Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarqatma materiallardan namunalar Oligopogiya ko’rsatkichlar
- Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z); Masala va mashqlar
- Bozor funktsiyalari Narxni shakllantirish Sog’lomlashtiri Axborot berish Vositachilik
- T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N; Testlar Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a.
- Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir.
- Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati.
- Miqdor Q Narx P
- Giffen effekti
Testlar 1. Qaysi bozor monopolist bo’lishi mumkin ? a) don bozori; b) gullar bozori; v) shokolad mahsulotlari bozori; g) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi; d) non bozori. 2. Birjada tovarlar oldi-sottisini amalga oshirilishi uchun: a) sotuvchi va xaridorning qatnashishi shart; b) tovar naqd bo’lishi kerak; v) xaridor oladigan tovarini sifatini o’zi ko’rib, tekshirishi kerak; g) tovardan namuna bo’lishi shart emas; d) tovardan namuna, sertifikati etarli. 3. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak bozor…. . a) ikki: resurslar va tovar, xizmatlar bozoridan; b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari , ishlab chiqarish vositalari bozoridan; v) ikki: tovar,xizmatlar va kapital bozoridan ; g) to’rt: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan; d) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan iborat. 4. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qatnashuvchi sub’ektlar: a)ikki guruh: uy xo’jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo’jalik; b)ikki guruh: firma(korxona)lar, uy xo’jaligi; v)uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shoxobchalari; g)uch guruh: firma, korxona,savdo muassasalari; d)ikki guruh: uy xo’jaligi, savdo tashkilotlari. 5. Mehnar bozori boshqa bozorlardan…. a)mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o’rtasidagi munosabati bilan; b)ish kuchi uning egasini mulki bo’lib qolaverishi va ishga yollanishida mehnat shartnomalari tuzilishi bilan; v)ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan; g)ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib ishga yollanishi bilan; d)sotib olingandan so’ng mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi. 6. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar… a) ssuda kapitali bozoriga; b) valyuta bozoriga; v) sug’urta bozoriga; g) qimmatli qog’ozlar bozoriga; d) pul ( pul majburiyatlari ) bozoriga xos. 7. Mehnat birjalari… a) ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni o’qitish, ishga joylash, otlaviy sharoitini o’rganish bilan; b) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo’sh o’rinlarni aniqlash; v) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish; g) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash; d) ishsizlarin ishga joylash, yangi kasbga o’rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash. 8. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli … a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlash, real talab va taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug’urta qilish; b) tovar narxlarni kotirovkasi, tovarlarni bitim bo’yicha etkazib berishni ta’minlash; v) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni etkazib berish; g) tovarlar narxi kotirovkasi real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish; d) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarida sug’urta qilish. Tarqatma materiallardan namunalar Oligopogiya ko’rsatkichlar Mukammal raqobat Monopolistik raqobat Bir xil mahsulot bilan oligopogiya Tabaqalashgan mahsulot bilan oligopogiya Monopoliya Firmalar soni Juda ko’p Ko’p Uncha ko’p bo’lmagan etakchi firmalar Uncha ko’p bo’lmagan etakchi firmalar Bitta Tabaqalashgan yoki bir xil mahsulot Bir xil Tabaqalashgan Bir xil Tabaqalashgan Noyob, yaqin o’rinbosar yo’q Tarmoqqa kirish osnligi Oson, to’siqlar yo’q Nisbatan oson, to’siqlar kam Qiyin to’siqlar mavjud Qiyin to’siqlar mavjud Bozorga kirish to’silgan Narx belgilash imkoniyati Yo’q Mahsulotni tabaqalashtiril ganda ayrim paytlarda , ba’zi bir holatlarda Narx belgilashda etakchilik va bitim tuzish imkoniyatiga ko’ra ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Narx belgilashda etakchilik va bitim tuzish imkoniyatiga ko’ra ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi Katta, talabga bog’liq Baxosiz raqobat Yo’q Ma’lum bir darajada Ma’lum bir darajada Kata Reklama, jamoatchilik bilan aloqalar Misollar Qishloq xo’jalik mahsulotlari, baliq, akyiya va obligatsiyalar Chakana savdodagi kichik magazinlar kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarish Po’lat, pivo, alyuminiy, mis Avtomobil, alkogolsiz ichimliklar, sovun, don, maishiy elektronika Suv, gaz, elektr ta’minoti, telefon va boshqa komunal xizmatlar Bozorning funktsiyalari Chizmadagi bo’sh kataklarni to’ldiring. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi Ishga tushirildi Qurilgan tarmoqlar Yilla r, chora klar Turar joy ming. kv. m. Maktablar, o’quvchi o’rin lari Akademik lits eyla r, o’quvchi o’rin lari Kasb-hunar kolle jla ri o’quvchi o’rin lari Kasalxona, o’rinjoy-lari Poliklinika la rga tashr if buyuruvchilar soni Suv quvurlari, km. Gaz quvurlari, km. 02/I 1116,5 352 600 7050 - 200 303,5 511,2 02/I-II 3783,7 5243 1200 9950 80 2905 1044,5 1730,2 02/I-III 6178,1 11674 2250 59155 80 9940 1521,4 2994,0 02/I-IV 7572,0 18932 5175 86610 300 16845 1960,6 3380,2 03/I 1131,4 1430 - - - 340 282,2 506,1 03/I-II 3436,3 4553 - 12600 160 8260 1352,4 2090,8 03/I-III 5466,4 14172 2725 62660 160 8260 1352,4 2090,8 03/I-IV 6739,7 22127 4375 94190 160 15460 1747,5 2982,9 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z); Masala va mashqlar: 1. Bozorning vujudga kelishining asasiy ikki sharoiti bu: ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. 2. Birinchi bozorning bir kunlik savdo oboroti 120 mln so’mlik, ikkinchisiniki esa 139,5 mln so’mlik , oylik savdo oboroti muvofmq ravishda birinchi bozorni 3120 mln so’mlik , ikkinchi bozorniki 3627 mln so’m . Ikkinchi bozorda savdo o’rinlari 100 taga kam bo’lishiga qaramay ko’proq oldi-sotti qilingan. Ikkinchi bozorning hajmi katta. 3. a),yo),i) – uy xo’jaligi Bozor funktsiyalari Narxni shakllantirish Sog’lomlashtiri Axborot berish Vositachilik Resurslarni samarali taqsimlash Nazorat qilish b),v),d),j),z) – firma, korxona g),e) – davlat(hukumat) y),k) – moliyaviy institut 4. a, g, e, j – bozor faoliyati b, v, d – nobozor faoliyati 5. a) 1,3,4,6,9,13 b) 2,5,8,11,12,14,16 v) 7,10,15 T/N 1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N; Testlar Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a. X BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI «Talab va taklif» degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon (xaqiqat) bor deya boshlashadi talab va taklifni tadqiq etishni Makkonnell K.R. va Bryu S.L. Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha-bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning uchun ham talab va taklifni alohida diqqat bilan o’rganishimiz zarur. Bu bobda biz talab va taklif mazmuni, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, talab va taklif elastikligi nima, bu iqtisodiy ko’rsatkichdan qanday maqsadda foydalaniladi, iste’molchi tanlovida naflilik, baho qanday rol o’ynaydi bozor muvozanati qanday tarzda o’rnatiladi, u ishlab chiqarishga qanday ta’sir qiladi va boshqa savollarga javob topishni o’rganamiz. Resurslarni taqsimlanishi bozor orqali narx asosida yuz beradi. Ana shu jarayon qanday yuz berishini ko’rib chiqamiz. 1-§. Talab va uning o’zgaruvchanligi. Talab elastikligi Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir. Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga ay- lanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi. Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin: 1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi. 2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar. 2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar. 3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar. 4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab: qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo’linadi. Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi. Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi: — ehtiyojlar o’sib boradi; — daromadlar o’sadi; — mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi; — madaniyat yuksalib boradi. Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin. 1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi. 2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi. Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol go’shti va h.k. Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi. 3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin. 4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan muhim omil aholi daromadi. Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi. 5.Kutiladigan o’zgarishlar. Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning talabini o’zgartiradi. Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi. 6.Demografik omil. Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy psixologik omillar ham ta’sir qiladi. Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar, milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi, milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi. Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati. Shunday firmalar borki, ularning mahsulotlariga talab yuqori. Bu firmalar doimo o’z xaridorlarini yo’qotmaslikka, saqlab qolishga, yanada ko’paytirishga harakat qiladilar. Bu omillarning ichida eng asosiysi narx. Chunki narx va xarid qobiliyatigina talabning tez o’zgarishiga olib keladi. Bozorda talab xaridor sifatida gavdalanadi. Bozorda tarozining bir pallasida talab tursa, ikkinchi pallasida taklif turadi. Talab bilan narxlar o’rtasidagi ta’sirni har qanday tovar bozorida kuzatish mumkin. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni abstrakt uslubidan foydalanib, narxdan boshqa hamma omillar o’zgarmaydi, deb faraz qilib, narxning o’zgarishi talabga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqamiz. Ma’lumki, aholining daromadi cheklangan. Shuning uchun zarur tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqib, turli muqobil variantlar ichidan narxi arzon tovar sotib olishga harakat qiladi. Natijada sifati o’zgarmagani holda narx pasayishi bilan tovarga talab miqdori ortadi. Biron-bir A tovarga talab narx o’zgarishi quyidagicha deylik. Yakka talabning narxga bog’liqligi Bir birlik tovar narxi R Talab qilingan tovar Miqdori Q 600 10 500 450 400 350 15 18 20 25 Jadvaldagi raqamlardan tovarning narxiga qarab sotib olish miqdori o’zgarayotganini ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlasak quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. x o’qi bo’ylab talab miqdorini, u o’qi bo’ylab narxni joylashtirib, jadval bo’yicha nuqtalarni birlashtirib, talab egri chizig’i yo’nalishiga ega bo’lamiz. Ko’pchilik, Rossiya iqtisodchilari sal bosh-qacharoq, x o’qiga narx, u o’qiga miqdor qo’yishadi. Bunda narxning o’zgarishini talabga ta’siri ko’rsatiladi. Mashhur iqtisodchi Alfred Marshall esa o’zining «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida x o’qida miqdor, u o’qida narxni joylashtirgan. Bunga sabab talabning o’zgarishi narxga, narxning o’zgarishi talab miqdoriga ta’sir qilishini hisobga olib funktsional bog’lanishni shunday tarzda tasvirlagan. Shunday qilib, tovar qancha qimmat bo’lsa, shuncha kam miqdorda xarid qilinadi yoki aksincha. Bu sabab-oqibatli, funktsional bog’lanish talab qonunini ifodalaydi. Demak, boshqa omillar ta’sir qilmagani holda tovarga bo’lgan talab narxning ortishi bilan qisqaradi. Matematik nuqtai nazardan qarasak, tovar va xizmatlarga bo’lgan talab ularning narxi bilan teskari proportsional bog’lanishda bo’ladi. Albatta, real hayotda bu jarayon juda murakkab kechadi, lekin umumiy tarzda olganda talab qonuni bosh yo’nalish tendentsiyasini ifodalaydi. Talab qonuni grafik tarzda talab egri chizig’i tarzida namoyon bo’ladi. Talabning narxga bog’liqligi: 1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi. 2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi. 3.Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi. Xaridor olmoqchi bo’lgan tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx iste’molchilarda xarid qilish xohishini so’ndiradi, past narx esa bu xohishni kuchaytiradi. Masalan: 1000 so’m pulimiz bor. 3 kg guruch va 1 kg makaron xarid qilmoqchimiz. Guruch narxi o’ylaganimizdek 280 so’m Miqdor Q Narx P emas 200 so’mga tushibdi. U holda endi 3 kg emas 4 kg guruch xarid qilishimiz mumkin. Iqtisodiy nazariyada boshqa tovarlarni sotib olish miqdori o’zgarmagani holda narxi tushgan tovarni xarid qilishni ko’paytirish imkoni daromad effekti deb ataladi. Agar guruchni narxi 350 so’mga ko’tarilsa endi makaronni ko’proq sotib olamiz. Xaridorni narxi ko’tarilgan tovar o’rniga nisbatan arzonroq tovar sotib olishi o’rin bosish effekti deyiladi Aynan daromad effekti bilan o’rin bosish effekti talab egri chizig’ining yo’nalishini ifodalaydi. Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen tovarlari deb ataladi. Ayrim paytlarda tovarni narxi yuqori ko’tarilsa, sifati yaxshilanadi degan nuqtai nazardan avvaliga qaraganda ko’proq sotib olishlari mumkin. Yoki Giffen kambag’al oilalar kartoshka narxi ko’tarilishiga qaramay uni ko’proq sotib ola boshlaganlarini kuzatib, buning sababini shunday izohlaydi. Bu oilalar boshqa mahsulot iste’molini ko’paytirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun go’sht iste’mol qilishni kamaytirish hisobiga kartoshka iste’molini ko’paytiradilar. Lekin ayrim iqtisodchilar: jumladan amerikalik Jorj Stigler (1911 y.) Giffen tovarlari tushunchasiga ishonchsizlik bilan qarashadi. Uning fikricha Giffen effekti tushunchasi Alfred Marshall yordami bilan iqtisodiy nazariyaga kirgan. Uning o’zini esa bu hodisani kuzatganiga shubha bildiradi. Ayrim iste’molchilar esa tovarning narxi pasaygani bilan uni sotib olishmaydi. Ular hammaga o’xshashni hohlashmaydi. Ular qimmat baholigi, boshqalarnikidan ajralib turadigan sifatlarga ega, eksklyuziv tovarlarni sotib olishga urinishadi. Natijada bunday tovarlarga talab o’sishi mumkin. Iqtisodiyotda bu ko’rinish Veblen effekti deb yuritiladi. Talab o’zgarishi bu xaridorlarni mahsulot sotib olishga bo’lgan niyatlarini o’zgarishini ifodalaydi. Sababi bir yoki bir necha omil (determinant)lar o’zgaradi. Bu omillarni yuqorida ko’rib o’tganmiz. Bunday o’zgarish butun shkalani, o’z navbatida narx va miqdor egri chizig’ining surilishini bildiradi. Bu erda talabni o’zgarishi bilan talab miqdori yoki hajmini o’zgarishi tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Talab miqdorini o’zgarishi talab egri chizig’ida ma’lum bir narx va miqdor kombinatsiyasidan ikkinchi kombinatsiyaga o’tishni bildiradi. Grafikda tasvirimiz bo’yicha talab miqdorini o’zgarishi DD chiziqda A dan V ga qarab yo’nalishini bildiradi. Miqdor Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxning o’zgarishiga qarab siljiydi Talabning o’zgarishi talab egri chizig’i narxdan boshqa bir ëki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida siljiydi Talabning kamayishi Talabning ko’payishi Narx Talabni o’zgarishi esa talab egri chizig’ini o’ngga (talab ko’paysa) D1D1 ga yoki chapga (talab kamaysa) D2D2 ga siljishini ifodalaydi. Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxni o’zgarishiga qarab siljiydi. Talabning o’zgarishida esa talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida (talabni ko’payishi yoki kamayishi) o’ngga yoki chapga siljiydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling