Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
§). Bu muammo iqtisodiyotning besh asosiy savolida namoyon bo’ladi. Nima?
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi
- 3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi
- Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini
- dan farq qiladi. Demak, izokvanta egri chizig’i xam. Buni izokvanta kartasidan ko’rish mumkin.
- Samaradorlik = Ishlab chiqarish natijasi (mahsulot) Ishlab chiqarish xarajatlari
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Takrorlash va munozara uchun savollar
§). Bu muammo iqtisodiyotning besh asosiy savolida namoyon bo’ladi.
Nima? — ma’lum bir vaqtda qanaqa tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish zarur? Qancha? - ishlab chiqarilayotgan mahsulot qancha miqdorda bo’lishi kerak? Qanday? — ishlab chiqarish omillarining qanday kombinatsiyasini, texnologiyani tanlash kerak? Kim uchun? — ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni kim sotib oladi, jamiyatda yaratilgan tovar va xizmatlardan olingan daromad qanday taqsimlanadi? Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi? – iste’mol talabi, resurslar taklifi va texnologiyaning o’zgarishiga muvofiq ravishda reaktsiya qiladimi? Ishlab chiqarish samaradorligi ana shu savollarga to’g’ri javob tanlash bilan bog’liq. Bunda tadbirkorning, menejerning qolaversa, har bir rahbarning iqtisodiy fikrlash doirasi qandayligi muhim rol o’ynaydi. 3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz. Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi. Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin. Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin. Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli kombinatsiyalarda birlashsin deylik. Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40 kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: U=f(a1, a2, a3, ... an) Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; a1, a2, a3, ... an — ishlab chiqarish omillari. Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash mumkin. Q=f(L·K·N) Q — mahsulot miqdori. L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi. Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi — bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik, elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.) Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental kontseptsiyasi hisoblanadi. Mexnat mikdori,j birlik (kishi) Er mikdori, birligi (ga) 10 20 30 40 1 3 6 9 700 1000 1200 1400 1000 1410 1720 1400 1000 1410 1720 2000 1230 1730 2120 2450 Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q, deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq muddatli davr farqlanadi. Qisqa muddatli davr- shunday davrki, korxonaning quvvatini o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi. Uzoq muddatli davr deb, ishlab chiqarishning barcha omillarini(doimiy, o’zgaruvchi) o’zgartirish uchun etarli bo’lgan vaqtga aytiladi. Qmsqa muddatli davrda firma o’z mahsuloti hajmini faqat o’zgaruvchi omillar evaziga o’zgartiradi. Bunda doimimy omillar o’zgarmay qoladi. Bu davr mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonunini amal qilishiga ko’ra aniqlanadi. Ishlab chiqarish omiliga talab shu omil tufayli olingan me’yoriy mahsulotga bog’liq. Masalan, to’qimachilik tsexi bo’lib, ma’lum texnologiya bo’yicha bir to’quvchi o’nta to’quv dastgohini boshqa-radi deylik, biz to’quvchilar sonini o’zgartirmay dastgohlar so- nini ko’paytirishimiz mumkin. Albatta, dastgohlarni ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Lekin to’quvchi 12 dastgohni 10 ta dastgohga o’xshab yaxshi boshqara olmaydi. 15 tasini 12 taga o’xshab. Buning natijasida mahsulotning miqdori umuman o’sishiga qaramay, har bir qo’shimcha stanokda chiqarilgan mahsulot avvalgisiga qaraganda kam bo’ladi. Bu misolimiz bo’yicha teskari vaziyatni ham ko’rishimiz mumkin. Dastgohlarni ko’paytirmay, to’quvchilar sonini ko’paytiraylik. U holda har bir to’quvchi kamroq dastgohni boshqaradi. U albatta 9 dastgohni 10 taga qaraganda yaxshi, 8 tasini undan ham yaxshiroq boshqaradi. Lekin dast-gohlarni unumdorligi cheklangan, shuning uchun har bir to’quvchi ishlab chiqargan mahsulot miqdori kamayib boradi. Bu misol bizni muhim xulosaga olib keladi: bilim va texnikaning ma’lum bir erishilgan darajasida ishlab chiqarishning bosh omillari o’zgarmagani holda bir omilni o’sib borishi shu omil olib keladigan unumning ma’lum bir me’yoridan so’ng pasayib borishini ko’rsatadi. Ana shu bog’lanish me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayishi qonunini ifodalaydi. Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum (daromad) olib kelishi me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayish qonuni deb ataladi. Uni chizmada tasvirlasak, quyidagicha ifodalash mumkin: Chizma bir omil o’z- garuvchi (misolimizda mehnat), ikkinchisi — o’zgarmas (kapital misolimizda stanok) vaziyatda qanday hol ro’y berishi mumkinligini ko’rsatadi. Avvalgi me’yoriy (qo’shimcha) mahsulot birmuncha ko’payadi. Lekin to’quvchilar soni ortib borishi bilan (stanoklar soni o’zgarmagan holda) me’yoriy mahsulot kamayishni boshlaydi, chunki to’quvchini ko’payishi ular xizmat qilayotgan stanoklarni sonini kamayishiga olib keladi. To’quvchilarni yollash ma’lum chegaragacha davom etadi. Bu chegara qaerda? Bu chegara mehnatning bozor bahosi, ya’ni ish haqiga teng bo’ladi. Ana shu ish haqi darajasi tadbirkorga qo’shimcha ish kuchi yollash kerakmi yoki yo’qligini ko’rsatadi. Bu ish haqi me’yoriy mahsulotning puldagi ifodasiga teng bo’ladi. Agarda to’quvchining oylik ish haqi 70 ming so’m desak, misolimiz bo’yicha 10- to’quvchi yaratgan me’yoriy mahsulot ish haqiga teng. Uni chizmada ajratib ko’rsatilgan. 11- to’quvchidan boshlab me’yoriy mahsulot ish haqidan kamayib 60 ming, 50 ming so’m va ho- kazoni tashkil etadi. Natijada mahsulot ishlab chiqarishni 950ming so’mdan ko’paytiradigan bo’lsak, borgan sari foyda kamayib, oxir-oqibat zarar keltirishi mumkin. Vaholanki yuzaki qarasak, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek edik. Sababi qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlarning o’sishi o’rtacha xarajatlarni ham o’sishiga olib keladi (12 - bobga qarang). Bizni misolimizda me’yoriy xarajat to’quvchiga berilayotgan ish haqi, me’yoriy daromad bu qo’shimcha mehnat birligi evaziga yaratilgan pul shaklidagi me’yoriy mahsulot. Muvozanat pul shaklidagi me’yoriy mahsulotni ish haqiga teng bo’lganida ro’y beradi. Mukammal raqobat kurashi sharoitida yollangan ishchiga to’lanadigan ish haqi sotib olingan resurslar uchun qilingan me’yoriy xarajatlarga teng. Shuning uchun uni MRC=MRP tarzida yozishimiz mumkin. Bu erda: MRC — resurslar uchun me’yoriy xarajatlar (marginal resource costs); 500 380 610 270 710 170 800 MRP1 0 =950-880=70 ming so’m MRP=MRC=W=70 ming so’m W 80 880 950 1010 1060 1100 80 -0 =8 0 170- 80 =9 0 270- 170 =100 380- 270 =90 500- 380 =120 610- 500 =110 710- 610 =100 800- 710 =90 880- 800 =80 1010 -95 0= 60 10 60- 101 0= 50 11 00- 106 0= 40 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Mehnat L (labor) K 6 3 2 1 L 1 2 3 6 MRP — me’yoriy mahsulot pul shaklida (marginal rutnie produst). Me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonuni qisqa muddatli davrda : 1. Ishlab chiqarishning ma’lum bir omili o’zgarmay qolganda; 2. Omillar o’rtasidagi samarali nisbat buzilganda; 3. Fan-texnika taraqqiyoti yuz bermay, yangi ixtirolar qilinmasa yoki ixtirolar ishlab chiqarishga joriy qilinmasa amal qiladi. Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda olingan qo’shimcha mahsulot shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot (marginal product MP) bo’ladi. Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini ifodalovchi egri chiziq izokvanta (Isoquant) — deb ataladi.. Turli izokvantalar majmui tasvirlangan grafik, izokvant kartasi deb ataladi (b rasm). Ishlab chiqarishning turli xil omillari nisbati ham har xil bo’lsa-da, ularning hammasi umumiy xususiyatlarga ega. K L 6 5 4 3 2 1 0 1 2 3 4 5 6 1.Boshqa sharoitlar teng bo’lganda bir resursni ko’payishi hisobiga mahsulot hajmini o’stirishning chegarasi mavjud. Misolimizda to’quv dastgohlari o’zgarmagani holda ishchilar sonini o’sib borishi ma’lum chegaradan keyin mahsulot hajmini o’sishi nolga yaqinlashadi. 2.Ishlab chiqarish hajmi ma’lum darajada ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rin bosishi tufayli nisbatini o’zgartirishi mumkin. Ishlovchilarning mehnati zarur unumli asbob- uskunalar bilan ta’minlangandagina samarali bo’ladi. Bunday asbob-uskuna bo’lmasa ishlab chiqarish hajmi pasayishi yoki ishchilar sonini ko’paytirish mumkin. Bunda bir resurs boshqasi bilan almashadi. Shu bilan birga yuqorida aytganimizdek, birini ikkinchisi bilan almashtirishning ham chegarasi bor. Q 1 Q 2 Q 3 K 6 5 4 3 2 1 0 1 2 3 4 5 6 L Q 1 hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur omillarning kombinatsiyasi Q 2 dan yoki Q 3 dan farq qiladi. Demak, izokvanta egri chizig’i xam. Buni izokvanta kartasidan ko’rish mumkin. 4-§. Iqtisodiy samaradorlik va vaqtni tejash qonuni Ma’lumki, ishlab chiqarishning natijasi, ya’ni samarasi bu yaratilgan mahsulotdir. Ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar ishlab chiqarish omiliga aylanadi, mahsulotda esa ishlab chiqarish xarajatlari sifatida gavdalanadi. Ishlab chiqarishning jamiyat uchun naqadar samarali ekanligi samaradorlik ko’rsatkichi orqali ifodalanadi. Samaradorlik = Ishlab chiqarish natijasi (mahsulot) Ishlab chiqarish xarajatlari Samaradorlik ishlab chiqarishni xarakterlaydigan eng muhim iqtisodiy ko’rsatkich. Aynan samaradorlikni o’sishi kam xarajat qilib, yaxshiroq, ko’proq natijaga erishish, cheklangan resurslardan samarali foydalanishni jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini ko’rsatadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni uch omil: mehnat, kapital va er (tabiiy resurslar) ta’minlaydi. Undan kelib chiqib, jami mahsulotni mehnat xarajatlari L, kapital K, tabiiy resurslar N, funktsiyasi Y sifatida ko’rish mumkin. Y = f(L,K,N) Ishlab chiqarish omillaridan naqadar samarali foydalanilganini har bir omil evaziga olingan mahsulot orqali ifodalanadi. Bunda ana shu omillarni qo’llashdan olingan natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Barcha omillarni ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi. Kilingan xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan mahsulotimiz o’rtacha mahsulot bo’lib, u aynan omillardan qay darajada samarali foydalanganimizni ko’rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik bilan bog’liq yana bir iqtisodiy ko’rsatkich bu me’yoriy mahsulotdir. U bir birlik qo’shimcha qilingan xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulot hajmini ko’rsatadi. Iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydigan muhim ko’rsatkichi bo’lib, birinchidan, mehnat unumdorligi yoki unga teskari ko’rsatkich mehnat sig’imi hisoblanadi. Mehnat unumdorligini mahsulot hajmini mehnat xarajatlariga nisbati Y/L mehnat sig’imini esa mehnat xarajatlarini mahsulot hajmiga L/Y nisbati tarzida aniqlanadi. Mehnat unumdorligi mehnatning natijasi, uning samaradorligini anglatadi. Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan mahsulot va xizmatlar miqdori bo’lsa, mehnat sig’imi esa aksincha bir birlik mahsulot yaratish uchun sarflangan ish vaqtidir. Mehnat unumdorligini oshirish o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondira borishning iqtisodiy jihatdan qulay yo’li hisoblanadi. Mehnat unumdorligiga ham juda ko’p omillar ta’sir etadi. Ularni asosan quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 1. Jamiyatda erishilgan texnika-texnologiya darajasi, boshqacha aytganda ish qurollari naqadar mukammalligi. 2. Ishlovchilarning bilim saviyasi, mehnat malakasi va mahorati, ya’ni ish kuchining sifati. 3. Ishlab chiqarishning tabiiy-iqlimiy sharoiti. Tabiiy resurslarni ishlatishning naqadar qulayligi. 4. Resurslarni cheklanganligi sharoitida ularni qanday ishlatishni tanlash va qaror qabul qilish. 5. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, infrastrukturani tashkil etish va boshqalar. Ish unumining ortishi, ish vaqtining tejalishi va bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida borgan sari ish vaqti tejalib bo’sh vaqtni ko’payishiga olib keladi. Masalan, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ish xaftasi asrimiz boshlarida 53 soat va undan ortiq edi. 50- yillarga kelib u 40 soatni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 35 soat. Unumdorlik oshib, bo’sh vaqtning ko’payib borish vaqtning tejalish qonuni amal qilishidan dalolat beradi. Bu qonunga ko’ra har qanday tejash vaqtning tejalishi demakdir. Bo’sh vaqtning ko’payishi, o’z navbatida, aholi farovonligiga ta’sir etadi. Bu jihatlarni mahsulot hajmi orqali ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ham iqtisodchilar ana shu tomonlarni ham hisobga olish yo’llarini topishga urinmoqda. Kapital omididan foydalanish samarasini ko’rsatishda kapital unumdorligi yoki unga teskari ko’rsatkich kapital sig’imidan foydalaniladi. Kapital unumdorligi mahsulot hajmini sarflangan kapitalga (odatda asosiy kapital) Y/K nisbati, kapital sig’imi esa aksincha kapital hajmini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati K/Y tarzida hisoblanadi. Omillardan foydalanishning holatini ko’rsatadigan muhim ko’rsatkichlardan biri tabiiy resurslar er, energiya, material va boshqalarning unumdorligi yoki aksincha resurslar sig’imidir. Resurslar unumdorligi mahsulot hajmini resurslar hajmiga nisbati Y/N yoki aksincha resurs sig’imi resurslar hajmini mahsulot hajmiga N/Y nisbati tarzida hisoblanadi. Er unumdorligi odatda qishloq xo’jaligida hisoblanadi. U olingan mahsulotni er maydoniga nisbati tarzida Y/N hisoblanadi. Bu ko’rsatkich erdan naqadar samarali foydalanilayotganini ko’rsatadi. Undan tashqari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida omillarning bir-biriga nisbati tarzida ham ko’rish mumkin. Bunday ko’rsatkichlardan avvalo kapital xarajatlari bilan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbat (K/L) ya’ni mehnatni kapital bilan qurollanish darajasi va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Barcha omillarni ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan mahsulotning absolyut miqdori umumiy mahsulot bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi zamonda texnika ayniqsa axborot industrial texnologisi iqtisodiy o’sishning, ishlab chiqarishni samarasini o’sishining dvigateli hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o’z ichiga faqat texnika va ishlab chiqarish usullarinigina emas, balki ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllarini ham oladi. O’z navbatida ishlab chiqarish uchun resurslar va ishlab chiqarish omillarining yangi nisbatlarini, udarning yangi-yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga imkoniyat yaratishni ham o’z ichiga oladi. Mamlakatimizda hozirgi erishilgan darajani hisobga olgan holda kelajakda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga axborot industrial texnologiyasini vujudga keltirish, mahsulot hajmini ko’vaytirish mezonlari asosida uning tarkibini talabga moslashtirish, iste’mol mollari va xizmatlarning ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatlashtirish asosida amalga oshirish orqali erishish mumkin. Jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichidan tashqari sotsial samaradorlik ko’rsatkichi ham mavjud. U jamiyat a’zolarining kayfiyati, yashash tarzi, turmush darajasining o’zgarishi, sotsial barqarorlik kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Qilingan xarajatlarning iqtisodiy jihatdan samarasi past bo’lishi mumkin, dekin sotsial jihatdan bu xarajatlar zarur va o’zini oqlaydi. Ayrim sohalar foyda keltirmaydi yoki zarar olib kelishi mumkin, lekin ular jamiyat uchun zarur. Masalan, aholini normal yashashini ta’minlaydi yoki ish bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun jamiyat miqyosida samaradorlik haqida gapirar ekanmiz, iqtisodiy samaradorlik Bilan birga sotsial samaradorlikka ham ahamiyat berishimiz kerak. Asosiy tayanch tushunchalar: 1. Ishlab chiqarish funktsiyasi 2. Ishlab chiqarish 3. Iqtisodiy faoliyat 4. Iste’mol 5. Izokvanta 6. Iqtisodiy samaradorlik 7. Me’yoriy mahsulot 8. Ayirboshlash 9. Taqsimot 10. O’rtacha mahsulot 11. Me’yoriy unumdorlik(daromad)ni pasayish qonuni. A)Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni; B)Ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayoni; V)Insonni ehtiyojini qondirish, ya’ni hayot kechirish, tirikchilikni ta’minlashning vosita va usullari majmui; G)Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillarining turli variantlarda birlashuvini ifodalovchi nuqtalarning geometrik o’rnini ko’rsatuvchi egri chiziq; D)Ishlab chiqarish omillarining har qanday to’plami Bilan shu omillar yordamida maksimal imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi funktsiya; E)Qo’shimcha bir birlik har qanday o’zgaruvchi omil evaziga yaratilgan umumiy mahsulot (TR) hajmini o’zgarishi tushuniladi. Masalan,MP= TP/ L; Yo)Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida resurslarni, ishlab chiqarish milarining egalari o’rtasida esa yaratilgan mahsulotni taqsimlanishinm ifodalaaydi; J)ma’lum miqdordagi ne’matlarni bir sub’ektdan boshqa sub’ekt ixtiyoriga o’tish jarayoni; Z)Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi. I)Iqtisodiy xarajatlar evaziga erishilgan ishlab chiqarish natijasi, yaratilgan mahsulot. Y)Ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot(TR)ning o’zgaruvchi ishchlab chiqarish omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, AR=TR/ L Takrorlash va munozara uchun savollar Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling