Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
foydalanish natijasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk deganda cheklangan ne’matlar (moddiy va ma’naviy boylik)ni belgilangan tartib asosida o’zlashtirish tushuniladi.
- 1. Amloki xos
- Bu mulk shakllariga mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, «huquq dastasi»da ko’rsatilgan huquqlar barcha kishilar uchun teng.
- Xususiy o’zlashtirish odamlarning mulkka boylik orttirish manbai
- «mulk huquqi» nuqtai nazaridan qaralsa, «mulk huquqi dastasi»da ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli.
- Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak
foydalanish natijasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul qilingan (davlat qonunlari, an’analar, urf-odatlar, ma’muriy farmoyishlar) qoidalari tushuniladi. O’zlashtirish uchun doimo jamiyat tomonidan belgilangan qoida tusini olgan tartiblar bo’lgan. Institutsionalizm nazariyasiga binoan mulk munosabatlari resurslarning cheklanganligidan kelib chiqadi. Resurslar cheklangan, kamyob bo’lmasa, mulk haqida gapirish ma’nosiz. Shuning uchun ham mulk munosabatlarini moddiy va nomoddiy resurslardan o’z xohishi bilan bemalol foydalanishga yo’l qo’ymaslik, taqiqlash tizimi sifatida ko’rish mumkin. Agar resurslardan foydalanishga hech qanday to’siq bo’lmasa u hech kimga tegishli emas yoki hammaga tegishli. Bunday resurslar mulk bo’lmaydi. Resurslardan foydalanishda boshqalarning to’sqinlik qilishi mulk huquqi orqali ifodalanadi. Bunday mulk huquqini, uni qadrlaydigan, undan ko’proq foyda oladiganlarga berish imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki mulkni o’zi uchun keraksiz hisoblagan yoki samarali foydalana olmaydigan kishi sotadi. Natijada endi yuqorida ko’rsatilgan mulk huquqi dastasi mulkni sotib olgan kishiga taalluqli bo’ladi. Mulkchilikning huquqiy jihati iqtisodiy tomoniga nisbatan bo’ysundiruvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish omillariga huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun ham mulkchilikning huquqiy normalari iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan, real ko’rinishi hisoblanadi. Mulk huquqi o’zlashtirish jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga har bir kishining amal qilishi zarurligi, aksincha, amal qilmasa, uni buzganlik uchun jazolashni ifodalaydi. Ular birinchidan, ishlab chiqarish omillari va yaratilgan mahsulot muayyan shaxslar(jismoniy, huquqiy)ga tegishli ekanligini, ikkinchidan mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Barcha guruh iqtisodchilari fikrini inobatga olib, mulkka ta’rif beradigan bo’lsak, uni quyidagicha ifodalash mumkin. Mulk deganda cheklangan ne’matlar (moddiy va ma’naviy boylik)ni belgilangan tartib asosida o’zlashtirish tushuniladi. Ma’lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib kirishadilar. Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning xatti- harakatini, intilishini, xulq-atvorini belgilovchi kuchdir. Manfaatlar — bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat manfaati va boshqalar. Xar bir kishi o’z shaxsiy manfaatiga, oila a’zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a’zosi sifatida manfaatga ega. Xar bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan o’rni, uning shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u o’z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Xar bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xo’jalik yuritar ekan, shu jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Xar bir inson o’z yurtining fuqarosi sifatida umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining umumiyligidan dalolat beradi. Manfaatlar ob’ektiv hamda sub’ektivdir. Ob’ektivligiga sabab ehtiyojlarning ob’ektivligi, ikkinchi tomondan, manfaat har bir sub’ektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi. Manfaatlar shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir. Manfaatlarning umumiy bo’lishiga sabab shuki, avvalo, har bir inson ma’lum bir oilada, mamlakatda, qolaversa, Er sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaat tarzida namoyon bo’ladi. Masalan: atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar. Manfaatlarning xususiyligi har bir sub’ektning o’z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi. Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bo’lib, ular bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi. Xar bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor sifatida o’z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi. Manfaatlarga turli jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, o’zini qanday tutishi mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi. Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni, afzalligi ham shundaki, bozor ishtirokchilari bozor munosabatlariga o’z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. O’z manfaatlarini ko’zlash, amalga oshirish uchun harakat boshqalarning manfaatini ham o’ylashga majbur qiladi. Biror turdagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi o’z manfaatini ko’zlab biron tovar ishlab chiqarar ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham o’ylashga majbur. Chunki uning nafliligi, ya’ni iste’mol qiymati, narxi xaridorni qoniqtirmasa xaridor tovarni sotib olmaydi. U xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta’minlashga olib keladi. Mulk egasining maqsadini amalga oshirish natijasida mulk iqtisodiy realizatsiya qilinadi. Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi. Mulkchilik real bo’lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshuvi shart, ya’ni o’z manfaati yo’lida ishlata olish imkoniga ega bo’lishi kerak. Masalan, avtomobil egasi o’z mashinasini ijaraga berish, garovga qo’yish, o’zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Agar shunday imkoniyatlar bo’lmasa mulk formal bo’ladi. Mulkning shakli hamda miqyosiga qarab uning realizatsiyasi ham har xil usullar orqali yuzaga chiqadi: o’z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qo’llab yoki o’z mehnati bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; o’z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul shaklidagi mulkini qarzga berib foiz, mulkini qimmatga sotib daromad olishi; yollanib ishlash orqali o’z mulki bo’lgan ish kuchidan daromad, ya’ni ish haqi olish. Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, o’z egasiga daromad — naf keltiradi. O’z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga ko’p jihatdan bog’liq. Mulk tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Mulk egasi o’z mulkini asraydi, avaylaydi, tejab- tergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun o’z qadrini yo’qotsa, uni zarur bo’lgan boshqa kishiga sotib yuboradi. Ko’pchilik mulk sohibi bo’lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va ko’paytirishi mumkin. Mulkka ega bo’lishning quyidagi asosiy yo’llari bor: a) mulkni ishlab topilgan daromad evaziga sotib olish; b) mulkni daromad topish uchun ishlatish, ya’ni aktsiya olib dividend olish, kapital sifatida ishlatib foyda, pul shaklida bankka qo’yib foiz, ijaraga berib haq olish tufayli mulkni ko’paytirish; v) meros olish. Mulkdorlarning ko’payishi mulkka ega bo’lishnigina emas, balki mulk shakllarining ham har xil bo’lishiga olib keladi. Iqtisodiy manfaatlarning har bir mulk doirasida yuzaga chiqishi va uni amalga oshirish uchun iqtisodiy sharoit mavjud bo’lishi kerak. Buning uchun qaysi mulk shaklidan qat’i nazar, qonun bilan himoyalanishi va har bir mulk shaklini rivojlantirish uchun keng huquqiy-iqtisodiy sharoitlar yaratish kerak. Aynan bozor iqtisodiyoti ana shunday sharoit yaratish imkoniga ega. 2-§. Mulk tiplari va shakllari Iqtisodiy faoliyatda bilimdonlik bilan ish yuritish uchun mulk turlari, shakllarini ajrata bilish kerak. Yuqorida ko’rib o’tdikki, mulk munosabatlari o’zlashtirish munosabatlarini ifodalaydi, o’zlashtirish esa, doimo jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshadi. O’zlashtirishning qanday tarzda yuz berishiga ko’ra mulk turlari bir-biridan quyidagi asosiy mezonlarga ko’ra ajratiladi: a) mulk sub’ekti kimligi; b) o’zlashtirish printsipi; v) mulk egalari xohishiga ko’ra, mulkni ularning o’rtasida erkin bo’linishi mumkinmi yoki yo’qligi; g) mulk egalarining iqtisodiy psixologiyasi xarakteriga ko’ra. Dastlab o’zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bo’linmaydigan mulk vujudga kelgan. U odatda ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga ko’ra, taxminan 1 mln yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda o’zlashtirish — bu jamoaga birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari: a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish; b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda o’zlashtirish; v) iste’mol buyumlarini teng taqsimlash tendentsiyasi bilan xarakterlanadi. Birgalikda o’zlashtirish o’ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. Ya’ni: — bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g’oyasi hukmron; — jamoachilik asosiy o’ringa chiqadi; — jamoa bo’lib mehnat qilish, o’zaro yordam berish, ko’maklashish; — umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi; — har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi. Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya’ni birgalikda o’zlashtirish quyidagi aniq shakllarda: ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga, atrof-muhitga bog’liq bo’lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Xayot kechirish jamoa bo’lib yashagandagina mumkin bo’lgan. O’z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug’ jamoasi, so’ngra qabila tarzida tarkib topgan. Jamoaga qarashli bo’lgan er, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan. Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, so’ngra hunarmandchilikning kelib chiqishi katta o’zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab chiqarish imkoniyatini vujudga keltirdi. Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish o’z iqtisodiy ahamiyatini yo’qotdi. Uning o’rniga oilaviy xo’jaliklar vujudga keldiki, ular o’z navbatida keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Birgalikda o’zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan. Islom qoidalariga ko’ra barcha mulk Ollohnikidir. Er, suv va boshqa ne’matlar Ollohning bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli islomda mulkdan jamoa bo’lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin. Xozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoa-lar ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida mavjud. Birgalikda o’zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog’liq. Davlatning o’z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bo’lishi, ya’ni boylikni davlat tomonidan o’zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ob’ektiv zaruratdan kelib chiqib o’zgarib turgan. Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan o’sib chiqqan. Masalan, O’rta Osiyo mintaqasida X—XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati — Qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda: 1. Amloki xos — davlat mulki. Er va er osti boyliklari, moddiy ko’chmas mulklar va davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bo’lgan. 2. Iqto’ — davlat xizmatchilarini ta’minlovchi mulk. Muayyan er maydonlari, moddiy- ma’naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto’ mulki bo’lgan. 3. Vaqf — muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma’rifiy binolar, madrasa va masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bo’lgan. Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli jamiyatning barcha tabaqasi o’z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, bunga davlat mulkidan, chunonchi vaqf mulkidan g’oyat samarali foydalanish bilan erishilgan. XIX asrning oxiri va XX asrda birgalikda o’zlashtirishning dastlabki tipi davlat mulki yana muhim rol o’ynay boshladi. Albatta, u tamomila yangi makroiqtisodiy shaklda bo’lib, miq-yosi va maqsadi jihatidan dastlabki o’zlashtirishdan tubdan farq qiladi. Davlat mulkining paydo bo’lishi va rivojlanishi quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: a) mulkni milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish), boshqacha aytganda, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish; b) davlat mablag’i hisobidan korxonalar o’rniga boshqa zarur ob’ektlarni vujudga keltirish; bosh-qa mulk sub’ektlariga daromadlarning bir qismini soliq undirish orqali davlat byudjetiga olish. Xozirgi ko’rinishdagi davlat mulkini vujudga keltirishdagi dastlabki qadam Germaniya kantsleri, tarixda «temir kantsler» nomi bilan qolgan Otto fon Bismark nomi bilan bog’liq. U 1873 yili temir yo’l kompaniyalarini inqirozdan saqlab qolish uchun Prussiya temir yo’llarini davlat mulkiga aylantirdi. Tamaki mahsulotiga davlat monopoliyasini o’rnatdi. Ko’pgina xususiy mulk egalari Bismark faoliyatini «tamaki sotsializmi»ga o’tish deb baholashdi. XX asrning 50—60- yillarida boshlangan fan-texnika inqilobi tufayli o’arb mamlakatlarida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat va ishlab chiqarish kooperatsiyasi, integratsiyasi natijasida davlatga qarashli yirik korxonalar va tarmoqlar vujudga keldi. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri kuchaydi. Kapital ko’p talab qiladigan, qilingan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, yaxshi foyda bermaydigan tarmoqlar davlat ixtiyoriga o’tdi. Sanoatda energiya manbalari, metallurgiya, harbiy-sanoat kompleksi, muhim moliya muassasalari, chunonchi Markaziy bank va ishlab chiqarish hamda sotsial infrastruktura davlat mulki hisoblanadi. Klassik kapitalizm va moliya kapitali hukmronligidan so’ng o’arbda sotsial-iqtisodiy rivojlanishda yangi davr qaror topdi. Bunda xususiy mulk makroiqtisodiyot miqyosida davlat sektori tomonidan «qisiladi» (suriladi). Iqtisodchilar keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi paytda yalpi milliy mahsulotda davlat xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda 10 dan 30 foizgacha va undan yuqori. «Ekonomiks» darsligining mualliflari K. R. Makkonell va S. P. Bryular ham AQSh iqtisodiyotida davlat sektori tutgan o’rin kattaligini real fakt deb qayd qiladilar. Turli mamlakatlarda davlat mulki ob’ekti va ulushi bir-biridan farq qiladi. Davlat mulki ma’lum me’yorda bo’ladi, lekin totalitar, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimda o’ta davlatlashtirish yuz berib, davlat mulki monopoliyasi vujudga keladi. Davlat mulki tanho hukmron bo’ladi (II bob). Demokratik aralash iqtisodiyotda esa davlat mulki iqtisodiy zaruriyat talab qilgan me’yorda saqlanadi. Davlat mulki qatoriga atom, kosmik sanoat, undirma sanoatning ma’lum turlari, yirik portlar, temir yo’l, suv omborlari, kanallar, qo’riqxonalar, tarixiy madaniyat obidalari va boshqalar kiradi. Ko’pchilik mamlakatlarda er xususiy mulk ob’ektiga kiradi. O’zbekistonda mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra er, suv, qazilma boyliklar, o’simlik va hayvonot dunyosi davlat mulki deb e’lon qi-lingan. Davlat mulkiga davlat tashkilotlari va muassasalarining mulki, davlat byudjetining mablag’lari, davlatga qarashli aktsiyalar ham kiradi. Bundan tashqari, davlatning xorijda ham mulki mavjud bo’ladi. Davlat mulki umumdavlat hamda munitsipal mulk shakli ko’rinishida (munitsipal mulkka viloyat, tuman, shahar, qishloq, hukumatga, idora organlariga qarashli mulk hamda mahalla mulki kiradi). Undan tashqari, mahalliy — kommunal mulk ham bo’lishi mumkin. Birgalikda o’zlashtirishga asoslangan jamoa mulki va davlat mulkidan tashqari bo’linmas mulkka asoslangan jamoa (korxona), oila mulki shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin. Xar bir inson birgalikda o’zlashtirishni eng avvalo, oilada his qiladi. Bunda uy-joy, ro’zg’or buyumlari, tomorqa, mashina, birgalikda daromad topish uchun ustaxona, novvoyxona, asbob-uskuna, xom ashyo va boshqa xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan narsalarni ko’rsatish mumkin. Bu erda shuni ham eslatib o’tish kerak-ki, bizni iqtisodchilarimiz shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan ne’matlarni shaxsiy mulk sifatida alohida ajratib ko’rsatib, bu mulkdan daromad topish maqsadida foydalanimasligini ta’kidlashadi. Bu mulk shakllariga mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, «huquq dastasi»da ko’rsatilgan huquqlar barcha kishilar uchun teng. Umumiy birgalikda o’zlashtirish davridan so’ng ijtimoiy mulk-ka tamomila qarama- qarshi individual xususiy o’zlashtirish kirib keladi. Xususiy o’zlashtirish odamlarning mulkka boylik orttirish manbai sifatida qarashidan kelib chiqadi. Xususiy o’zlashtirishga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqidan tashqari, boshqarish, daromad olish, sotish, xavfsizlikni ta’minlash, meros qoldirish va boshqa huquqlar ham kiradi. Bu huquqlar mohiyati jihatidan jamiyatda qabul qilingan tartib, qonun-qoidalarni ifodalaydi. Bu o’z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi: — individual, egoistik fikr yuritish asosiy o’ringa chiqadi; — jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi; — boshqalarning ehtiyojini qondirishga o’z manfaatini ko’zlagan holda (kirishiladi), qatnashiladi; — xususiy mulk asosida boylik orttirish ko’zlanadi; — jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g’oyasi ustun bo’ladi; — xususiy mulk muqaddas, daxlsiz, insonning tabiatiga mos tushadigan mulk tarzida tasavvur etiladi; — o’z mulkini iqtisodiy realizatsiya qilish orqali mulk egasining shaxsiy manfaatdorligi amalga oshadi, ta’minlanadi. Xususiy o’zlashtirish ikki turda bo’lib, bir-biridan katta farq qiladi. Birinchisida ishlab chiqarish omillarining egasi o’zi mehnat qiladi, ikkinchisida esa yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bo’ladi: a) barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bo’lgan mulk yoki individual xususiy mulk; b) ishlab chiqarishning mehnat omili bilan boshqa omillar egasi alohidalashgan xususiy mulk. Xususiy mulkning birinchi turiga dehqon, hunarmand va boshqa shunga o’xshash o’z mehnat vositalari bilan o’zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining egasi sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining o’zi o’zlashtiradi. Xar bir kishi o’zi mehnat qilar ekan, o’z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga harakat qiladi. Mulkdan foydalanish natijasida farovon yashash uchun chuqur manfaatdorlik yotadi. Shuning uchun ham xo’jalik yurituvchi o’z xo’jaligi va olayotgan daromadi barqaror bo’lishi uchun kuchi va mablag’ini ayamay harakat qiladi. Bir kishining o’zida ham mulk egasi, ham mehnatkash mujassamlashganda ishlab chiqarish omillaridan eng samarali foydalaniladi. U erkin, boshqalar tomonidan ezilmaydi, ekspluatatsiya qilinmaydi. Boshqacha aytganda, mehnat omiliga tegishli mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan o’zlashtirib olinmaydi. Unga «mulk huquqi» nuqtai nazaridan qaralsa, «mulk huquqi dastasi»da ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli. Xususiy mulkning ikkinchi turida mehnat omilidan boshqa omillar mulk egasiga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish natijasi ham unga qarashli bo’ladi. U nisbatan katta miqdorda mulkka egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya’ni yirik xo’jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi. Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1) noiqtisodiy, ya’ni majburiy mehnat orqali; 2) iqtisodiy yo’l bilan, ya’ni iqtisodiy rag’batlantirish, haq to’lash yo’li bilan mehnatga jalb qilish orqali. XV—XIX asrlarda o’arbiy Evropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi. Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik printsiplari to’la namoyon bo’ladi. Bosh iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bo’lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarishni o’zi boshqa-radi. Shunday xo’jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib berishgan. Kapitalizm bosqichiga o’tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon — insoniyatning industrial ishlab chiqarishga o’tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va miqdor o’zgarishlariga yo’l ochdi. «Bug’ asri»dan «Elektr asri»ga o’tilishi mehnat kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning to’planishi va markazlashuvini kuchaytirdi. Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi ko’rinishga ega bo’ldi. Ko’plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o’z mahsulotini realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi. Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qo’shilib moliya kapitali vujudga keldi. Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qo’shilgan ulushga qarab o’zlashtiriladigan mulk kelib chiqdi. Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga ko’p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Bunda birinchidan, alohida kapitalistlarning kapitali etmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag’lub bo’lib, bankrot bo’lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol o’ynadi. Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida — umumiy va xususiy o’zlashtirish birgalikda amalga oshadi. Bunday aralash o’zlashtirishga quyidagi sabablarga ko’ra erishiladi: 1.Bu mulk umumiy mulkka barcha qatnashchilar qo’shgan hissa asosida tashkil topadi. 2.Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qo’shgan mulk egasiga umumlashgan mulkni boshqarishda me’yoriy imkoniyatlar beriladi. 3.Xo’jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qo’shgan hissasiga ko’ra taqsimlanadi. Bu mulk tipi ham odamlarda ma’lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatadi: — individual-jamoachilik tuyg’usi; — umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini ta’minlashga harakat qiladilar; — xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qo’shilib ketadi; — kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga bog’liqligi haqida tushuncha paydo bo’ladi. Xamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyi-dagi aniq shakllarda namoyon bo’ladi: — aktsionerlik jamiyati (korporativ) mulki; — qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk; — shirkatlar mulki; — yirik xo’jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va bosh-qa shunga o’xshashlar) mulki; — qo’shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan); — turli shakldagi jamoalar mulki. Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bo’linmaydigan, har bir kishining individual manfaati umumiy manfaatga to’laligicha bo’ysundirilgan bo’lsa, uchinchi tipida avvaldan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Xar biri o’z ulushidan manfaatdor. U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish vositalariga yakka kapitalistning o’zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya’ni barcha ulushi borlarning birgalikdagi mulki bo’ladi. Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aktsionerlik jamiyati, ya’ni korporativ mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi o’z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari mumkin. Shuning uchun mulk hajmi o’zgarmagani holda mulk egalari tarkibi o’zgarib turishi mumkin. Undan tashqari, individual, yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining o’zi boshqarsa, aktsionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar — menejerlar boshqaradi. Ular ma’lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali o’z mablag’ini ishlab chiqarishga qo’yish tufayli ko’paysa, aktsionerlik kapitali chetdan pul mablag’larini, ayniqsa bank mablag’larini jalb qilish orqali ko’paytiriladi. Aktsionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha sotsial-iqtisodiy mazmunga ega bo’lib, undan alohida kishilar manfaati yoki sotsial guruhlar, yoki davlat manfaati yo’lida foydalanish mumkin. Bu aktsiyalar nazorat paketi kimga tegishli bo’lishiga bog’liq. Nazorat paketi kimning qo’lida bo’lishiga qarab, aktsionerlik jamiyatlari alohida kishilar, boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidami ajratish mumkin. Oxirgi paytlarda g’arbdagi mamlakatlarda nisbatan uncha katta bo’lmagan butunlay mehnat jamoalariga tegishli bo’lgan aktsionerlik jamiyatlari miqdori o’sib boryapti. Masalan, AQShda 10 mingdan ortiq, shunday korxonalarda 10 mln dan ortiq kishi band. Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling