Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Tarkatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material Qiymat shakllari Nisbiy Ekvivalent Oddiy , tasodifiy 1 Qop don 1 ta bolta To’la yoki kengaytirilgan 20 metr bo’z 1 ta kostyum yoki 2 qop don 2 ta bolta Umumiy 1 ta kostyum 2 qop don 2 ta bolta 20 kg tuz Pul 20 metr bo’z 1 ta kostyum 2 ta bolta 5 gr oltin Pulning kelib chiqishi haqida yondashuvlar. Ratsionallik Evatsyulion Ratsionallik yondashuv asoschilar pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarida hukm surgan:sub’ektiv – psixologik yondashuv. Evalyutsion yondashuvda pul jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. 2-tarqatma material Pulning funktsiyalar Pul bu –umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovar. 2-tarqatma material Hozirgi zamon pul tizimida pulning funktsiyalari Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovar (xizmatga) ayirboshlash yoki qarz to’lashga qilinadigan har qanday vosita (narsa) pul deyiladi. Qiymat o’lchovi tovar va xizmatlarning almashuv qiymati vositasida hisoblanadi.Resurs xarajatlari daromad-lar hisoblanadi. Jahon puli. Pullar xalqaro miqiyosda o’z milliy liboslarini echib,quyma oltin sifatida ishlatilgan. Pulning funktsiyalari (metall pul) Muomala vositasi tovar xizmatlar oldi- sotdi qilinadi. To’lov vositasi nasiyaga olinadi to’langan turli xil to’lov Jamg’arish vositasi pul muoma-ladan chiqarilsa xozirgi to’p-lash funktsiyasi. Boylik sifati-da pul to’planadi. Qiymat o’lchovi. Qadr-qimmat o’lchovi sifatida tovar va xizmatlarning qiymati o’lchanadi Jamg’arish vositasi 100% likvidlikka ega boylik sifatida saqlanadi. Pulning funktsiyalari (hozirgi zamon pul tizimi) Ayriboshlash va tulov vositasi. Har qanday tovar va xizmatlar uchun pul to’lanadi Javoblar: Asosiy tayanch tushchunchalar: 1B; 2V; 3A; 4G; 5E; 6D; 7E. Masala va mashqlar: 1)a), b), d), e) - noiqtisodiy ne’matlar c), f), g) - iqtisodiy ne’matlar 2. Naflilik – bu tovarning insonning ehtiyojini qondirish xususiyati. Ma’naviy-axloqiy jihatdan berilgan baholar qanday bo’lishdan qat’iy nazar uni hisobga olinmaydi. 3.Sizni mulkingiz likvidli. Lekin inflyatsiya, noaniqlik sharoitida mulkni asosiy qismini likvidliligiga qarab saqlashning ma’nosi yo’q. T/N 1T, 2T, 3N, 4N, 5T. Testlar: 1d, 2a, 3b, 4a, 5c, 6d, 7a, 8e. Muomalaga chiqarilishi shakliga ko’ra Ishlatilishi qanday tarzda amalga oshirilishiga ko’ra Muomalada ishlatilishi miqyosi jihatidan Pul turlari Naqd pullar Aniq shakl- sham oyilga e ga bo’l gan, q o’ldan- qo’lga o’tuvchi pullar Naqd bo’lm agan pull ar pullar Bankdagi bi r joriy hisob varaqdan ikkinchisiga kqchirib yozish orqali harakat qilu vchi pullar Milliy pullar Mam lakatning o’z puli Xalqaro yok i baynalm in al pullarMaxsu s jahon puli yo’q. Lekin bu rolni erkin konvertir- lanadigan p ullar o’ynaydi Qog’oz pulla r Qabul qilingan qonunga muvofiq yirik pullar Tanga pulla r Odatda m uom alada ishla ti- ladigan m ay da pullar Elektron pullar Kredit karto ch-kalari VII BOB. BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING UMUMIY TASNIFI. BOZOR IQTISODIYOTIDA NOANIQLIK VA RISK Kishilik jamiyatining hayoti ehtiyojlarini qondirish bilan chambarchas bog’liq. Resurslarni cheklanganligi muammosi esa ulardan samarali foydalanishni zarur qilib qo’yadi. Ikkinchi tomondan esa jamiyat a’zolari erkin, demokratik tamoyillarga asoslangan hayot kechirishni istaydilar. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, insoniyat bunday maqsadiga erishish yo’lini aralash iqtisodiyot tizimini barpo qilish orqali topibdi. Rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik yuritish tajribasi buni tasdiqladi. Bozor iqtisodiyoti imkoniyati boshqa tizimlarga nisbatan keng va afzal ekanligi sababli barcha mamlakatlar shu yo’lni tanlashdi. Lekin bu bozor hamma dardga davo, hamma mkammolardan qutqaruvchi degani emas. Bozorning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlar ham xos. Ma’lumki, aralash iqtisodiyotni bir guruh iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sifatida boshqalari esa bozor iqtisodiyotining yuqori bosqichi sifatida qarashadi. Xar ikki qarashni hisobga olgan holda bizda ko’proq bozor iqtisodiyoti atamasi ko’llaniladi. Navbatdagi bob aynan bozor iqtisodiyotning mazmuni, bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan farqlari, afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklarini o’rganishga qaratilgan. U umuminsoniy iqtisodiyot, shu bilan birga noaniqlik uning yo’ldoshi ekanligini, faoliyat yuritish risk bilan bog’liqligini tadqiq etamiz. 1-§. Bozor iqtisodiyoti va uning vujudga kelishi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi. Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, «kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. 1. Dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta rol o’ynay boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ahamiyat berish boshlangan. 2. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarqoq, bir-biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va harakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining ham dastlabki bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1.Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud. 2.Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin. 3.Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi: kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q. 4.Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi. 5.Bir turdagi tovarlarning absolyut darajada o’xshashligi (savdo markasi yo’q). 6.Monopoliyalar yo’q, bozorga, uning faoliyatiga davlat aralashmaydi. 8.Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish- sotilmasligining noma’lumligi. 9.U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buhronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi. 10.Yakka, individual xususiy mulkning hukmron bo’lishi, mulk-ning ozchilik qo’lida to’planishi, natijada: a) odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib keladi; b) g’irrom raqobat olib borish uchun muhit yaratadi. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar belgilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar. Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu — abstraktsiya. Xaqiqatda to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish aso-sidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin. To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini taminlaydigan darajada etarli erkinlik mavjud. 3.Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot — bu tsivilizatsiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iqtisodiyotidir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor: 1.Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. 2.Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi. 3.Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. 4.Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi. 5.Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora- tadbirlari belgilanadi. 6.Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham harakat qiladilar. 7.Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 8.Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi asosiy qatlamni tashkil qiladi. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-pxisologik usullar qo’llaniladi. Faqat, iqtisodchi V. Leontev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’q. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning haddan tashqari aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi. 4.Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari: 1.Turli mulk shakllariga asoslangan bozor sub’ektlarining yo’qligi. 2.Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi. 3.Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi. 4.Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi. 5.Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi. 6.Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi. 7.Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Natijada: a)tovar taqchilligi kuchayadi; b) iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi; v)«pinhoniy iqtisodiyot», chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi. Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti etuklik bos-qichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar: 1.Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari ham turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, har bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarining mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi (IB bob). 2.Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir. Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan. 3.Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega. 4.Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan holda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida g’olib chiqish uchun aholi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning o’zgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olg’a qarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bo’lgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi (X bob). Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iqtisodiyotining hamma sub’ektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka bog’liq. Bozor iqtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchi tomondan, sub’ektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiqlashtirishga intiladilar. Chunki faqat raqobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iqtisodiyotda ikki bir- biriga zid tomon. Iqtisodiy integratsiya ham iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlarini moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiqarishdagi o’zaro bog’liqlik kuchayishi bilan integratsiyalashmay yaxshi foyda olish qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga bog’liqligini kuchaytiradi. Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloqalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand bermaslik muhim rol o’ynaydi. 5.Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini qoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi hisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini ham, xaridorni ham hamisha narxni hisobga olgan holda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat yuritishga olib keladi. 6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, ya’ni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, hatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi. Tovarlar to’kinligini ta’minlashda narxlarning erkinligi muhim rol o’ynaydi. 7.Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Unda o’z-o’zini boshqarish bilan davlat ta’sirini o’tkazishi qorishib ketadi. Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bozor orqali bog’lanadi, ularning hamkorligi ham bozor orqali ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyoti har bir insonni o’z faoliyatining natijasini o’ylab, hisob-kitob qilib, oqilona ish yuritishga undaydi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bermoqchi bo’lsak, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Kelgusi boblarda yanada batafsilroq ko’ramiz. Bu bizga bozor iqtisodiyotini yanada chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Bozor iqtisodiyotining Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga, ob’ektlari va sub’ektlari aloqalariga asoslanar ekan, uning ob’ekti hamda sub’ektlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining ob’ektlari — bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa, sub’ektlari ana shu munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida bo’lishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar hamda puldir. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar va pul. Xozirgi paytda bozor iqtisodiyotining yana bir ob’ekti sifatida pul massasi yoki agregatlari tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat. Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan. Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi: uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut va davlat (hukumat). 1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik — oiladan iborat. Uy xo’jaligi: a) ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi; b) mustaqil qarorlar qabul qiladi; v) ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi; g) o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi. 2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib: a) ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida foydalanadilar; b) maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar; v) mustaqil ish yuritadilar. 3.Moliyaviy institutlar — bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit tashkiloti hisoblanadi. 4.Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham shug’ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar. Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha: Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida namoyon bo’ladilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling