Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi
- Normativ iqtisodiyot nazariyasi
- Iqtisodiy o’sish.
- Iqtisodiy samaradorlik.
- Daromadni adolatli taqsimlash.
- 3-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining tahlil uslubi Iqtisodiy qonun
- Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor
- iqtisodiy psixologiya
- Maxsus iqtisodiy qonunlar
- Umumiqtisodiy qonunlar.
Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar, qonun-qoidalar va siyosat bilan bog’liqligi 4. Iqtisodiy siyosat Iqtisodiy siyosat iqtisodiy faoliyat yoki uning oqibatlarini nazorat qiladi, ularga ta’sir o’tkazadi (turli chora-tadbirlar, dastaklar, vositalar orqali) ↑ 3. Nazariya Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish asosida, chiqarilgan umumiy xulosalar asosida iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari ishlab chiqiladi, ya’ni nazariy jihatdan asoslab beriladi. ↑ ↓ 2. Xususiy va umumiy xulosa Yig’ilgan ma’lumotlarni o’rganib chiqib, ular asosida xulosalar chiqariladi. Xususiy xulosalar umumlashtirilib umumiy xulosalar chiqariladi. ↑ ↓ 1. Dalillar Iqtisodiyot nazariyasi aniq muammoga yoki iqtisodiyotning u yoki bu aspektiga tegishli dalillar, ma’lumotlar to’playdi. Nazariya siyosatning iqtisodiyotga qayta ta’sirini ham o’rganadi. Siyosat iqtisodga qarab shakllanadi. Shu ma’noda iqtisod siyosatga nisbatan birlamchi. Ammo, to’g’ri tanlangani yoki yo’qligiga qarab ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyot rivojlanishining qonun-qoidalarini o’rganar ekan, shu ma’noda u siyosatning ilmiy asosi bo’ladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy borliqni bilish uchun ilmiy qo’llanmadir. Iqtisodiyot nazariyasi dalillar asosida chiqargan xulosalarining naqadar to’g’riligi va uning hayotga tatbiq etilishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qudratli turtki bo’lib xizmat qilishi yoki aksincha, to’siq bo’lishi ham mumkin. Iqtisodiyot nazariyasidan xabari yo’q kishining jamiyat miqyosidagi qator savollarga: «egizak taqchillik» — byudjet taqchilligi bilan tashqi savdo balansi taqchilligining sabablari nimada, u qanday oqibatlarga olib keladi? Nima sababdan fond birjalarida aktsiyalar kursining dramatik tarzda pasayib ketishi yuz beradi? Nima sababdan inflyatsiyaning oldini olish kerak? Ishsizlikni qanday qilib qisqartirish mumkin? Fermerlarni, umuman qishloq xo’jaligini subsidiyalash kerakmi? Bu savollarga javob topish qiyin. Siyosiy arboblar bu fanni chuqur bilmay turib, davlatni boshqarishlari mushkul. Iqtisodiyot nazariyasi har bir inson uchun amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mavjud axborotlardan xo’jalik yuritishda (oiladan boshlab yirik korporatsiyalar miqyosigacha) zarur xulosalar chiqarish, ular asosida o’z faoliyatini tashkil etish uchun ham iqtisodiyot nazariya-sini bilish zarur. Lekin shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiyotdagi muammolar individual nuqtai nazardan emas, balki ijtimoiy, jamiyat nuqtai nazaridan o’rganiladi. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molga alohida shaxs fikri, qarashi tarzida emas, balki jamiyat miqyosida qaraladi. Iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillarga tayanib, xulosa chiqarib va uni iqtisodiy siyosat yuritishga asos bo’lishi tufayli iqtisodiyot nazariyasi pozitiv nazariyadan keskin tarzda normativ iqtisodiyot nazariyasiga o’tadi. Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillar yordamida tad-qiqot olib boradi. Ular asosida kishilarning iqtisodiy faoliyat jarayonida o’zlarini qanday tutishlarini ilmiy asoslashga harakat qiladi. Normativ iqtisodiyot nazariyasi esa iqtisodiy jarayonlarni baholashga, iqtisodiyotda qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday iqtisodiy siyosat yuritish kerakligini ko’rsatadi. Masalan, mamlakatda mehnatga yaroqli aholi 10 mln. kishi bo’lib, ishsizlar 600 mingdan 800 mingga ko’paydi, deylik. Pozitiv iqtisodiyot mamlakatda ishsizlik 6% dan 8% ga o’sdi, deb ko’rsatadi. Normativ iqtisodiyot esa ishsizlik 6% dan 8% ga o’sishining sababi nimada ekanligi, u qanday oqibatga olib kelishini, ishsizlikni qisqartirish zarurligi va unga qanday erishish mumkinligini ko’rsatadi. Qisqacha aytganda, pozitiv iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotning real holatini o’rgansa, normativ iqtisodiyot nazariyasi sub’ektiv tarzda qanday bo’lishi kerakligi haqidagi fikrni ifodalaydi. Pozitiv iqtisodiyot nazariyasida fikrlar qarama-qarshiligi yo’q, iqtisodiy jarayonlarni talqin qilishda uncha katta farq yo’q. Lekin iqtisodiy siyosatni asoslashda, jamiyatning qanday bo’lishi kerakligi haqidagi qarashlari, tavsiyalar bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, daromadni qay tarzda taqsimlanayotgani haqida iqtisodchilar hamfikr, qanday taqsimlanishi haqidagi tavsiyalari esa bir-biridan katta farq qiladi. Iqtisodiy siyosat esa iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslanishi kerak. Ko’pchilik tomonidan tan olingan iqtisodiy printsiplardan biri ma’lum chegarada xarajatlar va ish bilan bandlik o’rtasida bog’lanish. Xarajatlarning umumiy hajmi ortganda ish bilan band-lik o’sadi. Aksincha, umumiy xarajatlar hajmi qisqarsa, ishsizlik ko’payadi. Mana shu bog’lanish hukumatning iqtisodiy siyosat yuritishida bebaho xizmat qilishi, yordam berishi mumkin. Agarda statistik ma’lumotlar umumiy xarajatlar hajmining pasayishini ko’rsatsa, demak, kelajakda ishsizlikning ko’payishi kutiladi. Mana shu kutilayotgan natijadan hukumat xulosa chiqarib, umumiy xarajatlarni ko’paytirish va kutilayotgan ishsizlikning oldini olish chora- tadbirlarini belgilaydi. Demak, samarali boshqarish uchun statistik ma’lumotlardan to’g’ri xulosa chiqarish va ularning o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’ra bilish kerak. Iqtisodiyot nazariyasi mana shunga o’rgatadi, hamda hushyorlik, aql-idrok bilan iqtisodiy siyosat yurgizishga asos bo’lib xizmat qiladi. Agarda jamiyatning bosh maqsadi aholi farovonligini ta’minlash, turmush darajasini yuksaltirish bo’lsa, unga erishish uchun qator iqtisodiy muammolarni hal etish, maqsadlarni amalga oshirish kerak. Qamiyat tomonidan amalga oshirilishi zarur, ko’pchilik tomonidan keng e’tirof etilgan quyidagi iqtisodiy maqsadlar mavjud. 1. Iqtisodiy o’sish. Iloji boricha ko’proq va yaxshi sifatliroq tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishning barqaror o’sishini ta’minlash. 2. To’la bandlik. Mehnatga layoqatli har bir ishlashni xohlagan kishi ish bilan ta’minlanishi kerak. 3. Iqtisodiy samaradorlik. Mavjud cheklangan resurslarni minimal darajada sarflab, maksimal natijaga erishish. 4. Narxlar barqarorligini ta’minlash. Narxlarning haddan tash-qari ko’tarilib (inflyatsiya) yoki tushib (deflyatsiya) ketishiga yo’l qo’ymaslik. 5. Iqtisodiy erkinlik. Boshqaruvchilar, tadbirkorlar, ishchilar, iste’molchilar o’z iqtisodiy faoliyatlarida katta erkinlikka ega bo’lishlari kerak. 6. Daromadni adolatli taqsimlash. Ba’zilar boylikka «cho’milganda» boshqalar haddan ziyod qashshoq bo’lmasligi kerak. 7. Ijtimoiy ta’minot. Mehnatga layoqatsiz kasallarni, qarilarni va boshqalarning qaramog’ida bo’lganlarni hayot kechirishini ta’minlash. 8. Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlarning oqilona balansiga ega bo’lish. Bu maqsadlarning hammasini bir vaqtning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. Birinchidan, ularni umumiy tarzda izohlash mumkin, lekin aniq mezonlarini belgilashga kelganda fikrlar har xil. Birini aniq o’lchash (1—4, 8) mumkin bo’lsa, boshqasini (5—7) aniq o’lchab bo’lmaydi. Bularning hammasini turlicha yondashish natijasida turlicha talqin qilish mumkin. Ikkinchidan, bir maqsadning amalga oshirilishi ikkinchisiga bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, to’la bandlikni ta’minlash, kam daromadga ega bo’lish iqtisodiy ta’minlanganlikka ham ta’sir qiladi. Uchinchidan, ba’zi maqsadlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Masalan, to’la bandlik (2) bilan inflyatsiya (4) yoki iqtisodiy o’sish (1) bilan daromadlarni adolatli taqsimlash (6). Agarda to’la bandlik ma’lum darajada inflyatsiyani yoki barqaror narxlar ishsizlikni keltirib chiqarsa, bu holatda jamiyat ikkisidan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashi kerak. Bunda albatta, iqtisodchilar uchun keng munozara maydoni vujudga keladi. Shuni ham qayd etish kerakki, iqtisodiyot nazariyasini o’rganayotganda boshlovchi iqtisodchi duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar mavjud. Bular ayrim faktlarni noto’g’ri tasavvur etish (aytaylik, biznesdan olingan foydaga shubha bilan qarash yoki taqchil moliyalashtirishni doimo yomon deb tushunish), noaniq iboralar ishlatish (masalan, hukumat ilgari surgan loyihalarni har bir guruh o’z manfaatidan kelib chiqib turlicha nom bilan atashi), yoki mantiqiy xulosalar chiqarishda adashish (chunki individual nuqtai nazardan chiqarilgan xulosa to’g’ri bo’lishi mumkin, lekin jamiyat miqyosida tatbiq etish to’g’ri emas). Masalan, individual dehqon qancha ko’p hosil olsa, shuncha ko’p daromad oladi. Sababi, uning bitta o’zi olgan hosili narxlarga deyarli ta’sir qilmaydi (lekin barcha dehqonlar hosilining ko’payishi narxni pasaytirib, daromadni ko’paytirmasligi mumkin), aniq sabab-oqibatli bog’lanishlarni ajratib olish qiyinchiligi, ulardan qaysi biri sabab, qaysi biri oqibat ekanligini ajratish mushkulliklaridir. Kvant fizikasi asoschisi, Nobel mukofoti laureati Maks Plank kamtarlik bilan o’z faoliyatini iqtisodchilikdan boshlagani, lekin uni tashlagani, sababi iqtisodchilik unga haddan tashqari qiyin ko’ringanini aytgan. Buni hozirgi zamon mantiqiy matematikasi «pioneri» Bertran Rosselga aytishganida, u taajjub, men iqtisodiy nazariyani haddan tashqari sodda deb tashlab ketgandim, deydi. Har ikki fikrda ham haqiqat bor, deydi P. Samuelson, shu bilan birga xato ham. Quda ko’p marta ta’kidlanadiki, har qanday zehni o’tkir 16 yoshga etgan inson iqtisodiy qonun- qoidalarni yaxshi o’zlashtirishi mumkin. Bu ma’noda Rossel haq. Lekin inson hayotining iqtisodiy kuchlarini bilish san’atida faqat aqlga taya-nish bilan Plank his qilganidek uzoqqa borib bo’lmaydi. Demak, dalillar, ma’lumotlar o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish iqtisodiyot nazariyasining asosiy maqsadi bo’lib, uni egallash oson ish emas. 3-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining tahlil uslubi Iqtisodiy qonun- Iqtisodiy qonun deganda nimani tushunamiz, degan savolga lar va kategori- javob berish uchun av valo qonunga berilgan falsafiy lar ta’rif ni eslaymiz. «Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, umumiy, sifat va miqdor bog’lanishini ifodalovchi, barqaror takrorlanuvchi hodisadir». Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qonunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalaridir. Iqtisodiy qonunlar ayrim kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi. Bu jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o’xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud: 1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun ham umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning xo’jalik faoliyati qonunlaridir. 2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega. 3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, silliq yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga chiqadi. Iqtisodiy qonunlar esa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o’zi murakkab, undan tashqari, har bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtisodiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina yuzaga chiqadi. Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof etgan bo’lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokining sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy faoliyatga kirishar ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol o’ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yuritish faoliyati bilan o’tar ekan, unda albatta iqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molda qatnashuvining sababi bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Erkin tanlash imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo’jalik yuritish jarayo- nida ma’lum psixologik qonunlarning amal qilishi namoyon bo’ladi. Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini tushunib, shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z manfaatlaridan kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, «sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarga xosdir. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga kiradi. Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va boshqalar. Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum mantiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Iqtisodiyot nazari- Iqtisodiyot nazariyasi qator iqtiso diy fanlarga yasi va boshqa iqti- metodologik (uslubiy) asos bo’lib xizmat qiladi. O’z sodiy fanlar navbatida boshqa fanlar iqtisodiy nazariyani boyitadi, uni to’g’ri xulosalar chiqarishiga yordam beradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi faqat iqtisodiy fanlar bilan emas, balki boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan ham bog’liq. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga: umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotni yaxlit o’rganuvchi fanlar hamda xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodiyotning u yoki bu sohasini o’rganuvchi fanlarga bo’lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi birinchi guruhga kiradi. Nomi ham ko’rsatib turibdiki, iqtisodiyotga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun-qoidalarni o’rganadi. Nazariya shu fanning tanho o’zida ko’riladi, lekin bu u monopol mavqega ega degani emas. Boshqa fanlar ham nazariy yondoshadi, lekin xususiy iqtisodiy fanlarda nazariya hodisalarning faqat ayrim xususiy jihatlariga tegishli, ularda nazariya bosh masala emas. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy faoliyat qaerda, qanday ijtimoiy shaklda, qanday miqyosda va qanday shiddat bilan yuz berishidan qat’i nazar, unga xos bo’lgan jamiki aloqa, bog’lanishlarni, ularga xos qonun-qoidalarni o’rganadi. Uning boshqa iqtisodiy fanlardan farqi ham ana shunda. Tarixiy marjinalizm maktabi vakili K. Minger o’z vaqtida qayd qilib o’tganidek, iqtisodiy bilim beradigan fan bitta emas, balki bir qator mustaqil xususiy iqtisodiy fanlar bo’lib, ular o’zining maxsus vazifa, predmet va mantiqiy uslublariga ega. Ular amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan qoidalar tizimini ishlab chiqadi, shuning uchun ham umumiy nazariya jumlasiga emas, balki xo’jalik yuritish san’atiga kiradi. Xususiy iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim xususiy tomonlariga ega bo’lgan murakkab munosabatlarni va qonuniyatlarni o’rganadi. Masalan, moliya, kredit, pul muomalasi, buxgalteriya hi-sobi, marketing, statistika va hokazolar — iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi faoliyatni tahlil etadi. Iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq qator iqtisodiy fanlar orasida alohida e’tiborga sazovor fan bu statistika. Davlat muassasalari, tashkilotlar, tadbirkorlar, korxonalar nihoyatda katta hajmda iqtisodiy axborot beradilar. Iqtisodiyot nazariyasi bu axborotlarsiz, yig’ilgan ma’lumotlarni puxta, sinchiklab statistik tahlil qilmay turib, reallikni ifodalay olmaydi. Quda ko’plab ehtimollar nazariyasi va statistikada qo’llaniladigan matematik uslublar aynan iqtisodiyot sohasida tobora keng qo’llanilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasining murakkab bo’limlarida matematikaning ahamiyati katta. Asosiy iqtisodiy qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli o’rganishda mantiqiy fikrlash muhim o’rin tutadi. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini amaliyotga muvaffaqiyatli qo’llash uchun empirik (hayot tajribasidan olingan) ma’lumotlarni aniq baholash zarur. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar, ayniqsa xususiy iqtisodiy fanlar hisobiga nazariy jihatdan boyisa, o’z navbatida boshqa iqtisodiy fanlarga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot naza- Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish- riyasi fanining da ilmiy tadqiqotning turli uslublaridan uslubi foydalaniladi. Ularni umumiy yoki falsafiy, umummilliy (tarixiy, mantiqiy, matematik va hokazolar), maxsus (har bir fanning o’zini tatbiq etadigan) uslublarga bo’lish mumkin. Umumiy uslub bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki falsafiy uslub — metafizika va dialektikadan iborat. Metafizika, hodisa, voqealarni alohida o’zgarmas, tinch holatida o’rganadi. Iqtisodiyotni o’rganishda metafizik yondashuv tizimning biron-bir tomonini yoki xo’jalik munosabatlarining ichki tuzilishini, ularning o’zgarishini hisobga olmagan holda o’rganish talab etilganda tatbiq qilinadi. Masalan, Amerika siyosiy iqtisod maktabining asoschisi Q. Klark o’zining, «Boylikning taqsimlanishi» kitobida texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish va jamiyat daromadlarini taqsimlashni statik (o’zgarmagan) va dinamik (progressiv o’zgarishlar ta’sirini hisobga olib) ko’rib chiqadi. Iqtisodiyot nazariyasi hodisani dialektika asosida o’rgansa haqiqatni to’laroq aks ettiradi. Dialektika — tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot bo’lib, uning asoschisi buyuk nemis faylasufi Georg Gegel (1770—1831 yillar) hisoblanadi. U dialektika tizimi nazariyasining markaziga qarama-qarshiliklarni qo’yadi. U qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunini ifodalar ekan, qarama-qarshilikni har qanday rivojlanishning «miqdori» sifatida baholaydi. Bu, albatta, ikki sifatga ham tegishli. Dialektik uslub faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi natijasida bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko’rish imkonini beradi. Biz masalan, ishlab chiqarish omillarini (statik), ishlab chiqarish imkoniyati, ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlarini (dinamik) o’rganganimizda bu uslublardan foydalanamiz. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda foydalaniladigan asosiy uslublardan yana biri ilmiy abstraktsiyalash uslubidir. Iqtisodiy faoliyatda aloqa-bog’lanishlar g’oyat ko’p bo’lganidan hodisalarning rivojlanib borishini ma’lum tizimga solib, xulosa chiqarib bo’lmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy-texnikaviy fanlarga o’xshab o’z gipotezalarini laboratoriya tajribalari orqali sinab ko’ra olmaydi. U ijtimoiy fan bo’lgani uchun iqtisodiyotdagi g’oyat ko’p qirrali, bir-biriga bog’lanib ketgan aloqa-bog’lanishlar bilan tadqiqot olib boradi. Iqtisodiy hodisalar, jarayon o’rganilganda ularni tasodifiylari emas, balki asosiylari boshqalaridan ajratilib, ma’lum chegarada olib qaraladi. Ilmiy abstraktsiya (lotincha — abstractio — so’zidan olingan) diqqatni chetga tortish ma’nosini beradi. Ilmiy abstraktsiya yordamida ilmiy kategoriyalar ta’riflab beriladi, tadqiq etilayotgan ob’ektlarning mohiyatini ko’rsatuvchi tomonlari ifodalanadi, iqtisodiy modellar ko’riladi. Iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda iqtisodiy kategoriyalar kabi, iqtisodiy hodisalarning eng barqaror bog’lanishlarini ko’rsatuvchi iqtisodiy qonunlar ochiladi, ta’riflab beriladi, ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraktsiyalash asosida iqtisodiyotga oid asosiy, muhim, yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, taqqoslanadi, ular o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Bularning hammasi ong, tafakkur orqali bajariladi. Abstraktsiyasiz g’oyat ko’p, tartibsiz faktlar, dalillar asosida nazariy xulosa chiqarish qiyinlashadi yoki umuman xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, narx, talab va taklif o’rtasidagi bog’lanishni o’rganganimizda narxdan boshqa omillarni o’zgarmaydi deb olishimiz yoki iqtisodiy resurslarni cheklanganligi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati darajasini tahlil qilganda mavjud resurslardan faqat 2 turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz deb faraz qilib, iqtisodiy muammoni tadqiq qi-lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasida induktiv va deduktiv uslublardan keng foydalaniladi. Induktiv uslubda empirik bilimdan abstraktsiyaga o’tiladi. Buning uchun iqtisodiyotni aks ettiruvchi ma’lumotlar to’planadi, jamlanib baholanadi. Dalillar to’plab, xususiy xulosa chiqariladi, xususiy xulosadan umumiy xulosaga o’tiladi. Dastlabki sinab ko’rilmagan xulosa-gipoteza olg’a suriladi. Ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlari aniqlanadi, faktlar umumlashtirilib, abstraktsiyaga o’tib, fikr-mulohaza sinalgan nazariy xulosalar, qonun-qoidalar darajasiga ko’tariladi. So’ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o’tiladi. Deduktiv uslub qo’llanilganda nazariyadan iqtisodiy faktlar, dalillar tahliliga o’tiladi. Umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqariladi. Har ikki uslub bir-birini to’ldiradi. Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy bo’lganidan unda tarixiylik va mantiqiylik usullari ham qo’llaniladi. Tarixiylik uslubi asosida iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, qanday natijaga olib kelishi o’rganiladi. Tarixiylik uslubidan ko’proq klassik siyosiy iqtisod vakillari foydalanishgan. Tarixiy yondashuvning kamchiligi shundaki, tarixiy faktlarning ko’pligi iqtisodiyotni jiddiy tarzda nazariy o’rganishni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish tizimining tipik xususiyatlarini aniqlashga erishib bo’lmaydi. Tarixiylik uslubining bu kamchiligi mantiqiylik uslubi yordamida bartaraf qilinadi. Iqtisodiy hodisalarning ichki va o’zaro aloqalari mantiqiy fikrlash orqali aniqlanadi. Bu usul bilan iqtisodiy hodisalarning mohiyati, tub belgilari aniqlanadi. Ular tarixan rivojlanib, o’zgarib turuvchi deb qaraladi. Masalan, neft qazib chiqarishning qisqarishi o’z navbatida qator salbiy oqibatlarga olib keladi — neftni qayta ishlaydigan korxonalar, neft-kimyo korxonalari to’xtaydi, yonilg’i ishlab chiqarilmagach, bu yonilg’ini ishlatadigan sohalarda ham qiyinchiliklar vujudga keladi. Demak, neft qazib chiqarishning qisqarishi nimalarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida mantiqiy xulosa chiqarish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy tahlil uslublari, matematik, statistik uslublardan ham keng foydalaniladi. Ular hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini o’rganib, yangi sifat darajasiga ko’tarilishini aniqlashga yordam beradi. Bunda hozirgi zamon hisoblash texnikasi, jumladan, kompyuterlar keng qo’llaniladi. Ayniqsa, iqtisodiy-matematik modellashtirish muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotning barcha uslublaridan foydalanib, iqtisodiy hodisa- jarayonlarning bog’lanishini aniqlash, iqtisodiy jarayonlarning qanday o’zgarishini taxmin qilish mumkin. Bu uslub yordamida iqtisodiy modellashtirish amalga oshiriladi. Iqtisodiy model — bu iqtisodiy jarayon va hodisalarning bir tomondan ob’ektiv xususiyatlariga, ikkinchi tomondan, tadqiqotning sub’ektiv maqsadi, xarakteriga ko’ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruktsiyasi, obrazidir. Modellashtirishda Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling