi termini ishlatiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lib, milliy xo’jalikda tovar va xizmatlar harakatini ta’minlovchi naqd pul va naqd bo’lmagan muomala va to’lovlar uchun ishlatiladigan vositalar bo’lib, uning bir qismi aktiv bo’lib, uni naqd pul, ikkinchi qismi passiv kvazi pul (lotincha quasi – deyarli, xuddi) tashkil etadi. Pul massasini naqd pulga aylantirishning imkoniyati turlicha. Ana shu naqd pulga aylantirish imkoniyati likvidlik darajasi deyiladi. Likvidlik darajasi turlicha barcha pul vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi, boshqacha aytganda pul agregati 1 deyiladi. Pul agregati likvidlik darajasi absolyut bo’lgan (100%) naqd puldan boshlab, borgan sari likvidligi kamayib boruvchi pul vositalaridan tashkil topadi. Likvidlik deganda tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’lish tushuniladi. Likvidlik darajasi turlicha bo’lishining o’zi pulning kelib chiqishiga sabab bo’lgan: 1. U yoki bu tovarni sotib olmoqchi bo’lganlarni cheklanganligi. 2. Shu tovarning ishlatilishi sohasi cheklanganligi. 3. Sotish mumkin bo’lgan vaqtning cheklanganligi (tovar ma’lum vaqt ichida sotilmasa, sifati buziladi, modadan qoladi va h.k.). Eng yuqori darajada realizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tovar pulga aylanadi. Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir. Pul agregati birinchi navbatda M 0 – absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd pul massasini o’z ichiga oladi. Pul agregati M 1 =M 0 + banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va cheklardan iborat. M 2 =M 1 + muddati ko’rsatilgan depozitlar, nochek jamg’armalar. M 3 =M 2 + yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning hisob schetlardagi omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi cheklarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi. Eng umumiy pul agregati L = M 3 dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi. Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda, Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi. Turli mamlakatlarning pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun pul massasi Lda agregat M 1 ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda, Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha bo’lgan: Pul agregati M 1 M 2 M 3 L Ulushi (%) AQShda Yaponiyada 15 65 80 100 Rossiyada 50 70 80 100 Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi. Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi. Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir. Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga solishdir. Xulosa *Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovar- pul mugosabatlaridir. *Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar de ataladi. *Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. *Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya, me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini nazariy jihatdan asoslab berishdir. *Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi. *Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi. Asosiy tayanch tushunchalar 1. Natural xo’jalik 2. Tovar xo’jaligi 3. Tovar 4. Naflilik 4. Me’yoriy naflilik 5. Pul massasi 6. Likvidlik darajasi A) insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’matga aytiladi. B) maxsulot ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xo’jalik yuritishning yopiq shakli. V) tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish bilan iste’mol bozor orqali bog’lanadigan xo’jalik yuritish shakli. G) xaridorning o’z extiyojini qondirish, ne’matni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishi. D) pul va naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo’lgan naqd bo’lmagan pul va kvazi pullar, qimmatli qog’ozlar. E) qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan naf. Yo) pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati. Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Natural xo’jalikdan tovar xo’jaligi qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 2. Tovar xo’jaligini vujudga kelishining asosiy sabablarini ko’rsating. 3. Noiqtisodiy ne’mat, iqtisodiy ne’mat va tovarning qanday farqlari bor? 4. Qiymat nazariyasi va marjinal nazariyaning bosh maqsadi nima? Har ikki nazariya vakillari bu maqsadni qanday uddalashdi? Neoklassik nazariya vakili A. Marshallchi? 5. Tovarning almashuv qiymatini ya’ni narxini aniqlashning har uch yo’nalishdan sizningcha qaysi biri haqiqatga yaqinroq? 6. Pulning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz? 7. Pul agregati, likvidliligi deganda nimani tushunamiz? 8. O’zbekistonda pul agregatining tarkibini bilasizmi? Masala va mashqlar 1. Quyidagi sanab o’tilgan ne’matlardan qaysi birlari iqtisodiy, qaysi birlari noiqtisodiy ne’matlarga ajratiladi? a) Siz nafas olayotgan havo; b) qishda yoqqan qor; c) restoran, barlar va boshqalarda ishlatilayotgan muz; d) qishda ariqlardagi muz; e) uyingiz yaqinidagi buloq suvi; f) chinni idishlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq; g) bog’ingizda ekilgan daraxt To’g’ri javob bering va uni asoslang. 2. Barcha iqtisodiy ne’matlarning nafliligi xaqida qanday fikr yuritish mumkin? Masalan, narkotiklar, spirtli ichimlmklar, pornografiya nafaqat insonning jismiga balki ruxini sog’lomligiga xam qattiq zarar etkazadi! Siz mana shu fikrga qo’shilasizmi? Iqtisodiyot nazariyasida naflilik deganda nimani tushunish kerak? 3. Sizda 1 mln. so’m naqd pul bor. Do’stingizda esa shuncha so’mlik aktsiyalar bor. Ikkinchi do’stingizda 1 mln. so’mga baholangan dala hovli bor. Kimning mulki yuqori darajada likvidli? Doimo mulkni likvidli shakliga qarab saqlash ratsional hisoblanadimi? T/N 1. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi: 1) mexnat taqsimoti va uning chuqurlashuviga 2) ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy aloxidalashuvi sabab bo’ladi. 2. Tovar ikki xossaga ega: 1) Biron-bir extiyojni qondirish 2) Ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish 3. Naflilikni yagona o’lchov bilan o’lchash mumkin. 4. Me’yoriy naflilikni pasayib borish qonuni universal qonun. U barcha ne’matlar uchun ham umumiy. 5. Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun shunday yo’l tanlaydiki, natijada eng yuqori naf olishga erishadi. 1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat xisoblanadi? a) Harbiy kema b) Teatr, kontsert zali c) Bilim, malaka d) Quyosh nuri e) Ko’prik, yo’l 2. Buyuk Aristotel xar xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima bo’lish kerak deydi: a) Tenglik bo’lishi, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak b) Tovar miqdorini o’lchashni bilish kerak c) Xar xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jixatidan umumiy o’lchov birligini topish kerak d) Ayirboshlash uchun narxni adolatli bo’lishini ta’minlash kerak e) Tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligini tengligini ta’minlash kerak 3. Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat xarajatlari bilan o’lchanadi deyiladi? a) Marjinal nazariyasida b) Klassik nazariyasida Mini testlar c) Ratsionalistik nazariyasida d) Institutsional nazariyasida e) Neoliberalizm nazariyasida 4. Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi? a) Marjinal nazariyada; b) Klassik nazariyada; c) Ratsionalistik nazariyada; d) Institutsional nazariyada; e) Neoliberalizm nazariyada; 5. Naflilikni pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to’gri kelmaydi? a) Qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos; b) Universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi; c) Amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, shaxsiy extiyojni qondiradigan, eng avvalo kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi d) Ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi; e) Naflilikni baholovchi yagona o’lchov, ko’rsatkich yo’q; 6. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati a) undagi oltin miqdori; b) narxlar darajasi; c) mutloq likvidliligi; d) muomaladagi pul miqdori; e) mamlakatning oltin zahirasi bilan o’lchanadi. 7. Pul agregatlari a) likvidlik darajasi turlicha bo’lgan barcha pul turlarini muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi; b) naqd pullar va elektron pullarning ma’lum nisbatdagi pul massasi; c) cheklar, qimmatli qogozlar kompleksi; d) naqd bo’lmagan pullarning ma’lum nisbatdagi massasi; e) naqd pullar va qimmatli qorozlarning ma’lum nisbatdagi massasi 8. Demonitizatsiya deganda … a) qogoz pullarning qadrsizlanishi b) pulni yaroqsiz holga kelishi c) qogoz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish d) pulning baho masshtabini almashtirish e) oltinning pul funktsiyasini bajarishini to’xtatilishi Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling