Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


foydalanish natijasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


foydalanish natijasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul 
qilingan (davlat qonunlari, an’analar, urf-odatlar, ma’muriy farmoyishlar) qoidalari 
tushuniladi. 
 O’zlashtirish uchun doimo jamiyat tomonidan belgilangan qoida tusini olgan tartiblar 
bo’lgan. 
 
Institutsionalizm nazariyasiga binoan mulk munosabatlari resurslarning 
cheklanganligidan kelib chiqadi. Resurslar cheklangan, kamyob bo’lmasa, mulk haqida gapirish 
ma’nosiz. Shuning uchun ham mulk munosabatlarini moddiy va nomoddiy resurslardan o’z 
xohishi bilan bemalol foydalanishga yo’l qo’ymaslik, taqiqlash tizimi sifatida ko’rish mumkin. 
 Agar resurslardan foydalanishga hech qanday to’siq bo’lmasa u hech kimga tegishli emas 
yoki hammaga tegishli. Bunday resurslar mulk bo’lmaydi. 
 
Resurslardan foydalanishda boshqalarning to’sqinlik qilishi mulk huquqi orqali 
ifodalanadi. Bunday mulk huquqini, uni qadrlaydigan, undan ko’proq foyda oladiganlarga berish 
imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki mulkni o’zi uchun keraksiz hisoblagan 
yoki samarali foydalana olmaydigan kishi sotadi. Natijada endi yuqorida ko’rsatilgan mulk 
huquqi dastasi mulkni sotib olgan kishiga taalluqli bo’ladi.  
 
Mulkchilikning huquqiy jihati iqtisodiy tomoniga nisbatan bo’ysundiruvchi rol 
o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillariga huquqiy egalik qilmasdan, hech 
kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab 
chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun ham mulkchilikning huquqiy 
normalari iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan, real ko’rinishi hisoblanadi. Mulk huquqi 
o’zlashtirish jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga har bir kishining amal qilishi zarurligi, 
aksincha, amal qilmasa, uni buzganlik uchun jazolashni ifodalaydi. Ular birinchidan, ishlab 
chiqarish omillari va yaratilgan mahsulot muayyan shaxslar(jismoniy, huquqiy)ga tegishli 
ekanligini, ikkinchidan mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, uchinchidan, 
mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.  
 Barcha guruh iqtisodchilari fikrini inobatga olib, mulkka ta’rif beradigan bo’lsak, uni 
quyidagicha ifodalash mumkin. Mulk deganda cheklangan ne’matlar (moddiy va ma’naviy 
boylik)ni belgilangan tartib asosida o’zlashtirish tushuniladi. 

  
 Ma’lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib 
kirishadilar.  Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning xatti-
harakatini, intilishini, xulq-atvorini belgilovchi kuchdir. 
 Manfaatlar — bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham 
kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga 
qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat 
manfaati va boshqalar. 
 Xar bir kishi o’z shaxsiy manfaatiga, oila a’zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan 
jamoasi miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a’zosi sifatida 
manfaatga ega. 
 Xar bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan o’rni, 
uning shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib 
manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u o’z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Xar 
bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xo’jalik yuritar ekan, shu 
jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Xar bir inson o’z yurtining fuqarosi sifatida 
umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining 
umumiyligidan dalolat beradi. 
 Manfaatlar ob’ektiv hamda sub’ektivdir. Ob’ektivligiga sabab ehtiyojlarning ob’ektivligi, 
ikkinchi tomondan, manfaat har bir sub’ektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi. 
 
Manfaatlar shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir. 
Manfaatlarning umumiy bo’lishiga sabab shuki, avvalo, har bir inson ma’lum bir oilada, 
mamlakatda, qolaversa, Er sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday 
umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaat tarzida namoyon bo’ladi. Masalan: 
atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar. 
 Manfaatlarning xususiyligi har bir sub’ektning o’z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu 
manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda 
boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi. 
 Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bo’lib, ular bir-biridan 
farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. 
 Xar bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor 
sifatida o’z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. 
 Manfaatlarga  turli  jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini o’zida 
mujassamlashtiruvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, o’zini qanday tutishi 
mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi. 
 Bozor  iqtisodiyotining  muhim  tomoni, afzalligi ham shundaki, bozor ishtirokchilari bozor 
munosabatlariga o’z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. O’z manfaatlarini ko’zlash, amalga 
oshirish uchun harakat boshqalarning manfaatini ham o’ylashga majbur qiladi. Biror turdagi 
tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi o’z manfaatini ko’zlab biron tovar ishlab 
chiqarar ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham o’ylashga majbur. 
Chunki uning nafliligi, ya’ni iste’mol qiymati, narxi xaridorni qoniqtirmasa xaridor tovarni sotib 
olmaydi. U xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta’minlashga 
olib keladi. 
 Mulk egasining maqsadini amalga oshirish natijasida mulk iqtisodiy realizatsiya qilinadi. 
Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi. 
Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshuvi shart, ya’ni o’z 
manfaati yo’lida ishlata olish imkoniga ega bo’lishi kerak. Masalan, avtomobil egasi o’z 
mashinasini ijaraga berish, garovga qo’yish, o’zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bo’lishi 
kerak. Agar shunday imkoniyatlar bo’lmasa mulk formal bo’ladi. 
 Mulkning shakli hamda miqyosiga qarab uning realizatsiyasi ham har xil usullar orqali 
yuzaga chiqadi: o’z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qo’llab yoki o’z 
mehnati bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; o’z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul 

 
 
shaklidagi mulkini qarzga berib foiz, mulkini qimmatga sotib daromad olishi; yollanib ishlash 
orqali o’z mulki bo’lgan ish kuchidan daromad, ya’ni ish haqi olish. 
 Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, o’z egasiga daromad — 
naf keltiradi. O’z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga ko’p 
jihatdan bog’liq. 
 Mulk tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Mulk egasi o’z mulkini asraydi, avaylaydi, tejab-
tergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun o’z qadrini yo’qotsa, uni zarur bo’lgan boshqa kishiga 
sotib yuboradi. Ko’pchilik mulk sohibi bo’lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va ko’paytirishi 
mumkin. 
 Mulkka ega bo’lishning quyidagi asosiy yo’llari bor: 
 a) mulkni ishlab topilgan daromad evaziga sotib olish; 
 b) mulkni daromad topish uchun ishlatish, ya’ni aktsiya olib dividend olish, kapital 
sifatida ishlatib foyda, pul shaklida bankka qo’yib foiz, ijaraga berib haq olish tufayli mulkni 
ko’paytirish; 
 v) meros olish. 
 Mulkdorlarning ko’payishi mulkka ega bo’lishnigina emas, balki mulk shakllarining ham 
har xil bo’lishiga olib keladi. 
 Iqtisodiy manfaatlarning har bir mulk doirasida yuzaga chiqishi va uni amalga oshirish 
uchun iqtisodiy sharoit mavjud bo’lishi kerak. Buning uchun qaysi mulk shaklidan qat’i nazar, 
qonun bilan himoyalanishi va har bir mulk shaklini rivojlantirish uchun keng huquqiy-iqtisodiy 
sharoitlar yaratish kerak. 
 Aynan bozor iqtisodiyoti ana shunday sharoit yaratish imkoniga ega. 
 

  
2-§. Mulk tiplari va shakllari 
 
 Iqtisodiy faoliyatda bilimdonlik bilan ish yuritish uchun mulk turlari, shakllarini ajrata 
bilish kerak. Yuqorida ko’rib o’tdikki, mulk munosabatlari o’zlashtirish munosabatlarini 
ifodalaydi, o’zlashtirish esa, doimo jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshadi. 
O’zlashtirishning qanday tarzda yuz berishiga ko’ra mulk turlari bir-biridan quyidagi asosiy 
mezonlarga ko’ra ajratiladi: 
 a) mulk sub’ekti kimligi; 
 b) o’zlashtirish printsipi; 
 v) mulk egalari xohishiga ko’ra, mulkni ularning o’rtasida erkin bo’linishi mumkinmi 
yoki yo’qligi; 
 g) mulk egalarining iqtisodiy psixologiyasi xarakteriga ko’ra. 
 Dastlab o’zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bo’linmaydigan mulk vujudga kelgan. 
U odatda ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga ko’ra, 
taxminan 1 mln yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda o’zlashtirish — bu jamoaga 
birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot 
kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari: 
 a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish; 
 b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda o’zlashtirish; 
 v) iste’mol buyumlarini teng taqsimlash tendentsiyasi bilan xarakterlanadi. 
 Birgalikda  o’zlashtirish  o’ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. Ya’ni: 
 — bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g’oyasi hukmron; 
 — jamoachilik asosiy o’ringa chiqadi; 
 — jamoa bo’lib mehnat qilish, o’zaro yordam berish, ko’maklashish; 
 — umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi; 
 — har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi. 
 Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya’ni birgalikda o’zlashtirish quyidagi aniq shakllarda: 
ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bo’ladi. 
 Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga, 
atrof-muhitga bog’liq bo’lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hayot kechirish uchun 
ne’matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Xayot kechirish jamoa bo’lib 
yashagandagina mumkin bo’lgan. O’z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda 
jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug’ jamoasi, so’ngra qabila tarzida tarkib 
topgan. Jamoaga qarashli bo’lgan er, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng 
taqsimlangan. 
 
Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, so’ngra 
hunarmandchilikning kelib chiqishi katta o’zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining 
takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab 
chiqarish imkoniyatini vujudga keltirdi. 
 
Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish o’z iqtisodiy 
ahamiyatini yo’qotdi. Uning o’rniga oilaviy xo’jaliklar vujudga keldiki, ular o’z navbatida 
keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bo’ldi. 
 Birgalikda o’zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan. 
 Islom qoidalariga ko’ra barcha mulk Ollohnikidir. Er, suv va boshqa ne’matlar Ollohning 
bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli islomda 
mulkdan jamoa bo’lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin. 
 Xozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoa-lar ijtimoiy tizimning 
tarkibiy qismi sifatida mavjud. 
 Birgalikda  o’zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog’liq. 
Davlatning o’z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bo’lishi, ya’ni boylikni davlat 
tomonidan o’zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi 
jamiyat taraqqiyotida ob’ektiv zaruratdan kelib chiqib o’zgarib turgan. 

 
 
 Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan o’sib chiqqan. 
 Masalan, O’rta Osiyo mintaqasida X—XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati — 
Qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda: 
 1. Amloki xos — davlat mulki. Er va er osti boyliklari, moddiy ko’chmas mulklar va 
davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bo’lgan. 
 2. Iqto’ — davlat xizmatchilarini ta’minlovchi mulk. Muayyan er maydonlari, moddiy-
ma’naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto’ mulki bo’lgan. 
 3. Vaqf — muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma’rifiy binolar, madrasa va 
masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bo’lgan. 
 Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli 
jamiyatning barcha tabaqasi o’z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib 
ketishiga yo’l qo’yilmagan. Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, bunga davlat mulkidan, 
chunonchi vaqf mulkidan g’oyat samarali foydalanish bilan erishilgan. 
 XIX asrning oxiri va XX asrda birgalikda o’zlashtirishning dastlabki tipi davlat mulki 
yana muhim rol o’ynay boshladi. 
 Albatta, u tamomila yangi makroiqtisodiy shaklda bo’lib, miq-yosi va maqsadi jihatidan 
dastlabki o’zlashtirishdan tubdan farq qiladi. Davlat mulkining paydo bo’lishi va rivojlanishi 
quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: a) mulkni milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish), 
boshqacha aytganda, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish; b) davlat mablag’i hisobidan 
korxonalar o’rniga boshqa zarur ob’ektlarni vujudga keltirish; bosh-qa mulk sub’ektlariga 
daromadlarning bir qismini soliq undirish orqali davlat byudjetiga olish. 
 Xozirgi ko’rinishdagi davlat mulkini vujudga keltirishdagi dastlabki qadam Germaniya 
kantsleri, tarixda «temir kantsler» nomi bilan qolgan Otto fon Bismark nomi bilan bog’liq. U 
1873 yili temir yo’l kompaniyalarini inqirozdan saqlab qolish uchun Prussiya temir yo’llarini 
davlat mulkiga aylantirdi. Tamaki mahsulotiga davlat monopoliyasini o’rnatdi. Ko’pgina xususiy 
mulk egalari Bismark faoliyatini «tamaki sotsializmi»ga o’tish deb baholashdi. 
 
XX asrning 50—60- yillarida boshlangan fan-texnika inqilobi tufayli o’arb 
mamlakatlarida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat va ishlab chiqarish kooperatsiyasi, 
integratsiyasi natijasida davlatga qarashli yirik korxonalar va tarmoqlar vujudga keldi. 
Davlatning iqtisodiyotga ta’siri kuchaydi. 
 Kapital ko’p talab qiladigan, qilingan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, yaxshi foyda 
bermaydigan tarmoqlar davlat ixtiyoriga o’tdi. Sanoatda energiya manbalari, metallurgiya, 
harbiy-sanoat kompleksi, muhim moliya muassasalari, chunonchi Markaziy bank va ishlab 
chiqarish hamda sotsial infrastruktura davlat mulki hisoblanadi. 
 Klassik kapitalizm va moliya kapitali hukmronligidan so’ng o’arbda sotsial-iqtisodiy 
rivojlanishda yangi davr qaror topdi. 
 Bunda xususiy mulk makroiqtisodiyot miqyosida davlat sektori tomonidan «qisiladi» 
(suriladi). 
 Iqtisodchilar keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi paytda yalpi milliy mahsulotda 
davlat xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda 10 dan 30 foizgacha va undan yuqori. 
 
«Ekonomiks» darsligining mualliflari K. R. Makkonell va 
 
S. P. Bryular ham AQSh iqtisodiyotida davlat sektori tutgan o’rin kattaligini real fakt deb qayd 
qiladilar. 
 Turli mamlakatlarda davlat mulki ob’ekti va ulushi bir-biridan farq qiladi. Davlat mulki 
ma’lum me’yorda bo’ladi, lekin totalitar, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimda o’ta 
davlatlashtirish yuz berib, davlat mulki monopoliyasi vujudga keladi. Davlat mulki tanho 
hukmron bo’ladi (II bob). 
 Demokratik aralash iqtisodiyotda esa davlat mulki iqtisodiy zaruriyat talab qilgan 
me’yorda saqlanadi. 
 Davlat mulki qatoriga atom, kosmik sanoat, undirma sanoatning ma’lum turlari, yirik 
portlar, temir yo’l, suv omborlari, kanallar, qo’riqxonalar, tarixiy madaniyat obidalari va 
boshqalar kiradi. Ko’pchilik mamlakatlarda er xususiy mulk ob’ektiga kiradi. O’zbekistonda 

  
mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra er, suv, qazilma boyliklar, o’simlik va hayvonot dunyosi davlat 
mulki deb e’lon qi-lingan. 
 Davlat mulkiga davlat tashkilotlari va muassasalarining mulki, davlat byudjetining 
mablag’lari, davlatga qarashli aktsiyalar ham kiradi. Bundan tashqari, davlatning xorijda ham 
mulki mavjud bo’ladi. 
 Davlat mulki umumdavlat hamda munitsipal mulk shakli ko’rinishida (munitsipal mulkka 
viloyat, tuman, shahar, qishloq, hukumatga, idora organlariga qarashli mulk hamda mahalla 
mulki kiradi). Undan tashqari, mahalliy — kommunal mulk ham bo’lishi mumkin. Birgalikda 
o’zlashtirishga asoslangan jamoa mulki va davlat mulkidan tashqari bo’linmas mulkka 
asoslangan jamoa (korxona), oila mulki shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin. 
 Xar bir inson birgalikda o’zlashtirishni eng avvalo, oilada his qiladi. Bunda uy-joy, 
ro’zg’or buyumlari, tomorqa, mashina, birgalikda daromad topish uchun ustaxona, novvoyxona, 
asbob-uskuna, xom ashyo va boshqa xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan narsalarni ko’rsatish 
mumkin. Bu erda shuni ham eslatib o’tish kerak-ki, bizni iqtisodchilarimiz shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishda foydalaniladigan ne’matlarni shaxsiy mulk sifatida alohida ajratib ko’rsatib, bu 
mulkdan daromad topish maqsadida foydalanimasligini ta’kidlashadi.  
 Bu mulk shakllariga mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, «huquq 
dastasi»da ko’rsatilgan huquqlar barcha kishilar uchun teng. 
 Umumiy birgalikda o’zlashtirish davridan so’ng ijtimoiy mulk-ka tamomila qarama-
qarshi individual xususiy o’zlashtirish kirib keladi. 
 Xususiy o’zlashtirish odamlarning mulkka boylik orttirish manbai sifatida 
qarashidan kelib chiqadi. 
 Xususiy o’zlashtirishga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqidan tashqari, 
boshqarish, daromad olish, sotish, xavfsizlikni ta’minlash, meros qoldirish va boshqa huquqlar 
ham kiradi. Bu huquqlar mohiyati jihatidan jamiyatda qabul qilingan tartib, qonun-qoidalarni 
ifodalaydi. Bu o’z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi: 
 — individual, egoistik fikr yuritish asosiy o’ringa chiqadi; 
 — jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi
 — boshqalarning ehtiyojini qondirishga o’z manfaatini ko’zlagan holda (kirishiladi), 
qatnashiladi; 
 — xususiy mulk asosida boylik orttirish ko’zlanadi; 
 — jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g’oyasi ustun bo’ladi; 
 — xususiy mulk muqaddas, daxlsiz, insonning tabiatiga mos tushadigan mulk tarzida 
tasavvur etiladi; 
 — o’z mulkini iqtisodiy realizatsiya qilish orqali mulk egasining shaxsiy manfaatdorligi 
amalga oshadi, ta’minlanadi. 
 Xususiy o’zlashtirish ikki turda bo’lib, bir-biridan katta farq qiladi. 
 Birinchisida ishlab chiqarish omillarining egasi o’zi mehnat qiladi, ikkinchisida esa 
yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bo’ladi: 
 a) barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bo’lgan mulk yoki 
individual xususiy mulk; 
 b) ishlab chiqarishning mehnat omili bilan boshqa omillar egasi alohidalashgan xususiy 
mulk. 
 Xususiy mulkning birinchi turiga dehqon, hunarmand va boshqa shunga o’xshash o’z 
mehnat vositalari bilan o’zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining 
egasi sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining o’zi o’zlashtiradi. Xar bir 
kishi o’zi mehnat qilar ekan, o’z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga harakat qiladi. 
Mulkdan foydalanish natijasida farovon yashash uchun chuqur manfaatdorlik yotadi. Shuning 
uchun ham xo’jalik yurituvchi o’z xo’jaligi va olayotgan daromadi barqaror bo’lishi uchun kuchi 
va mablag’ini ayamay harakat qiladi. Bir kishining o’zida ham mulk egasi, ham mehnatkash 
mujassamlashganda ishlab chiqarish omillaridan eng samarali foydalaniladi. U erkin, boshqalar 

 
 
tomonidan ezilmaydi, ekspluatatsiya qilinmaydi. Boshqacha aytganda, mehnat omiliga tegishli 
mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan o’zlashtirib olinmaydi. 
 Unga  «mulk huquqi» nuqtai nazaridan qaralsa, «mulk huquqi dastasi»da 
ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli. 
 Xususiy mulkning ikkinchi turida mehnat omilidan boshqa omillar mulk egasiga tegishli 
bo’lib, ishlab chiqarish natijasi ham unga qarashli bo’ladi. U nisbatan katta miqdorda mulkka 
egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya’ni yirik xo’jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. 
 Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki 
usul bilan amalga oshiriladi:  
 1) noiqtisodiy, ya’ni majburiy mehnat orqali
 2) iqtisodiy yo’l bilan, ya’ni iqtisodiy rag’batlantirish, haq to’lash yo’li bilan mehnatga 
jalb qilish orqali. 
 
XV—XIX asrlarda o’arbiy Evropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning 
dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi. 
 Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik printsiplari to’la namoyon bo’ladi. Bosh 
iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bo’lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarishni o’zi 
boshqa-radi. Shunday xo’jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib 
berishgan. Kapitalizm bosqichiga o’tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon — insoniyatning industrial 
ishlab chiqarishga o’tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va 
miqdor o’zgarishlariga yo’l ochdi. «Bug’ asri»dan «Elektr asri»ga o’tilishi mehnat 
kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning to’planishi va markazlashuvini 
kuchaytirdi. 
 Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi ko’rinishga ega bo’ldi.  
 
Ko’plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga 
kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o’z mahsulotini 
realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi. 
 Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qo’shilib moliya kapitali vujudga keldi. 
Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qo’shilgan ulushga qarab o’zlashtiriladigan mulk kelib 
chiqdi. 
 Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga ko’p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida 
yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Bunda birinchidan, 
alohida kapitalistlarning kapitali etmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag’lub bo’lib, bankrot 
bo’lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol o’ynadi. 
 Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida — umumiy va xususiy o’zlashtirish birgalikda 
amalga oshadi. Bunday aralash o’zlashtirishga quyidagi sabablarga ko’ra erishiladi: 
 1.Bu mulk umumiy mulkka barcha qatnashchilar qo’shgan hissa asosida tashkil topadi. 
 2.Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona 
boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qo’shgan mulk egasiga umumlashgan 
mulkni boshqarishda me’yoriy imkoniyatlar beriladi. 
 
3.Xo’jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qo’shgan hissasiga ko’ra 
taqsimlanadi. 
 Bu mulk tipi ham odamlarda ma’lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta’sir 
ko’rsatadi: 
 — individual-jamoachilik tuyg’usi; 
 — umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini 
ta’minlashga harakat qiladilar; 
 — xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qo’shilib ketadi; 
 — kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga 
bog’liqligi haqida tushuncha paydo bo’ladi. 
 Xamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyi-dagi aniq shakllarda 
namoyon bo’ladi: 
 — aktsionerlik jamiyati (korporativ) mulki; 

  
 — qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk; 
 —  shirkatlar  mulki; 
 — yirik xo’jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va bosh-qa shunga o’xshashlar) 
mulki; 
 — qo’shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan); 
 — turli shakldagi jamoalar mulki. 
 Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bo’linmaydigan, har bir kishining 
individual manfaati umumiy manfaatga to’laligicha bo’ysundirilgan bo’lsa, uchinchi tipida 
avvaldan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Xar biri o’z 
ulushidan manfaatdor. 
 U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish 
vositalariga yakka kapitalistning o’zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya’ni 
barcha ulushi borlarning birgalikdagi mulki bo’ladi. 
 Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aktsionerlik jamiyati, ya’ni korporativ 
mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi o’z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari 
mumkin. Shuning uchun mulk hajmi o’zgarmagani holda mulk egalari tarkibi o’zgarib turishi 
mumkin. Undan tashqari, individual, yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining o’zi 
boshqarsa, aktsionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar — menejerlar 
boshqaradi. Ular ma’lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan 
shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali o’z mablag’ini ishlab 
chiqarishga qo’yish tufayli ko’paysa, aktsionerlik kapitali chetdan pul mablag’larini, ayniqsa 
bank mablag’larini jalb qilish orqali ko’paytiriladi. 
 Aktsionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha sotsial-iqtisodiy mazmunga ega 
bo’lib, undan alohida kishilar manfaati yoki sotsial guruhlar, yoki davlat manfaati yo’lida 
foydalanish mumkin. Bu aktsiyalar nazorat paketi kimga tegishli bo’lishiga bog’liq. 
 Nazorat paketi kimning qo’lida bo’lishiga qarab, aktsionerlik jamiyatlari alohida kishilar, 
boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidami ajratish mumkin. Oxirgi 
paytlarda g’arbdagi mamlakatlarda nisbatan uncha katta bo’lmagan butunlay mehnat jamoalariga 
tegishli bo’lgan aktsionerlik jamiyatlari miqdori o’sib boryapti. Masalan, AQShda 10 mingdan 
ortiq, shunday korxonalarda 10 mln dan ortiq kishi band. 
 Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling