Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testlar 1.
- Tarqatma materiallardan namunalar An’anaviy, ma’muriy, bozor iqtisodiyoti tizimlari
- Mulkchilikning hukmron shakli va tartibga solish mexanizmiga ko’ra sotsial - iqtisodiy tizimlar
- Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1b); 2a); 3g; 4v); 5d; 6e). Masala va mashqlar: 1.
- II BO’LIM. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI ASOSLARI VI BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR.
- 1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari
- Birinchidan
- Uchinchidan
- Xususiy mehnat taqsimoti
- Ikkinchisi
Asosiy tayanch tushunchalar: 1. Sotsial-iqtisodiy tizim 2.Monostrukturali iqtisod 3. Polistrukturali iqtisod 4.Ierarxik boshqarishga asoslangan iqtisod 5. Aralash iqtisodiyot 6.An’anaviy iqtisod a) bir mulk shakli hukmron bo’lgan tizim. b)jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. v)iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solishni yakka boshliq xokimligiga tayanadigan axborot olish, buyruq va topshiriqlar asosida olib boriladigan iqtisodiyot. g)mulkchilikning turli-tumanligi va ularning tengligiga asoslangan io’tisod. d)mulkchilikning turli-tumanligi, ularning tengligi, aralash tartibda boshqariladigan, iqtisodiyotni tartibga solishda ma’lum chegarada davlatning aralashuvini taqazo qiladigan iqtisod. e) cheklangan resurslardan foydalanish tartibi an’ana va urf-odatlar, udumlar asosida belgilanadigan iqtisod. Takrorlash va munozara uchun savollar 1.Tizim deganda nimani tushunamiz? Sotsial-iqtisodiy tizim deganda-chi? Bu haqda qanday fikrlar bor? 2. Sotsial-iqtisodiy tizimga formatsion yondashchuvni ma’nosini tushuntirib bera olasizmi? 3. U. Rostou jamiyat taraqqiyotini qanday bosqichlarga bo’ladi? Izohlang. 4. Monoiqtisodiyot bilan poliiqtisodiyot(aralash iqtisodiyot)ning farqi nimada? 5. Sotsial-iqtisodiy tizimni iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solish uslubi bo’yicha qarasak, qanlay guruhlarga ajratish mumkin? 6. Sotsial-iqtisodiy tizimlarga turlicha yondashuvlardan qaysi biri reallikka yaqinroq? 7. Nima sababdan bir sotsial itisodiy tizim ikkinchisi bilan almashadi? Uning sababaini izohlashga qanday yondashuvlar mavjud? Masala va mashqlar: 1.Aytaylik, xususiy firma tovar partiyasini sotib olishga qaror qildi. Tovar sotib olish uchun shartnoma tuzish maqsadida menejer avvaldan potentsial sotuvchilarni topish, tovar bahosi, tovarni sotish, olib keltirish sharti, xaq to’lash xaqida axborot to’plashga kirishdi. Xalqaro telefonda gaplashishlar va telegrammalar uchun 1 mln so’m sarfladi. Tovarlarni ko’rib kelish uchun transport xarajatlari 500 ming so’m, undan tashqari firma faoliyatining ishonchliligini tekshirish va shartnoma tuzish uchun yuridik xizmat ko’rsatuvchi firmaga 500 ming to’landi. Oxir oqibat bitim tuzildi. Sotib oluvchi firma tovarlar partiyasi uchun 20 mln so’m avvaldan xaq to’ladi. Sotib oluvchi firmaning transaktsion xarajatlarni aniqlang va baholang. Qanday sharoitda transaktsion xarajatlar jamiyatda katta miqdorda va unchalik ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etadi, ko’rsating? T/N 1.Markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, jamiyat uchun xam, an’anaviy jamiyat uchun ham, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat uchun xam umumiy iqtisodiy muammo bor: 2«Nima ishlab chiqarish» muammosi faqat resurslar cheklanganligi tufayli kelib chiqib, faqat xususiy biznes uchun xarakterli. 3.Qanday ishlab chiqarish kerak muammosi mehnatga layoqatli aholisi ko’p bo’lgan mamlakatlar uchun xos emas. 4.Kim uchun ishlab chiqarish muammosi markazdan rejalashtiriladigan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan jamiyat uchun xos emas. 5.Iqtisodiyotni tartibga solishni tahlil qilib, mashhur iqtisodchi R. Kouz iqtisodiy nazariyaga transaktsion xarajatlar degan tushunchani kiritdi. 6.Iqtisodiyotning tizim sifatida rivojlanishida bir-biriga qarama-qarshi ikki tendentsiya amal qiladi. Testlar 1. Quyidagilardan qaysi biriga ierarxik boshqarish xos emas? a) UZDEU korporatsiyasi doirasida avtomabil ishlab chiqarish; b) Oilada oila a’zolarining uy yumushlarini bajarishi; c) Fermer xo’jaligida maxsulot ishlab chiqarish; d) Toshkent Moliya institutida kafedraning faoliyatini boshqarish e) Yaponiya milliy iqtisodiyoti miqyosida avtomobil ishlab chiqarish 2.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi birini transaktsion xarajatlarga qo’shmagan bo’lar edingiz? a) Tijorat menejeri uchun uyali telefon sotib olindi; b) Shartnoma tuzmoqchi bo’lgan korxonaning moliyaviy ahvoli xaqida ma’lumotlar to’plash; c) Bitim tuzilganini tasdiklash uchun notariusga xizmat xaqi to’lash; d) Bitim tuzayotgan korxona egasiga o’z mahsulotingizdan sovƒa qildingiz; e) Tuzilgan bitimni sherigingiz qanday bajarayotganini nazorat qilingani uchun xaq to’ladingiz 3. Qachonki iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday iqtisodiyot … a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot; b) bozor iqtisodiyoti; c) natural xo’jalik; d) aralash iqtisodiyot; e) an’anaviy iqtisodiyot 4. Barcha iqtisodiy tizimlarda fundamental muammolar nima, qanday, qancha, kim uchun? mikro va makro darajada echiladi. Quyidagilardan qaysi biri mikro darajada echiladi? a) To’la bandlikni qanday ta’minlash mumkin? b) Nima va qancha ishlab chiqarish zarur? c) Inflyatsiyadan qanday qutilish mumkin? d) Iqtisodiy o’sishni qanday raƒbatlantirish mumkin? e) Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga keltirish mumkin? 5. Rivojlanish bosqichlariga tsivilizatsion yondashuvning asoschisi kim? a) Alfred Marshall b) Uolter Rostou c) Ronald Kouz d) Artur Pigu e) Karl Marks 6.Tsivilizatsion yondashuv bo’yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo’linib, u quyidagilardan iborat: a) o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat; b) An’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, feodalizm, industrial jamiyat, kommunistik jamiyat; c) An’anaviy jamiyat, kuldorlik, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati; d) An’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o’tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati; e) An’anaviy jamiyat, o’tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati 7.Sotsial-iktisodiy tizimlarni almashinish sabablarini formatsion yondashuvda qanday izoxlanadi? a) Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelishi; b) Ishlab chiqarish texnologik usulining o’zgarishi; c) Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi; d) Resurslarning cheklanganligi bilan extiyojlar cheksizligi o’rtasidagi ziddiyat; e) Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning mos kelmasligi Tarqatma materiallardan namunalar An’anaviy, ma’muriy, bozor iqtisodiyoti tizimlari An’anaviy iqtisodiy tizim Ma’muriy iqtisodiy tizim Bozor iqtisodiyoti tizimi Iqtisodiy qarorlar odatda avvalgi avlod yoki ilgari qabul qilingan qarorlarni takrorlaydi. Iqtisodiy qarorlar asosan avtoritar masalan, feodal, lord tomonidan yoki davlat organi tomonidan qabul qilinadi. Muxim iqtisodiy qarorlar alohida shaxslar va biznas firmalar tomonidan qabul qilinadi. Iqtisodiy hayotda an’analarni davom ettirish qadrlanadi. Reja organlari nima ishlab chiqarish, kimga sotishni hal qiladilar. Bozor baxolari ishlab chiqaruvchilar uchun xaridorlar nima hohlashi xaqida signal beradi, uni asosida alohida shaxslar va biznes firmalar tomonidan qaror qabul qilinadi. Mulkchilikning hukmron shakli va tartibga solish mexanizmiga ko’ra sotsial - iqtisodiy tizimlar Sotsial iqtisodiy tizimlar Mulkchilikda merosxo’r lik, sulolalar mavqei xukmronligi Manufaktura, fabrika mashinalashgan ishlab chiqarish Xususiy mulk ustivorligi An’anaviy iqtisod Bozor iqtisodiyoti Tsivilizatsiyalashgan yoki aralash iqtisod Iqtisodiy jarayonlar, aloqalar, urf-odatlar, an’analar, diniy qoida – lar asosida tartibga solinadi Markazdan boshqariladigan ma’muriy rejali iqtisod Tartibga solish mexanizmi Dastlab o’zlashtirishga asoslanadi.So’ngra natu- ral, mayda tovar xo’jaligi Mulkchiliking xukmron shakli Ishlab chiqarishni tashkil etish Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar bozor mexaniz mi orqali tartibga solinadi Rejali asosda sotsialistik ishlab chiqarish Hozirgi zamon ishlab chiqarishi Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar bir markazdan ma’muriy buyruq yo’li bilan boshqariladi, uyg’unlashtiriladi. rejani bajarishga qaratiladi Mulkchilikning turli shakllari mavjudligi va qonuniy tengligi Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar bozor mexaniz mi bilan davlat mexaniz mi hamkorlikda tartibga solinadi Davlat mulki ustivorligi Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1b); 2a); 3g; 4v); 5d; 6e). Masala va mashqlar: 1. Transaktsion xarajatlar 2 mln so’m. Jami tovarlarning bahosiga nisbatan 2*100=20% ni tashkil etadi. T/N 1T; 2N; 3N, 4N; 5T; 6T Testlar: 1e); 2a); 3d); 4b); 5b); 6d); 7c). 1. To’g’ri. Mavjud, xar o’anday jamiyat oldida «Nima, o’anday, o’ancha, kim uchun ishlab chio’arish» muammosi turadi. 2. Noto’g’ri. Sababi «resurslar cheklanganligi-extiyojlarni cheksizligi» muammosi doimo mavjud, shuning uchun «nima ishlab chio’arish» muammosi fao’atgina xususiy biznes emas, balki butun jamiyatga xos. 3. Noto’g’ri. Chunki mexnat resurslari ishlab chio’arish uchun zarur bo’lgan resurslarni bir turini tashkil etadi. Shuning uchun jamiyat oldida doimo o’anday ishlab chio’arish muammosi turadi. 4. Noto’g’ri. Yuzaki o’araganda shunday ko’rinsada aslida barcha axborotlarni «ipidan ignasigacha» yagona markazda to’plab bo’lmaydi. Shuning uchun «kam ishlab chio’arish» muammosi bu jamiyat uchun xam dolzarb bo’lib o’olaveradi. 5. To’g’ri. U bu xarajatlar ishlab chio’arish bilan emas, balki ana shu ishlab chio’arishni boshlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar, ya’ni narxlar, kontragentlar xao’ida axborot to’plash, xo’jalik bitimlari tuzumi va ularni bajarilishini nazorat o’ilish xarajatlari va bosho’a shunga o’xshash xarajatlarni o’z ichiga oladi. 6. To’g’ri. Birinchisi, tizim tarkibiy o’ismlari muvozanatga, ular o’rtasidagi aloo’alarni sao’lanishiga intilish. Ikkinchisi, o’zgarishga, texnika va sotsial jixatdan yangi-yangi o’zgarishlar, muvozanatni buzilib turishi yuz beradi. II BO’LIM. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI ASOSLARI VI BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR. Avvalgi bo’limda iqtisodiyotning umumiy asoslarini o’rganib chiqdik. Unda biz jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy jixatlariga diqqat qaratdik. Navbatdagi bo’limda esa turli sotsial iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarni o’rganamiz. Bu munosabatlar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichi tovar ishlab chiqarish boshlangan paytdan vujudga kelib, shu tarixiy davr mobaynida rivojlanib xozirgi darajaga etib keldi. Bo’limning dastlabki bobi bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan tovar-pul munosabatlarini o’rganishga bag’ishlanadi. Kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab ishlab chikarish kanday rivojlangani, nima sababdan tovar-pul munosabatlari kelib chiqqani, bu munosabatlar bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosi ekanligini ko’rib chiqamiz. Tadkikotni tovar xo’jaligini vujudga kelishi sabablari, tovar o’zi nima va u qanday xususiyatlarga ega ekanligini o’rganishdan boshlaymiz. So’ngra, tovar haqidagi nazariyalar, pulning kelib chiqishi, uning o’ziga xos xususiyatlari va funktsiyalari haqida to’xtalamiz. 1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari Kishilik jamiyatining rivojlanishiga tarixan nazar tashlasak, ijtimoiy xo’jalik yuritishning ikki asosiy — natural va tovar xo’jaligi shakli mavjudligini ko’ramiz. Tarixiy xo’jalik yuritish taraqqiyoti bosqichlari ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha, buyuk texnik inqiloblar bilan farq-lanadi. Buning natijasida mehnat vositalari tubdan o’zgaradi, ijtimoiy mehnat taqsimotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi tarmoqlar vujudga keladi. U o’z navbatida muhim sotsial-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, odamlarning ehtiyojlari va ularni qondirish usullari o’zgaradi. Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish bo’lmagan. Asosan, tabiatda bor narsalarni yig’ib kun ko’rishgan. Ovchilikda juda oddiy qurollar — tosh, tayoq, suyaklardan foydalanilgan. Tabiatning tayyor ne’matlarini iste’mol qilish, «agrar inqi-lob» deb atalgan ikki buyuk kashfiyot — dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib kelgan. Natijada uzluksiz ishlab chiqarishga asos solingan. Bu bilan kishilik jamiyatining iqtisodiy tarixida eng uzoq davom etgan bosqichiga qadam qo’yildi. Natural xo’jalik. Bu umuminsoniy taraqqiyotda tarixan birinchi, eng uzoq davom etgan xo’jalik yuritish bo’lib, ishlab chiqarishning industrial bosqichiga o’tilgandan keyin o’z hukmron mavqeini yo’qotadi. Xo’jalik yuritishning tovar shakli esa iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Har ikki xo’jalik yuritish shakli bir-biridan tubdan farq qiladi; — birinchisi «yopiq» xo’jalik bo’lsa, ikkinchisi «ochiq»; — ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi birida past, mehnat universal xarakterga ega bo’lsa, ikkinchisida yuqori; — ijtimoiy mahsulot shakli ham farq qiladi, birida natural, ikkinchisida tovar; — ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar farqi ham katta. Iqtisodiyotdagi nima, qancha, kim uchun kabi masalalar natural xo’jalikda oson echiladi. Natural xo’jalikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning maqsadi o’z ehtiyojlarini qondirish. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xo’jalik ehtiyojlaridan kelib chiqib olib boriladi. Natural xo’jalik tashkiliy-iqtisodiy jihatdan alohida xo’jaliklardan tarkib topgan. Natural xo’jalik erga mulkchilik munosabatlariga tayanadi. Erning bosh mulk egasi sifatida davlat qo’lida to’planishi davlat hukmronligi bilan mulkchilikning bir-biriga chatishib ketishiga olib keldi. Shu sababli odamlar o’rtasidagi munosabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri yuz beradi. Natural xo’jalikning ana shu xususiyatlari uning konservativligi, barqarorligi, turg’unligi, sustkashligiga asosiy sabab bo’ldi. Aynan ana shular qishloq xo’jaligida dehqon jamoalarining erga bo’lgan jamoa mulki asosida minglab yillar saqlanib qolishiga sabab bo’ldi. Natural xo’jalikda ishlab chiqarish hajm jihatidan ham, sifat jihatidan ham cheklangan. Maqsad deyarli doimo bir xil va bir zayldagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgani sababli ijtimoiy xo’jalikning rivojlanish sur’atlari ham past bo’lgan. Natural xo’jalik alohida xo’jalik birliklaridan (oila — jamoa, pomeste — pomeshchiklarning er mulki) iborat bo’lib, har biri o’zining ishlab chiqarish resurslariga ega, o’zini o’zi ta’minlaydigan yopiq tizim. Hamma ishlab chiqarish turlari xo’jalikning o’zida bajariladi. Resurslar topishdan boshlab, tayyor mahsulotni iste’mol qilishgacha xo’jalik doirasida yuz beradi. Natural xo’jalikka universal qo’l mehnati xos. Har bir kishi hamma asosiy ishlarni o’zi bajaradi. Uning moddiy asosi eng oddiy mehnat qurollari (omoch, xaskash, bolta va hokazolar) bo’lib, mehnat unumi g’oyat past. Natural xo’jalikka to’g’ridan-to’g’ri aloqalar xos bo’lib, u ishlab chiqarish — taqsimot — iste’mol tarzida yuz beradi. Yaratilgan mahsulot ayirboshlashni chetlab, shaxsiy hamda ishlab chiqarish iste’moliga ketadi. Bunday to’g’ridan-to’g’ri aloqa natural xo’jalikning barqarorligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham qadimgi ko’pgina allomalar, jumladan Aris-totel ham natural xo’jalik tarafdori bo’lib, pulni barcha yomonlik, yovuzliklarning asosi deb hisoblagan. Natural xo’jalik jamiyat yuritishning tarixiy birinchi tipi bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ishlab chiqarishning chorvachilik bilan dehqonchilik tarmoqlariga ajralish davrida vujudga kelgan, deb taxmin qilinadi. Nisbatan sof holda natural xo’jalik ibtidoiy tuzum davrida, hali ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz bermagan davrda amal qilgan. Iqtisodiyotda natural xo’jalik noiqtisodiy, ya’ni shaxsiy qaramlik, tobelik hukm surgan tuzumda hukmron bo’lgan, u quldorlik hukm surgan davlatlarda hamda hukmron feodal iqtisodiyotining muhim xususiyatlaridan bo’lgan. Hozirgi paytda natural xo’jalik rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, yarim natural ishlab chiqarishda aholining 50—60%i band. Iqtisodiy adabiyotlarda natural xo’jalik odatda traditsion —an’anaviy iqtisodiyot deb yuritiladi. Bu ko’p jihatdan uni xarakterlab beradi; a) o’z iste’moli uchun ishlab chiqarishning hukmronligi, b) texnika taraqqiyotining keskin cheklanishi, v) sotsial-iqtisodiy munosabatlarning turg’unligi, g) hayot tarzining o’zgarmasligi, qoloqligi, orqada qolishi. Xo’jalik yuritish «yopiq» tizimning shunday xususiyatiki, u mik-roiqtisodiyot darajasida ishlab chiqarishni naturalashtirish hozirgi zamonda sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, xo’jalik uyushmalari, regionlari doirasida yuz berishi mumkin. Mamlakatda tovar xo’jaligi mavjud bo’lishiga qaramay, har bir xo’jalik zarur narsalar bilan o’zini o’zi ta’minlashga harakat qiladi. Makroiqtisodiy miqyosda ham shunday tendentsiya yuz berishi mumkin. Davlatning bunday xo’jalik yuritish siyosati avtarkiya deb ataladi. Avtarkiya — bu bir mamlakatning yopiq, ustun darajada o’z ehtiyojini o’zi qondiradigan xo’jalik yuritish tizimidir. Buning natijasida boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan aloqalar uziladi. Avtarkiyaga intilish mamlakat yuqori boj soliqlari orqali chetdan keladigan tovarlarni cheklashda ham namoyon bo’ladi. Bunday holatning, albatta har bir mamlakat uchun o’z sabablari hamda maqsadi bor. Shunday qilib, natural xo’jalik industrial bosqichga qadar hukmron xo’jalik yuritish shakli bo’lib, industrial bosqichga o’tilgach o’z mavqeini yo’qotdi. Uning o’rnini tovar xo’jaligi egalladi. Tovar xo’jaligi. Ehtiyojlarning o’sib borishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni ob’ektiv zarurat qilib qo’yadi. Lekin natural xo’jalik yuksalib borayotgan ehtiyojlarni qondiradigan darajada iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaydi. Mana shunday ravnaqni ta’minlay oladigan xo’jalik yuritish shakli zarurligi natural xo’jalikni tovar xo’jaligi bilan almashuviga olib keldi. Tovar xo’jaligi — bu iqtisodiyotning shunday tashkiliy shakliki, u tovar ishlab chiqarishga asoslanadi va ishlab chiqarish bilan iste’molni bozor orqali bog’laydi. Tovar xo’jaligiga quyidagi xususiyatlar xos: Birinchidan, tovar xo’jaligi «ochiq» xo’jalik bo’lib, yaratilgan mahsulot o’z iste’moli uchun emas, bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish mehnat taqsimotiga asoslangan. Tovar ishlab chiqaruvchi biron mahsulot yoki uning biron-bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Texnika taraqqiyoti ixtisoslashuvning chuqurlashuviga, u o’z navbatida texnikaning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi, umumiqtisodiy qonuni amal qilishiga keng sharoit yaratadi. Uchinchidan, tovar xo’jaligida ishlab chiqarish bilan iste’mol bilvosita, ya’ni bozor orqali bog’lanadi. U ishlab chiqarish — ayir-boshlash — taqsimot — iste’mol tarzida yuz beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulot avval bozorga chiqariladi, so’ngra ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’molga ketadi. Bozor qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi yoki kerak emasligi to’g’risida «signal» — axborot beradi. Aynan ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste’molchi o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi. Tovar xo’jaligi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ob’ektiv sharoit yaratadi. Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishining asosiy ikki sharti bo’lib, birinchisi mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi o’z navbatida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, uning muhim tomoni ixtisoslashuvdir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat faoliyatining sifat jihatidan ajralishini bildiradi. Insoniyatning mehnat taqsimotini chuqurlashib borishiga harakat qilishining asosiy sababi mehnat unumining o’sishi va sifatining yaxshilanishidir. Ijtimoiy mehnat taqsimoti jamiyat miqyosida yuz berib faoliyat turlari bo’yicha uch yo’nalishda: umumiy, xususiy va qisman mehnat taqsimoti tarzida yuz beradi. Jamiyat miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti dastlab dehqonchilik bilan chorvachilikning, so’ngra esa hunarmandchilik va savdogarchilikning ajralishi bo’lib, umumiy mehnat taqsimoti yirik sohalar — sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish, savdo, maishiy xizmat va hokazolar tarzida mehnat turlarining ajralishidir. Xususiy mehnat taqsimoti yirik sohalar ichidagi, masalan, avtomobilsozlik, traktorsozlik va boshqa tarmoqlarning ajralishidir. Qisman mehnat taqsimoti — korxona doirasidagi mehnat taqsimoti bo’lib, bunda mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bos-qichlari bo’yicha ixtisoslashgan mehnat turlariga ajraladi. Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda hududiy miqyosda ham taqsimlanishi mavjud. Bu hududlararo mehnat taqsimoti, ya’ni ayrim hududlar va mintaqalar doirasida mehnatning ixtisoslashuvi hamda xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlar o’rtasida u yoki bu mehnat turiga ixtisoslashishi, yoki boshqacha aytganda u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashish tarzida yuz beradi. Ikkinchisi, u yoki bu tovar ishlab chiqaruvchilarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy alohidalashuvidir. Iqtisodiy alohidalashuv mulk shakli bilan chambarchas bog’langan. Aynan mulk egasi Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling