Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
-§. Bozor iktisodiyotida chayqovchilik
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Xaqiqatdan ham shunday. Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga baholar o’sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan
- Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq.
- ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
- Takrorlash va munozara uchun savollar
- Tarqatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material Bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari.
4-§. Bozor iktisodiyotida chayqovchilik Bozor iqtisodiyotiga xos axborot assimetriyasi noaniqlik u o’z navbatida olib-sotarlik va chayqovchilik mavjudligiga sabab bo’ladi. Olib-sotarlik – bu shunday faoliyatki, maqsad biron-bir tovarni bir bozordan olib boshqasida yoki bozorning boshqa sigmentida nisbatan yuqori narx bilan sotish orqali foyda olishdir. Olib sotarlik bozorda muvozanat yo’qligi, talab va taklif o’rtasida disbalans sharoitida yuz berishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qogozlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida eng ko’p yuz beradi. Olib-sotarlik hududiy miqyosida baholarni farqi tufayli kelib chiqadi. Olib sotarlikdan farqli ravishda chayqovchilik bir tovarni sotib olib shu bozorni o’zida ma’lum vaqtdan so’ng yuqori bahoda sotib foyda olishni bildiradi, ya’ni chayqovchilik baholarni vaqt oralig’idagi farqiga asoslanadi. Olib sotarlik va chayqovchilik bilan shugullanadiganlar tavakkalchilik xatarini bila turib riskka borishadi. Real hayotda har ikki faoliyat birlashib, ko’pincha umumiy nom “chayqovchilik” deb ataladi. Chayqovchilik faoliyatini tahlil qilganda muhim ahamiyatga ega uch usuliga e’tibor qaratiladi. Birinchi usul – bu tovarni sotib olish, uni saqlash, ma’lum bir vaqtdan so’ng sotish. Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma’lum bir vaqtdan so’ng narxini ko’tarilishini taxmin qiladi. Agar narx ko’tarilmasa u zarar ko’radi. Ikkinchi usul - fyuchers kontraktlari tuzish. Bunda kelgusida bitim tuzilgan kundagi narx bo’yicha oldi-sotdi qilish majburiyati ko’zda tutiladi.Tovar etkazib berilgan muddatdagi narxga ko’ra broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin.Qimmatli qogozlarda ham xuddi shunday. Uchinchi usul - optsion kontraktlari tuzish. Optsion shunday kontraktki – unga asoslanib, investor kelajakda ma’lum miqdorda tovarni shu kungi baho bo’yicha sotib olish huquqini sotib oladi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’z xuquqini amalga oshirishi yoki yo’qligi vaziyatga bog’lik holda yuz beradi. Masalan, siz «O’zavtotranstexnika» OAJ aktsiyalari kelajakda qimmatlashadi deb, 1050 so’mdan 630 dona aktsiya sotib olish uchun 15 iyul 2004 yili bir yilga kontrakt tuzdingiz. Sizga birja vositachisi ko’rsatilgan muddatga qadar aktsiyalarni shu narxda sotishi kerak. Siz agar bozorda aktsiya narxlari oshsa sotib olib, bozordagi shu kungi real bahoda sotib foyda olasiz. Aksincha bo’lsa siz o’z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin shartnoma tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz. Optsion kontrakti fyuchers kontraktiga nisbatan kamrok xatarli, sababi, yo’qotadigan mablag’ faqat vositachining gonorari miqyosida bo’ladi. Bu jihatdan uni ma’lum bir darajada sug’urta elementi deb ko’rish mumkin. Muddatli kontraktlar( fyuchers, optsion )ni xedjirlash orqali oldi-sotti jarayonida baholarni o’zgarishidan sug’urtalash amalga oshiriladi. Investorning moliyaviy aktivlari qimmatini maksimal darajada saqlab qolish yoki sotishiga bir yoki bir necha muddatli kontraktlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Masalan, xedjer biron bir aktiv, aytaylik uni qiziktirgan “Toshkent otchopari” OAJ ning aktsiyalarini bahosini tushishidan qo’rqadi. Uni bir aktsiyani 2,8 dollar bahosi qoniqtiradi. U aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi 2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aktsiyalarni 3 oydan so’ng 3 dollardan sotishga, ikkinchisi sotib olishga. Uch oydan keyin aktsiya 3,2 dollar bo’lsin. U 3 dollardan sotib olib yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yo’q. Agar narx tushsa ham xuddi shunday tarzda ham yutadi, ham yutkazadi. Shunday tarzda optsion kontraktlarni xam xedjirlash amalga oshiriladi. Xedjirlashda tavakkalchilik xatari yo’qolmaydi, lekin unda xatarga yo’l qo’yuvchilar o’zgaradi. Ishlab chiqaruvchi xatarni birja chayqovchisi zimmasiga yuklaydi. Chunki u risk qilishni yoqtirmaydi. Chayqovchi esa tavakkalchilik xatarini o’z zimmasiga oladi. Sababi u risk qilish ishqibozi. Chayqovchilik yuzaki qaraganda osongina boyish yo’li. Lekin u moliya bozorida o’ziga xos vazifani bajaradi: 1.Qimmatli qog’ozlar bilan chayqovchilik potentsial xaridorlarni ularga qiziqishini kuchaytiradi. Xaridorlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etadi. 2.Chayqovchilik qimmatli qog’ozlarni likvidligini ta’minlaydi va saqlaydi, bu o’z navbatida investorlarni o’ziga jalb etadi. 3.Qimmatli qog’ozlar kursini barqarorlashtirishga ta’sir etadi. Ya’ni ko’pchilik olayotganda sotadi, sotayotganda oladi. Qog’ozlar kursini qattiq o’zgarishi ko’proq chayqovchilik operatsiyalariga xos. Shu bilan birga shuni qayd etish kerakki, mamlakat iqtisodiyoti uchun u katta zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar tashkil etilib, davlat tomonidan ta’sir ko’rsatiladi. «Chayqovchilik» so’zi juda ko’p hollarda salbiy ma’noda ishlatiladi.» Chayqovchi» deganda ko’z o’ngimizga doimo odamlarni turli yo’llar bilan aldashga urinuvchi uddaburon kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi», «menejer» bo’ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik, yuritayotgan faoliyati, qo’ygan maqsadi tom ma’nosi bilan chayqovchilik. Xamma narsani o’z nomi bilan aytgan ma’qul. Albatta jamiyatni qoralovchi fikri to’g’ri, lekin u qachonki norasmiy, noqonuniy bo’lsa. Masalan, inqirozga yuz tutgan AKShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja firmalaridan birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun dunyoga taraldi. M. Milleken past darajadagi aktsiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular yordamida kompaniyalarni qo’shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga oshirilgan. Uning uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bo’lsa, «sinish, yutilish,» arafasida turgan korporatsiyalarning aktsiyalari bilan chayqovchilik qilgan Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli kog’ozlar bilan (ular bilan ko’prok) balki hamma sohada, qaerda imkoniyat bo’lsa shu erda bo’ladi. Noqonuniy, nolegal chayqovchilik, yolgon axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi. Davlat shuning uchun bunday hodisalarga qarshi chora–tadbirlar ko’radi, qonun-qoidalar qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar o’rnatsa chayqovchilik yashirin tus oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug’urta qilish xaqida to’xtaganda ko’rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini o’zini himoyalash, sug’urta qilish imkonini beradi. Ikkinchi muhim funktsiyasi bozordagi hukmron tendentsiya haqida axborotlar berish. Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid. Xaqiqatdan ham shunday. Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga baholar o’sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan kompaniyalar aktsiyalarini sotib olishni boshlashadi. Aktsiyalarni ko’plab sotib olinishi uning narxini o’sishiga olib keladi. Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq. Chayqovchilikning yana bir funktsiyasi-konservatsiya qilish, yoki taqchil resurslarni (masalan foydali qazilmalarni) ishlatishni kamaytirish. Chayqovchi taqchillikni kutib, resursni sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha to’xtatib qo’yadi. Maqsad resursni keyinchalik baxo ko’tarilganda sotadi. Resurs kam bo’lganda baho ko’tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham qabul qilinadi va yoppasiga shu taiiy resursni qazib chiqarish qisqartiriladi. Resurs qimmat bo’lgach undan tejab-tergab foydalanish yo’llari qidiriladi. Albatta chayqovchilar ham xato qilishadi. Ularni vaziyatni noto’g’ri baholashi noto’g’ri axborot tarqatishiga olib kelib, boshqa iqtisodiy ob’ektlarni ham adashtiradi. Lekin oxir-okibat ular yutqazadilar, bozorni tark etadilarJamiyat uchun xaqiqiy foydali funktsiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi. Respublikamizda metallar bilan savdo qilish davlat monopoliyasida. Qimmatli qog’ozlar bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma’noda avj olganicha yo’q. Lekin ilgaridan iste’mol mollari bilan chayqovchilik mavjud bo’lgan. Ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan. Lekin chayqovchilik tavakkalchilik xatari yuqori faoliyat. U faqat foyda emas, katta zarar ko’rishi ham mumkin. Respublikamizda bu faoliyat bilan asosan dehqon bozorida shug’ullanuvchilar o’z faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarga yordam berishadi deyish mumkin. Shunday qilib, tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, bozor iqtisodiyoti so’zsiz afzallikka ega, lekmn kamchiliklardan ham xoli emas. Ammo bu kamchiliklarni davlatning funktsiyalari yordamida bartaraf qilish yoki minimal darajaga keltirish mumkin. Xulosa *Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi Bilan bozor iqtisodiyotining dastlabki tamal toshi qo’yildi. Bozor iqtisodiyot o’zining mohiyati, o’ziga xos belgilari, xususiyatlari bilan kishilik jamiyati erishgan avvalgi tizimlardan afzal ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot, barcha mamlakatlar tanlagan yo’l sifatida umumbashariy iqtisodiyot deymiz. *Bozor iqtisodiyoti boshqa tizimlardan so’zsiz afzallikka ega bo’lishi bilan birgalikda qator kamchiliklari mavjud. Ulardan eng muhimi bozor iqtisodiyotiga noaniqlik xosligi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy faoliyat risk bilan bog’liq. Risk bozor mexanizmining ishlash tarzi. * Bozor iqtisodiyotida axborot asimmetriyasi nafaqat noaniqlik, riskni, balki chayqovchilikni ham mavjud bo’lishiga olib keladi. Risk va chayqovchilikni mavjud bo’lishi odamlarni yangilikka, tinim bilmay izlanishga, yangi g’oyalarni amalga oshirishga chorlaydi. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 1.Tub belgilar 2.Bozor (aralash) iqtisodiyoti 3. Dastlabki bozor iqtisodiyoti. 4. Erkin(klassik) bozor iqtisodiyoti 5.Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti 6.Bozor iqtisodiyoti belgilari. 7.Bozor iqtisodiyoti ob’ekti. 8. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari a) Davlatning mulk monopoliyasi, ma’muriy buyriqbozlikka asoslangan markaziy rejalashtirilgan iqtisod. b) Xar bir xodisa, jarayon, tizimning boshqalardan ajratib turuvchi, uning safat jixatdan farqlanishiga sabab bo’lgan xususiyatlarga aytiladi v) turli – tuman mulkchilik va iqtisodiy faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga solishga asoslangan, xar bir insonni o’z faoliyat natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyot g) munosabatlar va aloqalar nimaga qaratilganligini, nimaga nisbatan yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar va pul (pul massasi)dir d) tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan shakillana boshlagan, oddiy tovar ishlab chiqarish xukmron iqtisodiyot e) yakka xususiy mulkchilik, erkin raqobatchilik, bozorga xos munosabatlar xukmroniqtisod. Uning dastlabki bosqichi bilan keyingi bosqichlari farqlanadi yo) munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari uy xo’jaligi, firma (korxona), dav j) bozor iqtisodiyotining boshqa sotsial-iqtisodiy tizimlardan farqlanishiga sabab bo’luvchi xususiyatlari Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyoti qanday bosqichlarga bo’linadi va ular qanday jihatlari bilan farqlanadi? 2. Bozor iqtisodiyotining modeli va asosiy belgilarini ko’rsating. 3. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushuniladi? 4. Qiymat nazariyasi va me’yoriy naflilik nazariyasining bosh maqsadi nima? Xar ikki nazariya tovar qiymatini o’lchashni qanday uddaladi? 5. Bozor iqtisodiyoti qanday afzalliklarga ega? 6. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari nimalardan iborat? 7. Nima sababdan bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot deb tan olindi? Masala va mashqlar 1. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda barcha ishlar yuqoridan beriladigan buyruq bilan amalga oshiriladi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishini quyidagi masala yordamida ko’rib chiqamiz. Shaharda bo’yi 64 m va eni 64 m avtomobil to’xtash joyi bor. Mamlakatda 3 xil avtomobil bo’lib, engil avtomobil eni 2 m va bo’yi 4 m joy egallasin. O’rtacha avtomobillar esa eni 3 m va bo’yi 6 m, katta avtomobillar eni 4 m va bo’yi 8 m li joyni egallasin deylik. Mashinasini to’xtash joyiga qo’ymoqchi bo’lgan uchala turdagi avtomobil shofyorlari juda ko’p. Aytaylik, a) avtomobil to’xtash joyini eng qisqa muddat davomida to’ldirishi zarur degan buyruq olindi. U xolda avtomobillar qanday tarzda joylashtirilgan bo’lardi? Nima sababdan, izohlang. b) avtomobil to’xtash joyiga eng ko’p mashina sig’dirishiga ko’ra musobaqa g’olibiga mukofot beriladi degan buyruq olindi. Unday buyruq nimaga olib keladi, izoxlang. v) barcha avtomobil turlari teng miqdorda joylashtirilsin, degan buyruq olindi. U xolda nechtadan avtomobil sig’ishi mumkin, izoxlang. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala qanday hal etilgan bo’lar edi? Fikringizni bildiring. 2. Korxonada har bir kattalar paltosini tikish uchun moddiy xarajatlar 70 ming so’mni tashkil qiladi. Agarda yoqasiga mo’yna o’rnatilsa 140 ming so’mga etadi. Bolalar paltosi uchun esa 30 ming so’m xarajat qilinadi. Mexnat sarfi bir xil bo’lib, o’rtacha 30 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar har bir paltodan olinadigan foyda xarajatlarga nisbatan 10% ni tashkil qilsa, korxona rejani tezda bajarish uchun qanday palto va qancha tikkan bo’lar edi. Korxona quvvati kuniga 50 ta paltoga teng. Ish kuni 24 kun va bir smenali deb hisoblang. 1. Agar mo’yna yoqali, oddiy yoqali va bolalar paltolariga talab teng desak, talab bo’yicha palto tikkanda korxona rejani necha foizga bajargan bo’lar edi? 2. Qanday paltolarni tikish bilan korxona rejani bajarishi mumkin? a) U qanday oqibatga olib keladi? b) Bozor iqtisodiyotida bu masala qanday hal etiladi? 3. Ishlatilgan kompyuterlar bozorida ikki guruh sotuvchilar mavjud. Bir guruh sotuvchilar kam ishlatilgan, hali ancha-muncha foydalansa bo’ladigan, texnik jihatdan yaxshi kompyuterlar bilan savdo qilishadi. Sotuvchilar ularni 400 ming so’mdan kamiga berishmaydi. Potentsial xaridorlar esa 450 ming so’mgacha to’lashga tayyor. Ikkinchi guruh sotuvchilar o’z resursini deyarli to’la ishlatib bo’lgan kompyuterlarni sotishadi. Ular 150 ming so’mdan yuqori har qanday narxga sotishga tayyor. Iste’molchilar bunday kompyuterlarga 180 ming so’mdan ortiq pul to’lashmaydi. Axborot asimmetriyasi tufayli bozorda kompyuterlarni sotish bahosi qancha bo’ladi? U qanday oqibatlarga olib keladi? 4. Siz «Panasonic» firma magazinidan videomagnitafonni 500 ming so’mga sotib olishingiz mumkin. Xuddi shunday magnitafonni «Ippodrom» bozoridagi audio-video texnika rastasidan 400 ming so’mga olishingiz mumkin. Boshqa sharoitlar teng. Bu farqni sababi nimada deb o’ylaysiz? T/N 1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sotsialistikdoktrinaga asoslangan bo’lib, uning o’ziga tortadigan jixati kishilik jamiyatini doimo diqqatini qaratgan 2 muammoni echishni zimmasiga olishi bo’lib, bu a) notinchlikni yo’q qilish; b) jamiyat xayot iva xar bir kishini xayotini jamiyatning yuqori organlari tomonidan tartibga solish iqtisodiyot va jamiyatni boshqasferalarini ratsional va ilmiy boshqarish orqali insonni baxtiyor yashashni ta’minlash. 2. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializm kishi o’ziga tortadigan g’oyani ilgari surishga qaramay, inqirozga yuz tutdi. XX asr tarixida markaziy o’rinni real sotsialistik jamiyatni vujudga kelish, rivojlanish, inqiroz egallaydi. 3. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializni inqirozga uchrashiga sabab, uning xususiy mulkni, bozorni, raqobatni tan olish, jamiyatni demokratiyalashuvi printsiplariga amal qilish bo’ldi. 4.Markazdan rejalashtirishga asoslang. Xo’jalik yuritish sotsializmiga, balanslashmizimi, muvozanat uzilgani, hayot kechirish pastligioxirgi o’n yillikda bo’lsa fan – texnika taraqqiyotini qabul qilmasligi Bilan ajralib turgan. 5.Bozor iqtisodiyoti hozirgi davrga qadar o’z rivojlanishida bosqichlarni bosib o’tdi. 6.Bozor (aralash) iqtisodiyot mukammal iqtisodiyot bo’lgani uchun ham umuminsoniy iqtisodiyot deb ataladi. 7. Bozor iqtisodiyotida erkin iqtisodiy faoliyat yuritishining asosini mulkning turli – tumanligi va uning xususiy jixatdan bir xolda muxofaza qilinishdir. 8.Bozor iqtisodiyotining zaif tomonlarini davlatning ko’rgan chora tadbirlariorqali yo’qotiladi. 9.Iqtisodiy nazariyada odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabatlarini xisobga olib, uch guruxga: tavakkalchilikka kontrol, tavakkalchilikka o’ch, ishqivoz; tavakkalchilikni yoqtirmaydigan yoki unga qarashlarga bo’linadi. 10. Odiljon uyining yonidagi magazindan 70 ming so’mga kostyum – shim olmay, bozorga borib kelish uchun 1000 so’m sarflab, bozordan xudi shunday kostyum – shimni 68 ming so’mga sotib oldi. U to’g’ri qildi. Bunda sanoq nuqtasi effekti hech qanday rol o’ynamaydi. 11.Bozorda “Nobop tanlov”ni yuz berishidan manfaatdor shaxslar axborotni asimmetrik tarqalishiga harakat qilishadi. 12. Bozor iqtisodiyotida olib – sotarlik va chayqovchilik bo’lmaydi. Testlar 1. Sotsialistlar inson tengligi deganda eng avvalo birinchi o’ringa … ni qo’yishgan. a) Moddiy tenglik; b) Xuquqiy tenglik; v) Konunlar olididagi tenglik; g) Siyosiy xuquqda tenglik; d) Hududiy tenglik; 2. Davlat mulk monopoliyasi va majburiy rejalashtirishni tekischilik g’oyasi bilan qo’shilib ketishi: a) Moddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti; b) Moddiy ne’matlarni noiqtisodiy taqsimoti; v) Nomoddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti; g) Nomoddiy ne’matlarni iqtisodiy taqsimoti; d) Jamiyatda adolat o’rnatilishiga olib keldi; 3. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini … tashkil etadi. a) Mulkchilikning turli – tumanligi va ularning tengligi, qonun tomonidan birday muxofaza qilish; b)Xususiy mulkchilikniqonun asosida aloxida qo’llab – quvatlanishi; v) Xamkorlikdagi mulk aloxida qo’llab – quvatlanishi; g) Jamoa mulkiga aloxida e’tibor berilishi; d) Davlat mulkining asosiy o’rin tutishini ta’minlanishi; 4. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch … a) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulkning ustunligi, daromadlarni cheklanmaganligi; b) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, raqobat, daromadlarni cheklanmaganligi; v) Raqobat, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni cheklanmaganligi; g) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni cheklanmaganligi; d) Raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligi; 5. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti bu … a) Tovar, korxona; b) Tovar, jamoa xo’jaligi; v) Tovar, pul (agregati) g) Pul, korxona; d) Pul, pul kompleksi; 6. 6. Bozor iqtisodiyotining sub’ekti bu … a) Firma, korxona, uy xo’jaligi, tovar; b) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, pul; v) Firma, korxona, uy xo’jaligi, moliyaviy institutlar; g) Firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar; d) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, moliyaviy institutlar; 7. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida: a) Iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash; b) Resurslarni qimmatga sotish; v) Resurslarni arzon sotib olish; g) Resurslarni qimmatga sotib olish; d) Resurslarni arzon sotishni ta’minlash; 8. Faoliyat natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan xolda, bari-bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo’lmaydigan vaziyat, ya’ni noaniqlik … ni ifodalaydi. a) Tavakkalchilik yutug’i; b) Risk mardlik belgisi; v) Xatarning namoyon bo’lishi; g) Tavakkalchilik xatari; d) Tavakkalchilik natijasi; 9. Biz ko’pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan sotuvchini jazolashga urunmaymiz. Sababi … a) Yuz – xatir qilamiz; b) Raxmimiz keladi; v) Asabimizni buzishni xoxlamaymiz; g) Olgan nafimiz, qilgan transaktsion xarajatlarimizni qoplamaydi; d) Sifatsiz bo’lsa xam zarur; 10. Chayqovchilik faoliyati … a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi; b)narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi; v)iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi; g) doimo foyda olishga olib keladi; d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi. Tarqatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material Bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari. • resurslarni samarali taqsimlaydi; • Iqtisodiy erkinlikni ta’minaydi; • Bozorning moslashuvchanligi va safarbarligining yuqoriligi; • Tejamli xo’jalik yuritishni rag’batlantiradi va isrofgarchilikka barxam beradi; • Mulkdan asrab avaylab foydalaniladi; • Fan – texnikalarni tezda joriy qilinishga imkon yaratadi; • Tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rag’batlantiradi; • Raqobat asosiy o’rinda turadi. • Ishlab chiqarish iste’molchi manfaatlariga, xaridor izmiga bo’ysinadi • Daromad topishning cheklanmaganligi KAMChILIKLARI: • Ish bilan va narxlar barqarorligini kafolatlamaydi; • Axolini tabaqalanishini kuchaytiradi; • Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini cheklaydi; • Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan ijtimoiy tovar va xizmatlar barqarorlikni yo’qligi va ishlab chiqarishni rag’batlantirmaydi; • Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni, ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlamaydi; • Monopolistik tendentsiya mavjudligi; • Doimo noaniqlik va riskning mavjudligi 2-TARQATMA MATERIAL Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. Uy xo’jaligi: bir yoki bir necha kishidan iborat oila. U mexnat resurslari etkazib beradi. Boshqa resurslarni egasi xisoblanadi. Yaratilgan maxsulotlar iste’molchisi. Firma, Korxona: iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib, iqtisodiy resurslarni sotib olib, ishlab chiqarish omillariga aylantiradi. Ulardan maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda foydalaniladilar. Foyda olish uchun xarakat qiladilar. Moliyaviy institutlar: bozorning firma (korxona)larning normal faoliyat yuritishini ta’minlaydilar. Moliyaviy institutlar Uy xo’jaligi Firma, korxona Davlat Davlat: uning barcha idora, maxkama va tashkilotlari mamlakatning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun xuquqiy, siyosiy xokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari, bozori zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan xam shug’ullanadilar. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling