Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
va yig’imlar to’g’risida traktat»
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Boylikning onasi er, otasi mehnat»
- D. Rikar- do
- Qan Sharl Leonard Simon de Sismondi
- «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics)
- 2-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
- Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi
- Tadqiqot sub’ekti
- Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy
va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662), «Donishmandlarga so’z» (1665), «Siyosiy arifmetika» (1676), «Pul haqida ba’zi bir narsalar» (1676) asarlari buning dalilidir. U. Pettining eng buyuk xizmati boylikning manbai er va mehnat ekanini e’tirof etishidir. «Boylikning onasi er, otasi mehnat» degan mashhur ibora U. Pettiga tegishlidir. Iqtisodiy tafakkur tarixiga klassik siyosiy iqtisodning asoschisi bo’lib kirgan A. Smit buyuk iqtisodchilar ro’yxatining boshida turadi. Asosiy asari «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» 1776 yili nashr etilgan. Uning ta’limotidagi asosiy g’oya liberalizm bo’lib, iqtisodiyotga davlat aralashuvini eng kam darajaga keltirish, talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o’zini o’zi tartibga solishi, ya’ni «ko’zga ko’rinmas qo’l» tartibga solishi g’oyasini ilgari suradi. U qiymat yaratuvchi mehnatni unumli mehnat deb ko’klarga ko’tardi. Mehnat taqsimoti rolini hamda mehnat unumdorligini oshirish yo’llarini ko’rsatdi. Daromadlar to’g’risida ta’limot yaratib, soliqqa tortish printsiplarini ta’riflab berdi. Klassik siyosiy iqtisodning yana bir atoqli vakili D. Rikar- do A. Smit g’oyalarining davomchisi hisoblanadi. U o’zining «Siyosiy iqtisod ibtidosi va soliq olish» nomli asarida qiymatning yagona manbai ishchining mehnati ekanligi, u turli sinflar daromadining asosi, foydasi esa ishchining haq to’lanmagan mehnati ekanligini ko’rsatdi. Ish haqi bilan foyda o’rtasida teskari proportsional bog’lanish qonuni amal qilishini asoslab, foyda normasining pasayish tendentsiyasi mavjudligini ko’rsatdi, differentsial renta mexanizmini ochib berdi. U foyda normasini kapitalistik rivojlanishning rag’batlantiruvchi kuchi deb hisobladi. Uning ta’limoti utopik sotsializmga asos bo’lib xizmat qildi. Qahon iqtisodiy ta’limoti tarixida shveytsariyalik iqtisodchi va tarixchi Qan Sharl Leonard Simon de Sismondi ham muhim o’rin tutadi. Uning bosh asari «Siyosiy iqtisodning yangicha boshlanishi» (1819) bo’lib, unda kapitalistik jamiyatning iqtisodiy mexanizmi tanqid qilinadi. U o’zining iqtisodiy ta’limotida asosiy diqqat-e’tiborni taqsimotga qaratadi. Uning fikricha, taqsimotga qarab iste’mol va ishlab chiqarish tarkib topadi. U insonlarning baxt-saodati uchun siyosiy iqtisod sotsial mexanizmni takomillashtirish to’g’risidagi fan bo’lishi kerak deb ko’rsatadi. Kelajakda qanday jamiyat qurish kerakligi haqida har bir iqtisodchi o’z tushunchasiga muvofiq ravishda fikrlarini bildirgan. A. Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouenlar tarixda sotsial- utopistlar nomi bilan qolishdi. Ular kapitalizmni tanqid qilib, uni o’tkinchi tizim hisoblaganlar. Sotsial-utopistlar (utopiya — xayoliy) xususiy mulkchilikni yo’q qilish, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasida qarama-qarshiliklarni tugatish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etish, adolatli tuzum o’rnatish talabi bilan chiqishgan. Kelajakda quriladigan yangi jamiyatni Sen-Simon — industrial jamiyat, Fure — garmonik jamiyat, Ouen — kommunizm deb atashgan. Klassik iqtisodiy maktabning mashhur namoyondalaridan biri Q. S. Mill hisoblanadi. Asosiy asari besh kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1848 yil) bo’lib, unda shu paytga qadar ilgari surilgan juda ko’p kontseptsiyalarni o’rganib, umumlashtirdi va rivojlantirdi. Baho o’zgarishining talab miqdori ta’siri(talab elastikligi), bozor muvozanatini o’rnatish mexanizmi, bozor iqtisodiyotida davlatning roli va boshqa qator fikrlari uning ilmiy xizmatlaridan hisoblanadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta’limotda yangi oqim vujudga keldi. Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari — Karl Minger, Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk hamda Uilyam Stenli Qevons hisoblanadi. Marjinalizm (marginal — frantsuzcha me’yoriy degan so’zdan olingan) iqtisodiy jarayonlarni, qonunlarni me’yoriy-iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali tushuntirishga harakat qiladi. Marjinalizmda iqtisodiyot xo’jalik munosabatlarida qatnashayotgan alohida sub’ekt psixologiyasi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Ular fikricha, tovarning qiymati ishlab chiqarishda emas, balki ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Tovarning bahosi xaridor sotib olgan narx bilan belgilanadi. Shunday qilib, tovar bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan ham emas, ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari bilan ham emas, balki xaridorning tovarni baholashdagi sub’aktiv psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Individual tarzda har bir xaridor uchun tovarning bahosi uni sotib olayotgan kishiga keltiradigan nafga bog’liq. Tovarning naf-liligi esa iste’molchida tovarning bor-yo’qligi, zaxirasiga bog’liq. Inson doimo, birinchi navbatda, eng zarur narsani sotib oladi. Ikkinchi tomondan, har bir sotib olingan bir turdagi tovar avvalgisidan kam naf keltiradi. Me’yoriy naflilikning kamayib borish qonuni marjinalizmning asosiy printsipi hisoblanadi. Shunday qilib, narx xarajatlarga bog’liq bo’lmay, me’yoriy naflilikka qarab belgilanadi. Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo’shgan hissasi iste’molchilar ruhiyatini o’rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub’ektning o’zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo’yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish printsiplari bo’lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o’rtasida kurash kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo’lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi navbatdagi, iqtisodiy ta’limot tarixiga neoklassik maktab bo’lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu yo’nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo’lgan Marshall avval klassik maktab tarafdori bo’lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics) nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni nazarda tutgan. Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko’rsatdi. Erkin raqobatli bozorni ulug’lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi. Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo’yicha ko’plab darsliklar aynan ana shu nom bilan nashrdan chiqmoqda. Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog’lanishda emas, balki funktsional bog’lanishda bo’ladi. Narxning sabab-oqibatli bog’lanishda qanday qilib shakllanishi to’g’risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida emas, balki uning qanday o’zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo’llarini o’rganish bo’lmay, real amal qilayotgan bozor xo’jaligi mexanizmini o’rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan iborat bo’lishi kerak. A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki sotuvchining hukmron mavqega ega bo’lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi. XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa qo’shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o’zining nomukammal raqobat sharoitida foydani maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur iqtisodchi ayolga aylandi. XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko’rsatdi. Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g’oya zarur edi. Ana shunday g’oya bilan iqtisodiy nazariyaga K. M. Keyns kirib keldi. U o’z nazariyasi tarafdorlari bilan keynschilik maktabiga asos soldi. U rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslab berdi. Bunday tartiblash, eng avvalo yalpi talabga ta’sir etish orqali inflyatsiyaga, ish bilan bandlikka ta’sir ko’rsatish mumkinligini ko’rsatadi. Davlat iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Keyns yo’nalishi iqtisodiy nazariyada hukmron nazariyaga aylandi. Ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda uning takliflaridan foydalanildi. Lekin davlatning aralashuvi iqtisodiyotda qator salbiy holatlarga — byudjet taqchilligiga, davlat qarzining ko’payishi, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Xo’jalik hayoti byurokratlashib, iqtisodiy o’sish sur’ati pasaya bordi. XX asrning 50—60- yillaridan boshlab neoklassik yo’nalishda qator yangi maktab va oqimlar vujudga keldi. Bular neoliberalizm, monetarizm, instituttsionalizm va boshqalar. Neoliberalizm oqimi va uning mashhur vakillari F. Xayek, I. Shumpeter, L. Erxard asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada bo’lishiga, xususiy tadbirkorlikni o’sishiga qaratish lozimligini uqtiradilar. Monetar oqim vakillari va yangi monetaristik maktabning asoschisi M. Fridman iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqaligina amalga oshirish mumkinligini asoslab berdilar. Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning institutsional oqimi (lotincha institut so’zidan olingan bo’lib, tuzilish, muassasa ma’nosini bildiradi) tarafdorlari hamda ko’zga ko’ringan vakillariT. Veblen, Q. Gelbreyt va boshqalar fikriga ko’ra, iqtisodiyot — bu tizim. Xo’jalik yurituvchilar o’rtasida munosabatlar iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri ostida vujudga keladi. Demak, jamiyat taraqqiyotiga erishishda faqat iqtisodiy omillargagina emas, balki noiqtisodiy, xususan ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarga ham e’tibor berish lozim. Iqtisodiy ta’limotning rivojlanishida respublikamiz iqtisodchi olimlari faoliyati ham o’ziga xos o’rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kabi asarlarida yoritilgan masalalar jahon miqyosida e’tirof etilmoqda. 2-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiy nazariya vujudga kelib hozirgi darajaga etgunga qadar fanning predmetiga turlicha ta’rif berilgan. Iqtisodiy nazariyaning birinchi maktabi dastlabki kapital jamg’arilishi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash rivojlanishi davrida vujudga kelgan merkantilistlar ilmiy-tadqiqot predmetini boylik, boylikning manbai — savdo sifatida qarashgan. Klassik iqtisod vakillari fanning predmeti sifatida moddiy ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’molni nazarda tutib, tadqiqot doirasini kengaytirishdi. Har bir maktab fanning predmetini turlicha talqin etadi. Mashhur iqtisodchi P. Samuelson o’zining «Ekonomika» kitobida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risidagi fikr-larni o’rganib, ulardan ba’zilari quyidagilar deydi: 1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash va pullik bitimlar bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan. 2. Iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlar (bug’doy, mol go’shti, palto, kontsertlar, yo’llar, yaxtalar) ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan kamyob yoki cheklangan unumli resurslar (er, mehnat, ishlab chiqarishda ishlatishga mo’ljallangan tovarlar, masalan, mashinalar va texnikaviy bilimlar)dan foydalanish va ularni jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol qilish maqsadida taqsimlash to’g’risidagi fan. 3. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, yashashi uchun mablag’ topishi va undan foydalanishi to’g’risidagi fan. 4. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyatning iste’mol va ishlab chiqarish borasida o’z vazifasini qanday uddalayotgani haqidagi fan. 5. Iqtisodiyot nazariyasi boylik to’g’risidagi fan. Shu bilan birga bu ro’yxatni bir necha marta cho’zish mumkin deb ko’rsatadi P. Samuelson 3 . Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan A. O’lmasov, M. Sharifxo’jaevlar iqtisodiyot nazariyasiga quyidagicha ta’rif berishadi: «Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan aloqa-bog’lanishlarni, ularning qonun- qoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo’lishini o’rganuvchi fandir» 4 . Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa, jarayonlarni resurslarning cheklanganligi inson va jamiyat ehtiyojlarining cheksizligidan kelib chiqqan holda tadqiq etadi. «Ekonomiks» mualliflari Kempbell R. Makkonnell va Stenli L. Bryu ham buni ta’kidlab, juda ko’p iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiy nazariyasi cheklangan resurslar doirasida kishilar tomonidan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonida o’zlarini qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat deb ko’rsatadilar. Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun uning tadqiqot doirasi, ob’ekti, sub’ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq. Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo’jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o’z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob’ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo’lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo’lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo’lsa 3 Samuelson P. Ekonomika. M., MGP,Algon, VIIISI, t., 1,1992, str. 6-7. 4 . O’lmasov A., Sharifxo’jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi, Toshkent, «Mehnat», 1995, 9-10 betlar. iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo’ladi. Har kim o’z xohishiga ko’ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o’rnata olmaydi, chunki ob’ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob’ektiv reallikni o’rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub’ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir. Tadqiqot ob’ekti esa iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ya’ni xo’jalik yuritish faoliyatidir. Tadqiqot predmeti — «iqtisodiy odam»ning, kishilar guruhi va davlatning iqtisodiy faoliyati bo’lib, boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farqli ravishda alohida u yoki bu soha, tarmoq faoliya-ti emas, balki barcha iqtisodiy faoliyatni bir butun holda tadqiq etadi. Tadqiqot maqsadi iqtisodiy voqea, jarayonlarni o’rganish asosida ularning o’zaro qay darajada bog’liqligini, bir-birini taqozo qilishi, ya’ni bu jarayonlarning qonuniyatlarini ochish, ular asosida xulosa chiqarish, nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar bajariladi. Iqtisodiy nazariyaning asosiy vazifasi: — iqtisodiy hodisa, jarayonlarni va ularga xos bog’lanishni o’rganish (ma’lumki, iqtisodiy hodisalar dinamik tarzda iqtisodiy jarayonlar deb ataladi); — iqtisodiy sub’ektlarni asosiy resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida iqtisodning quyidagi: nima ishlab chiqarish kerak? qancha ishlab chiqarish kerak? qanday qilib ishlab chiqarish kerak? kim uchun ishlab chiqarish kerak? tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? kabi muammolarni echish uchun nazariy asos, faoliyat uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish; — iqtisodiy nazariyadagi alohida yo’nalishlar, oqimlarning ijobiy tomonlari, takliflarini sintez qilish; — jahon tajribasi va milliy iqtisodiyotning ijobiy-salbiy tomonlarini o’rganish va ular asosida nazariy xulosalar chiqarish. Umuman olganda, sanab o’tilgan va o’tilmagan yo’nalishlar, oqimlar har xil nom bilan atalishidan qat’i nazar, fanning mohiyatini o’zgartirmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani yagona, uning tad-qiqot ob’ekti ham bitta — xo’jalik yuritish faoliyatidir. Faqat predmet ta’rifiga ko’p marta aniqlik kiritilgan. Chunki xo’jalik yuritish shart- sharoiti o’zgargan. Har bir maktab iqtisodiyot nazariyasi predmetining u yoki bu jihatiga alohida ahamiyat beradi, ajratib ko’rsatadi. Shuning uchun mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shou «hatto, hamma iqtisodchilarni bitta zanjirga bog’lagan taqdirda ham ular yagona fikrga kelishmaydi» deb, haq gapni aytgan deya e’tirof etishadi, iqtisodchilar. Sotsial yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti uchun iqtisodiy nazariyada diqqat ko’proq tadqiqot ob’ektidan tadqiqot sub’ektiga qaratiladi. Ko’pchilik iqtisodchilarning iqtisodiyot nazariyasini resurslarni tanlash va insonning iqtisodiy faoliyati muammolari to’g’risidagi universal fan sifatida qarashiga e’tibor beradigan bo’lsak, iqtisodiyot nazariyasi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o’rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi kishilar faoliyatini o’rganar ekan, tad-qiqot asosida xulosalar chiqariladi. Uning amaliy faoliyati shundaki, chiqarilgan xulosalar oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. K. M. Keyns «Iqtisodiy nazariya bevosita xo’jalik yuritish siyosatida qo’llaniladigan tayyor tavsiyalar yig’indisi emas. U ta’limotdan ham ko’ra ko’proq usul, intellektual instrument, fikrlash texnikasi bo’lib, uni egallagan kishiga to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi», degan. To’g’ri xulosa chiqarish — bu kelajakdagi faoliyat yo’nalishini to’g’ri belgilash degani. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy faoliyat natijasida kelib chiqqan muammolarni nazariy jihatdan izohlab javob topishga qaratilgan bo’lib, kelajakda qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini oldindan prognoz qiladi, yo’nalishlarini ko’rsatadi. Iqtisodiy siyosat — bu davlatning ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Odatda, iqtisodiy siyosat umumiy bo’lib, u qator yo’nalishlar asosida olib boriladi. Masalan, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati, moliya siyosati, sotsial siyosat va hokazo. U jamiyatning barcha sotsial guruhlari manfaatini hisobga olib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi. Qanday iqtisodiy siyosat yuritish eng avvalo, jamiyat qanday g’oya, mafkurani tanlaganiga bog’liq. «Chunki mafkura — jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi, ... toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kun ufqlarini o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.» 5 Iqtisodiy siyosat iqtisodiy muammolarning echimini topish va uni amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bunda iqtisodiyot nazariya-si chiqargan xulosalarga tayaniladi (1- chizma). Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun hal qilinayotgan muammolarni har tomonlama (huquqiy, siyosiy, madaniy, sotsial va hokazo) hisobga olish kerak. Yuritilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy tizimning o’zgarishiga, takomillashuviga olib kelishi mumkin. U o’z navbatida iqtisodiyot nazariyasini boyitadi, kelgusi rivojlanishida o’z aksini topadi. Iqtisodiy siyosat olib borishiga qarab, davlat: a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ob’ektiv, mantiqiy tarzda to’g’ri ifodalasa, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin; b) aksincha, qo’llayotgan chora-tadbirlari yarim-yorti bo’lib, nazariy jihatdan berilgan xulosalar, tavsiyalar izchillik bilan amalga oshirilmasa, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari sekinlashishi mumkin; v) siyosat iqtisodiy taraqqiyotga ziddiyatli ta’sir ko’rsatishi, ya’ni uning bir yo’nalishdagi harakatini tezlashtirib, ikkinchisini sekinlashtirishi mumkin. Bu erda yana shuni ta’kidlash kerakki, ayrim paytlarda nazariy jihatdan chiqarilgan xulosalar to’g’ri bo’lib, uni qo’llashdan ijobiy natijalar kutish, lekin amalda ana shu kutilgan natija bo’lmasligi mumkin. Sababi — uni amalda qo’llash jamiyatdagi turli tabaqalar manfaatiga borib taqaladiki, buning natijasida iqtisodiy sub’ekt o’zini qanday tutishini avvaldan aniqlash qiyin. Nazariya iqtisodiyotni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy- demografik omillar ta’sirini ham inobatga olib o’rganadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir qismi, shuning uchun ijtimoiy hayotning iqtisodiyotdan boshqa jabhalari albatta unga ta’sir qilmay qolmaydi. Iqtisodiy jihat (aspekt) ni yagona hal qiluvchi deb qarash noto’g’ri. Iqtisodiyot birlamchi bo’la turib, o’z navbatida boshqa turdagi munosabatlar ta’sirida bo’ladi. Ayniqsa, siyosiy vaziyat, o’zgarishlar iqtisodiyotga katta ta’sir etadi. Masalan, eng oddiy misol, siyosiy vaziyat o’zgarishi bilan fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlar kursi, tovar birjalarida tovarlar narxi o’zgaradi: oshadi yoki pasayadi. Buning natijasida kapital oqimi o’zgaradi va ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. 5 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., «O’zbekiston», 2000, 6- bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling