Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI
- Takrorlash va munozara uchun savollar
- Masala va mashqlar
- Tarqatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material Bozor (aralash) iqtisodiyotiga o’tish modelini ishlab chiqishda xisobga olingan
- 2-tarqatma material
- Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1v); 2a); 3g); 4b); 5e); 6d); 7j); 8yo);
- T/N 1T; 2N; 3T; ;T; 5N; 6T; 7T; 8T; 9N; 10T; Testlar
- Iqtisodiyot nazariyasida bozor deganda
- Bozor bu — sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o’zaro aloqasidir.
- Bozor iqtisodiyoti deganda esa faoliyat yuritish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi
Xulosa *Bozor iqtisodiyotining afzalligi barcha mamlakatlarni bozor iqtisodiyotini tanlashga olib keldi va unga o’tishni umumiqtisodiy jarayonga aylantirdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy jihatlari bo’lishi bilan birga har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chikib, o’ziga xos o’tish yo’li bor. *Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga xos bo’lgan ayrim jihatlarni umumiy ekanligi ni hisobga olib, ularni 3 guruhga bo’linadi: 1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li. yoki klassik yo’l. 2. Mustamlakachilikdan ozod bo’lgan, rivojlanayotgan yosh mamlakatlar yo’li. 3. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yoki rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li. *Klassik yo’l evolyutsion yo’l bo’lib, aralash iqtisodiyotga transformatsiyalashuvni aks ettirsa, rivojlanayotgan mamlakatlar mustamlakachilikdan qutilib, qoloq an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Uchinchi yo’l bozor iqtisodiyotiyo’lidan borayotgan mamlakatlarni revolyutsiya(inqilob) tufayli bu yo’ldan to’xtatib, bozor munosabatlarini cheklashdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo’li. *Shu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir mamlakat uchun o’ziga xos tomonlari borki, ular shu mamlakatga tegishli xususiyatlardan kelib chiqadi va mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishida hisobga olinishi zarur. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar ekan, yurtimizning o’ziga xos xususiyatlari «O’zbek modeli»da o’z aksini topgan. ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALARI 1. Uklad 2. Ijtimoiy – iqtisodiy uklad 3. Ko’p ukladli iqtisodiyot 4. Tamoyil 5. Kontseptsiya 6. Iqtisodiy isloxotlar. 7. o’tish davri 8. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi a) mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron – bir shakli, tartibga solish mexanizmiga muvofiq vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar xo’jalik yuritish shakli. b) Faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun – qoida, nuqtai nazar qarashlar v) kishining xayot kechirishi, xo’jalik yuritish printsipida o’rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib. g) Turli mulk shakillari va xar xil xo’jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot. d) Iqtisodiyotda o’tkazilgan, amalga oshirilgan tub o’zgartirishlar e) Qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli. yo) Markaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun – qoidalari va uning O’zbekistondagi o’ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui. j) Ma’muriy buyruqbozlik tizimi o’rniga bozor iqtisodiyotiga xos mexanizmni shakllantirish uchun zarur vaqt yoki postsotsializm, postkommunizmning bozor iqtisodiyotiga transformatsiyasi davri. Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima sababdan umumiqtisodiy jarayonga aylanadi? 2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li qanday omillarga bog’liq. Turli modellarning umumiy tomoni-chi? 3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazishning ikki yo’li qanday farqlanadi? 4. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan qanday modellarni bilasiz? 5. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda e’tiborga olish zarur bo’lgan O’zbekis-tonning qanday o’ziga xos xususiyatlari bor? 6. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasining bosh-qa modellaridan farqini ko’rsating? 7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichi yakunlari va ikkinchi bosqichda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini izohlang. Masala va mashqlar Quyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi sohalariga xos. 1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi xususiylashtirildi. 2. Moliya Vazirligi va Markaziy bankning tizumi va vazifalari o’zgartirildi. 3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi. 4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. 5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming gektarga etdi. 6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi. 7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi. 8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi. 9. Respublika fond birjasi tashkil etildi. 10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi. 11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi. 12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan maxsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74 tadan 11 taga kamaytirildi. 13. Ish xaqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi. 14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi. 15. Respublikamizda non va non maxsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi. 16. Valyuta birjasi tashkil etildi. 17. O’zbekiston 1994 yili “Tarmoqlar va savdo” bosh bitimi (GATT)da kuzatuvchi maqomini oldi 18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi. 19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi. T/H 1.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning mezonlari qilib: a) davlat dasturlarining maqsadi; b) iqtisodiyotni tartibgasolish usullari; v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; g) ish xaqidagi farqlar olingan; 2.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruxiga kiruvchi mamlakatlarda mulkda davlat ulushi nisbatan pastligi jamiyatning tabaqalanishini kuchayishi; 3.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga aloxida axamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki xissasining kamligi, ish xaqi farqi kattaligi va axolii tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi. 4.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznesmanfaatini ximoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki xissasi pastligi ish xaqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi 5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiynuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga bo’ladilar: 1) G’arbiyo Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li; 6.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Korea modelining boshqa modellardan davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi sa’sirining nixoyatda kuchliligi Bilan ajralib turadi. 7.Xitoy modeli iqtisodiy qurishni qishloq xo’jaligini islox qilishdan boshlanishi Bilan xarakterlanadi. 8.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli xam bir tomondan bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy jixatlariga asoslanadi, shu Bilan birga boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 9.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan borildi. 10.Iqtisodiy isloxatlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi. Shu lozim bo’lgan birinchi va extimolni asosiy vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni oxiriga etkazishdir. Testlar 1. O’zbekiston modelining o’ziga xos tomonlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi tomoyillarida o’z aksini topgan. a)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli, siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi; Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. b)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi; Erkin narxlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. v)Iqtisodni siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida erkin narxlar siyosatini yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. g)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. d)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar qabul qilish ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. 2. Iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligi qaysi tamoyilda o’z aksini topgan ? a) Iqtisodni siyosatdan ustivorligi; b) Davlat – bosh isloxatchi; v) Qonunlar ustivorligi; g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; d) Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish. 3. Nima sababdan O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat beriladi ? a) Ishsiz qolgan axolini daromad bilan ta’minlash maqsadida; b) Ko’p bolali oilalarga yordam berish maqsadida; v) Axolii turmushi darajasini xaddan tashqari pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun; g) Bozor iqtisodiyotiga o’tishda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilini amalga oshirish uchun; d) Qariyalarni inflyatsiya oqibatlaridan himoya qilish uchun; 4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni amalga oshiruvchi bosh islohotchi. a) Jamoat tashkilotlari; b) Siyosiy partiyalar; v) Kasaba uyushmalari; g) Davlat d) Xotin – qizlar tashkiloti. 5. Prezidentimiz I.A.Karimov “Besh tamoyilning hammasi ham demokratik va iqtisodiy o’zgarishlarni muvoffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir, shu bilan birga … a) Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi; b) Davlatning bosh islohotchi bo’lishi; v) Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish ustivorligi; g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi; d) Bozorga bosqichma – bosqich o’tish; tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu etakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini rivojlanib borishi va harakatlarni belgilab beradi”, – deb ta’kidlaydi. 6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita xal qiluvchi vazifani birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi oqibatlarini engish; tanglikka barxam berish; iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi respublikaning o’ziga xos sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda … a) Institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish; b) Bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; v) Agrar islohotlarni amalga oshirish; g) Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; d) o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish. 7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’li yoki klassik yo’li: a) 3 guruxga; b) 2 guruxga; v) 4 guruxga; g) 5 guruxga; d) 6 guruxga; bo’linadi. 8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik yo’li: a) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli, korporativ iqtisodiyot modeli; b) Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli; v) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli; g) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli; d) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli. Tarqatma materiallardan namunalar: 1-tarqatma material Bozor (aralash) iqtisodiyotiga o’tish modelini ishlab chiqishda xisobga olingan O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekis-tonning o’ziga xos xususiyatlari O’zbekistonning qadimdan taraqqiti evalyutsion tarzda rivojlanishi, Osiyoda ishlab chiqarishning an’analari saqlanib qolishi; • Dexqonsilik asosan sugoriladigan erlarda olib boriladi; • Kup ishlar jamoa bilan xashar yordamida bajarilishi; • O’z – o’zini boshqarishning maxala tizimi mavjud; • Mayda ishlab chiqarish, mayda savdo – sotiqqa moyillik; • Mayda dexqon xo’jaligini yuksak darajada tovar xo’jaligi bo’lishi va banklar. Qator xususiyatlar bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim va ikkinchi tomondan sovet imperiyasi tarkibida rivojlanish bilan bogliq. O’ziga xos demografik vaziyat mavjud: • Axolining asosiy qismiqishloqlarda yashaydi. Axo-liining tarkibida yoshlar ko’p. • Axolii milliy urf – odat, an’analarni xurmat qiladi, ular xayot tarziga ko’chli ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat. 2-tarqatma material 3-tarqatma material MDX mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot (1991 yilga nisbatan % hisobida) YaIM 1991 yilga nisbatan o’sishi bo’yicha O’zbekiston MDX mamlakatlari orasida etakchilikni saqlab kelmoqda. Jadval ma’lumotlari asosida yana qanday xulosalar chiqarish mumkin? Manba: MDX statistika qo’mitasi ma’lumotlari va muallif xisob-kitoblari 4-tarqatma material 1999 2000 2001 2002 2003 O’zbekiston 94,0 98,6 102,7 107,0 111,4 Ozarbayjon 53,3 59,3 65,1 72,0 80,1 Armaniston 72,5 76,8 84,2 95,0 108,2 Belorusiya 84,8 89,7 94,0 98,7 105,4 Gurjiston 46,7 47,6 49,8 52,5 57,1 Qozog’iston 71,0 78,0 88,5 97,2 106,1 Qirg’iziston 68,5 72,2 76,1 76,1 81,2 Moldova 41,0 42,0 45,0 48,5 51,6 Rossiya 64,4 70,8 74,3 77,8 83,3 Tojikiston 38,0 41,0 45,0 49,3 54,3 Ukraina 44,7 47,4 51,7 54,2 58,8 Bozor iqti-s odiyoti (a ra lash) o’tishi-ning o’ziga xos yo’lini tanlashga ta’sir ko’rsatuv-c h i omil-la r Raqobat kurashga asoslanganligi Monopolizm, yakka Џokimlikni inkor etilishi Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishning ma’lum tizimi mavjudligi kabilar. Daromad topishning cheklanmaganligi Tovar va xizmatlarga ------- narx ustunligi Bozor iqtisodiyoti (aralash)ning turli – tuman mulkchilikka va ularning qonun oldida asoslanganligi Bozor iqti-s odiyoti (a ra lash) o ‘tishi-ning barcha mamla-katlar uchun umumiy jixat-lari Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi. Ishlab chiqarish resurslari, texnika, texnologiya kapitalining Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi. Axolining an’analari va urf odatlari. Tariziy taraqqiyot darajasi. Har bir mamlakatning geografik o‘rni. Javoblar: Asosiy tayanch tushunchalar: 1v); 2a); 3g); 4b); 5e); 6d); 7j); 8yo); Masala va mashqlar: 1,8,10 Mulkiy munosabatlarini isloh qilishga. 4,5 Agrar isloxotlar 3,7 Moliya – kredit va narx – navo islohati 2,6,9,14,16,19 Boshqarish tizimini islox qilish va bozor infrastrukturasini yaratish 11,12,17 Tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti 13,15,18 Ijtimoiy islohotlar. T/N 1T; 2N; 3T; ;T; 5N; 6T; 7T; 8T; 9N; 10T; Testlar: 1a); 2a); 3v); 4g); 5d); 6b); 7a); 8v); IX BOB. BOZOR VA UNING TUZILISHI Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor markaziy rol o’ynaydi. Navbatdagi bob bozor va uning tuzilishini tadqiq etishga bag’ishlangan Unda biz bozor deganda o’zi nazariy jihatdan nimani tushunamiz, bozorda kim qaror qabul qiladi, bozor qanday tuzilishga ega, nima sababdan bozorning tuzilishi murakkab, unga turli jihatdan yondoshiladi. Unda biz doiraviy aylanish modelidan foydalanib, qaror qabul qiluvchi sub’ektlarni ajratgan holda o’rganamiz. Bozorni bozor infrastrukturasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Uni hisobga olgan holda bozor infrastrukturasi va uning tarkibini ham ko’rib chiqamiz. 1-§. Bozor tushunchasi. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati Hozirgi zamon iqtisodiyoti bu — bozor iqtisodiyotidir. U er yuzidagi turli mamlakatlarda har xil darajada, o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti deganda, eng avvalo diqqat-e’tiborimizni qaratadigan tushuncha bu — bozor tushunchasidir. Chunki bozor iqtisodiyotining markazida tabiiy bozor turibdi. Xo’p, bozor o’zi nima? Bozor, eng avvalo sotuvchi va xaridorlarning uchrashadigan joyi sifatida vujudga kelgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabilalar o’zlarining ortiqcha mahsulotlarini ayirboshlaydigan bo’lganlar. Buning uchun ma’lum joy va vaqt belgilangan. Hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning vujudga kelishi tufayli oldi-sotdi qilish uchun maxsus joy, maydonlar ajratilgan. Hozir ham xalq orasida bozor deganda oldi-sotdi qilinadigan maxsus maydon, joy tushuniladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi pulning vujudga kelishi natijasida oldi-sotdi bir vaqtda hamda bir joyda yuz bermasligi mumkin bo’-lib qoladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tufayli savdo bilan shug’ullanuvchilar ajralib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning yangi tarkibi — muomala sferasi vujudga keladi. Natijada bozorni faqat oldi-sotdi qilinadigan joy deb ta’riflash reallikni etarli darajada ifodalay olmaydi. Endi bozorni yangicha ayirboshlash aloqasi, munosabati sifatida ham tushuniladigan bo’ldi. Iqtisodiyot nazariyasida bozor deganda aynan ana shu ayirboshlash munosabati tushuniladi. Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Ammo, u har qanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Agarda ayirboshlash jarayonida pul ishtirok etmasa, bir tovar boshqasiga to’g’ridan-to’g’ri almashganda bozor munosabatlari yuzaga kelmaydi. Bozorning eng muhim sharti ayirboshlash jarayonida pulning vositachilik qilishidir. Bunda tovar muomalasi yuz berib, u ikki jarayonni birgalikda borishini ta’minlaydi. Bunda o’z-o’zidan tovar — pul (T—P), pul — tovar (P—T) munosabatlari yuzaga keladi. Shu ikki munosabatda tovarni taklif etuvchi sotuvchi va talab qiluvchi xaridor ishtirok etishi shart. Bozor bu — sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o’zaro aloqasidir. Sotuvchilar bilan xaridorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bozorni keltirib chiqarar ekan, bozor ularni birlashtiruvchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi. Bu mexanizmda talab va taklif uchrashadi. Agar biz talabni — xaridor tomonidan bo’ladi desak, taklif ishlab chiqaruvchi va sotuvchi qo’lida bo’ladi. Bozor sub’ektlari o’z manfaatlarini ko’zlab ish yuritar ekan, ularning xatti-harakatini muvofiqlashtiradi. Shu orqali ularning manfaati amalga oshadi. Bozor aloqalari narx-navo asosiga o’rnatiladi. Narxda asosan oldi-sotdi amalga oshadi va rasmiylashtiriladi. Bozorda hamma teng huquqli. Bozor deganda yoshligimizdan bilamizki, u oldi-sotdi qilinadigan joy. Xaridor bilan sotuvchi uchrashib, har ikkisi ham o’z manfaatini amalga oshiradi, ya’ni biri sotadi, ikkinchisi oladi. Mana shu ayirboshlash maxsus joy bozorda amalga oshadi. Shu bilan birga ayirboshlash jarayonini qanday tarzda amalga oshirilishini yozilgan va yozilmagan, ya’ni maxsus belgilangan va belgilanmagan qonun-qoida tusini olgan mezonlari mavjudki, u ham bozor tushunchasiga kiradi. Jumladan, sotuvchi va xaridorni o’zini tutishi, fe’l-atvori, sotuvchi narxi (haddan tashqari yuqori narx qo’ymaslik), xaridor narxi (haddan tashqari tovarni erga urmaslik) va boshqalar. Shunday qilib, bozor bu: 1. Sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi ayirboshlash, oldi-sotdi munosabati. 2. Ayirboshlash, oldi-sotdi, ya’ni savdo amalga oshiriladigan joy. 3.Ayirboshlash jarayonida oldi-sotdini amalga oshirishda xaridor va sotuvchining o’zini tutishi qonun-qoidalari,tartibotlari tizimini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti deganda esa faoliyat yuritish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi tushuniladi. Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub’ektlari bo’ladi. Ular jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar vakolatini olganlar bo’lib, alohida kishidan tortib to ayrim olingan davlatlargacha bo’lishi mumkin. Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob’ektlari bo’ladi. Bozor ob’ektining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Hozirgi payt-da rivojlangan mamlakatlarda 25 mingdan ortiq tovar va xizmatlar turi mavjud. Bozor aloqalari bevosita va bilvosita amalga oshadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste’molchi yoki xaridorning o’zi bilan to’g’ridan- to’g’ri oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bunga asosan kichik korxona va firmalarni misol qilib olish mumkin. Chunki, ular etishtirgan mahsulot kam, tor doirada bo’lganligi uchun ham hech qanday vositasiz bozorda o’z tovarlarini sotishi mumkin. Yana shunday munosabatlar borki, biz uni bilvosita bozor aloqasi deb belgilaymiz. O’z-o’zidan ko’rinadiki, u aloqada sotuvchi bilan xaridor va ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida munosabatni tezlashtirish —yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish maqsadida vositachi ahli maydonga keladi-da, ularning mushkulini osonlashtiradi. U qanday amalga oshadi? Bu savolga javob shuki, agarda men katta bir firma yoki ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi bo’lsam men uchun o’sha etishtirgan mahsulotimni o’zim sotgandan ko’ra o’rtadagi vositachilarga arzonroq narxda sotganim afzal. Chunki, men tovarlarni qanchalik tez sotsam, undan tushgan pulni ishlab chiqarishga tezroq sarflab, yanada ko’proq foyda olishimni ko’zda tutgan bo’laman. Agar jahon tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, rivojlangan mamlakatlarning bozorida bilvosita bozor aloqalari ustundir. Chunki, bozor rivojlangan sari uning sir-asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyasini o’tkazish maxsus tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. Bu ishlarni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotiq agentlari, broker, makler va dilerlar kabi vositachilar o’z zimmasiga oladi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilarning vaqtlarini tejab, tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo’lgan harakatini tezlashtiradi. Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi muhim ko’rsatkich, chunki u bozorda tovarni sotilish miqdori bo’lib har bir tovarning narxiga bog’liq bo’ladi. Bozor hajmi nafaqat ishlab chiqarish miqyosiga, balki uning ixtisoslashuviga ham bog’liq. Ixtisoslashuv qanchalik chuqurlashsa mahsulotlarning tovarlik darajasi shunchalik oshadi, shunchalik ko’p tovarni bozorda ayirboshlash zarurati kelib chiqadi. 1996 yilda AQShning ichki bozor hajmi 7,4 trln dollarlik tovar muomalasi bilan ifodalangandi. Odatda, bozor hajmi yalpi milliy mahsulot hajmiga nisbatan to’g’ri proportsional o’zgaradi. Bozorning hajmi qay darajadaligini tovar oboroti ko’rsatadi. U avvalo tovarlar va xizmatlar hajmiga bog’liq. Ub=(Um+Ui)–Ue Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling