Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


Testlar 
1. Qaysi bozor monopolist bo’lishi mumkin ? 
a) don bozori
b) gullar bozori; 
v) shokolad mahsulotlari bozori; 
g) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi; 
d) non bozori. 
 
2. Birjada tovarlar oldi-sottisini amalga oshirilishi uchun: 
a) sotuvchi va xaridorning qatnashishi shart; 
b) tovar naqd bo’lishi kerak; 
v) xaridor oladigan tovarini sifatini o’zi ko’rib, tekshirishi kerak; 
g) tovardan namuna bo’lishi shart emas; 
d) tovardan namuna, sertifikati etarli. 
3. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak bozor…. . 
a) ikki: resurslar va tovar, xizmatlar bozoridan; 
b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari , ishlab chiqarish vositalari bozoridan; 
v) ikki: tovar,xizmatlar va kapital bozoridan ; 
g) to’rt: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan; 
d) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan iborat. 
4. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qatnashuvchi sub’ektlar: 
a)ikki guruh: uy xo’jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo’jalik; 
b)ikki guruh: firma(korxona)lar, uy xo’jaligi; 
v)uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shoxobchalari; 
g)uch guruh: firma, korxona,savdo muassasalari; 
d)ikki guruh: uy xo’jaligi, savdo tashkilotlari. 
5. Mehnar bozori boshqa bozorlardan…. 
a)mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o’rtasidagi munosabati bilan
b)ish kuchi uning egasini mulki bo’lib qolaverishi va ishga yollanishida mehnat 
shartnomalari tuzilishi bilan; 
v)ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan; 
g)ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib ishga yollanishi bilan; 
d)sotib olingandan so’ng mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi. 
6. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar… 
a) ssuda kapitali bozoriga; 
b) valyuta bozoriga; 
v) sug’urta bozoriga; 

 
 
g) qimmatli qog’ozlar bozoriga; 
d) pul ( pul majburiyatlari ) bozoriga xos. 
7. Mehnat birjalari… 
a) ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni o’qitish, ishga joylash, otlaviy sharoitini o’rganish 
bilan; 
b) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo’sh o’rinlarni aniqlash; 
v) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy 
himoya qilish; 
g) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash; 
d) ishsizlarin ishga joylash, yangi kasbga o’rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash. 
8. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli … 
a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlash, real talab va 
taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug’urta qilish; 
b) tovar narxlarni kotirovkasi, tovarlarni bitim bo’yicha etkazib berishni ta’minlash; 
v) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni etkazib 
berish; 
g) tovarlar narxi kotirovkasi real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish; 
d) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarida 
sug’urta qilish. 
 Tarqatma materiallardan namunalar 
 
Oligopogiya
 
 
 
 
ko’rsatkichlar
 
Mukammal 
raqobat
 
Monopolistik 
raqobat
 
Bir xil mahsulot 
bilan 
oligopogiya
 
Tabaqalashgan 
mahsulot bilan 
oligopogiya
 
Monopoliya
 
Firmalar soni 
Juda ko’p
 
Ko’p
 
Uncha ko’p 
bo’lmagan 
etakchi firmalar
Uncha ko’p 
bo’lmagan 
etakchi firmalar
 
Bitta
 
Tabaqalashgan 
yoki bir xil 
mahsulot 
Bir xil
 
Tabaqalashgan
Bir xil
 
Tabaqalashgan
 
Noyob, yaqin 
o’rinbosar yo’q
Tarmoqqa kirish 
osnligi
 
Oson, to’siqlar 
yo’q
 
Nisbatan oson, 
to’siqlar kam
 
Qiyin to’siqlar 
mavjud
 
Qiyin to’siqlar 
mavjud
 
Bozorga kirish 
to’silgan
 
Narx belgilash 
imkoniyati
 
Yo’q
 
Mahsulotni 
tabaqalashtiril 
ganda ayrim 
paytlarda , ba’zi 
bir holatlarda
 
Narx belgilashda
etakchilik va 
bitim tuzish 
imkoniyatiga 
ko’ra ma’lum 
darajada ta’sir 
ko’rsatadi.
 
Narx belgilashda 
etakchilik va 
bitim tuzish 
imkoniyatiga 
ko’ra ma’lum 
darajada ta’sir 
ko’rsatadi
 
Katta, talabga 
bog’liq
 
Baxosiz raqobat
 
Yo’q
 
Ma’lum bir 
darajada 
Ma’lum bir 
darajada 
Kata
 
Reklama, 
jamoatchilik 
bilan aloqalar
 
Misollar 
Qishloq 
xo’jalik 
mahsulotlari, 
baliq, akyiya 
va 
obligatsiyalar 
Chakana 
savdodagi kichik
magazinlar 
kiyim-kechak, 
poyafzal ishlab 
chiqarish
 
Po’lat, pivo, 
alyuminiy, mis
Avtomobil, 
alkogolsiz 
ichimliklar, 
sovun, don, 
maishiy 
elektronika
 
Suv, gaz, elektr 
ta’minoti, telefon
va boshqa 
komunal 
xizmatlar
 
 
 
 

 
 
Bozorning funktsiyalari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Chizmadagi bo’sh kataklarni to’ldiring. 
 
 
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi 
Ishga tushirildi 
Qurilgan tarmoqlar
Yilla
r, chora
klar 
Turar joy ming. 
kv. m. 
Maktablar, 
o’quvchi 
o’rin
lari 
Akademik 
lits
eyla
r, 
o’quvchi 
o’rin
lari 
Kasb-hunar 
kolle
jla
ri 
o’quvchi 
o’rin
lari 
Kasalxona, 
o’rinjoy-lari 
Poliklinika
la
rga 
tashr
if 
buyuruvchilar 
soni 
Suv quvurlari, 
km. 
Gaz quvurlari, 
km. 
02/I 1116,5  352 
600 
7050 

200  303,5 511,2 
02/I-II 3783,7  5243 
1200 
9950 
80 
2905  1044,5
1730,2 
02/I-III 6178,1  11674 
2250 
59155 
80 
9940 
1521,4
2994,0 
02/I-IV 7572,0  18932 
5175 
86610  300 
16845  1960,6
3380,2 
03/I 1131,4 1430 



340  282,2 506,1 
03/I-II 3436,3  4553 

12600  160 
8260  1352,4
2090,8 
03/I-III 5466,4  14172 
2725 
62660  160 
8260 
1352,4
2090,8 
03/I-IV 6739,7  22127 
4375 
94190  160 
15460  1747,5
2982,9 
 
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi 
Javoblar:  
 Asosiy tayanch tushunchalar:  
 J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z); 
 Masala va mashqlar: 
1. Bozorning vujudga kelishining asasiy ikki sharoiti bu: ijtimoiy mehnat taqsimoti va 
xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. 
 2. Birinchi bozorning bir kunlik savdo oboroti 120 mln so’mlik, ikkinchisiniki esa 139,5 
mln so’mlik , oylik savdo oboroti muvofmq ravishda birinchi bozorni 3120 mln so’mlik , 
ikkinchi bozorniki 3627 mln so’m . Ikkinchi bozorda savdo o’rinlari 100 taga kam bo’lishiga 
qaramay ko’proq oldi-sotti qilingan. Ikkinchi bozorning hajmi katta.  
3. a),yo),i) – uy xo’jaligi 
Bozor 
funktsiyalari 
Narxni 
shakllantirish 
Sog’lomlashtiri 
 
Axborot berish 
 
Vositachilik 
Resurslarni 
samarali
 
taqsimlash 
 
Nazorat qilish 
 
 
 
 

 
 
b),v),d),j),z) – firma, korxona 
g),e) – davlat(hukumat) 
y),k) – moliyaviy institut 
4. a, g, e, j – bozor faoliyati 
b, v, d – nobozor faoliyati  
5. a) 1,3,4,6,9,13 
b) 2,5,8,11,12,14,16 
v) 7,10,15 
 T/N  
1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N; 
 Testlar 
 Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a.  
 

 
 
  
X BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI 
 
«Talab va taklif» degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda 
iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon (xaqiqat) bor deya boshlashadi talab va taklifni 
tadqiq etishni Makkonnell K.R. va Bryu S.L. Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p 
takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha-bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim 
iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va 
taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar 
taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. 
Shuning uchun ham talab va taklifni alohida diqqat bilan o’rganishimiz zarur. Bu bobda 
biz talab va taklif mazmuni, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, talab va taklif elastikligi 
nima, bu iqtisodiy ko’rsatkichdan qanday maqsadda foydalaniladi, iste’molchi tanlovida naflilik, 
baho qanday rol o’ynaydi bozor muvozanati qanday tarzda o’rnatiladi, u ishlab chiqarishga 
qanday ta’sir qiladi va boshqa savollarga javob topishni o’rganamiz. 
Resurslarni taqsimlanishi bozor orqali narx asosida yuz beradi. Ana shu jarayon qanday 
yuz berishini ko’rib chiqamiz.  
 
1-§. Talab va uning o’zgaruvchanligi. 
Talab elastikligi
 
 
Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi 
ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati 
talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir. 
Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon 
bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak 
olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga ay-
lanadi. 
Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. 
Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni 
xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid 
qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini 
farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq 
sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini 
ko’rsatadi. 
Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada 
dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi 
shakllanadi. 
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin: 
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi. 
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining 
yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli 
guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga 
ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol 
mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday 
ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar. 
2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar. 
3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar. 

 
 
4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar. 
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab: 
qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan 
talablarga bo’linadi. 
Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning 
ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. 
Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi. 
Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi: 
— ehtiyojlar o’sib boradi; 
— daromadlar o’sadi; 
— mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi; 
— madaniyat yuksalib boradi. 
Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning 
absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi. 
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. 
Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin. 
1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan 
bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi 
oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi. 
2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish 
yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi. 
Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar 
tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol 
go’shti va h.k. 
Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning 
narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni 
ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. 
Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi. 
3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining 
o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan 
talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin. 
4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov 
qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan 
muhim omil aholi daromadi. 
Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat 
foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi. 
Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, 
televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi. 
5.Kutiladigan o’zgarishlar. 
Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning 
talabini o’zgartiradi. 
Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik 
uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi 
yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi. 
6.Demografik omil. 
Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy 
psixologik omillar ham ta’sir qiladi. 
Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar, 
milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi, 
milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va 
boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni 
ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi. 

 
 
Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati. 
Shunday firmalar borki, ularning mahsulotlariga talab yuqori. Bu firmalar doimo o’z 
xaridorlarini yo’qotmaslikka, saqlab qolishga, yanada ko’paytirishga harakat qiladilar. 
Bu omillarning ichida eng asosiysi narx. Chunki narx va xarid qobiliyatigina talabning tez 
o’zgarishiga olib keladi. Bozorda talab xaridor sifatida gavdalanadi. Bozorda tarozining bir 
pallasida talab tursa, ikkinchi pallasida taklif turadi. Talab bilan narxlar o’rtasidagi ta’sirni har 
qanday tovar bozorida kuzatish mumkin. 
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni abstrakt uslubidan foydalanib, narxdan boshqa hamma 
omillar o’zgarmaydi, deb faraz qilib, narxning o’zgarishi talabga qanday ta’sir qilishini ko’rib 
chiqamiz. 
Ma’lumki, aholining daromadi cheklangan. Shuning uchun zarur tovar (xizmat)larni sotib 
olar ekan, har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqib, turli muqobil variantlar ichidan narxi arzon 
tovar sotib olishga harakat qiladi. Natijada sifati o’zgarmagani holda narx pasayishi bilan tovarga 
talab miqdori ortadi. 
Biron-bir A tovarga talab narx o’zgarishi quyidagicha deylik. 
 
Yakka talabning narxga bog’liqligi 
 
Bir birlik tovar narxi R 
Talab qilingan tovar 
Miqdori Q 
 
600 10 
500 
450 
400 
350 
15 
18 
20 
25 
 
 
Jadvaldagi raqamlardan tovarning narxiga qarab sotib olish miqdori o’zgarayotganini 
ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlasak quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. 
x  o’qi bo’ylab talab miqdorini, u  o’qi bo’ylab narxni joylashtirib, jadval bo’yicha 
nuqtalarni birlashtirib, talab egri chizig’i yo’nalishiga ega bo’lamiz. Ko’pchilik, Rossiya 
iqtisodchilari sal bosh-qacharoq, x  o’qiga narx, u o’qiga miqdor qo’yishadi. Bunda narxning 
o’zgarishini talabga ta’siri ko’rsatiladi. 
Mashhur iqtisodchi Alfred Marshall esa o’zining «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida 
o’qida miqdor, o’qida narxni joylashtirgan. Bunga sabab talabning o’zgarishi narxga, narxning 
o’zgarishi talab miqdoriga ta’sir qilishini hisobga olib funktsional bog’lanishni shunday tarzda 
tasvirlagan. 
 Shunday qilib, tovar qancha qimmat bo’lsa, shuncha kam miqdorda xarid qilinadi 
yoki aksincha. Bu sabab-oqibatli, funktsional bog’lanish talab qonunini ifodalaydi. Demak, 
boshqa omillar ta’sir qilmagani holda tovarga bo’lgan talab narxning ortishi bilan qisqaradi. 
Matematik nuqtai nazardan qarasak, tovar va xizmatlarga bo’lgan talab ularning narxi bilan 
teskari proportsional bog’lanishda bo’ladi. Albatta, real hayotda bu jarayon juda murakkab 
kechadi, lekin umumiy tarzda olganda talab qonuni bosh yo’nalish tendentsiyasini ifodalaydi. 
Talab qonuni grafik tarzda talab egri chizig’i tarzida namoyon bo’ladi. 
Talabning narxga bog’liqligi: 
1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi. 
2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi. 
3.Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi. Xaridor olmoqchi bo’lgan 
tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx iste’molchilarda xarid 
qilish xohishini so’ndiradi, past narx esa bu xohishni kuchaytiradi. Masalan: 1000 so’m pulimiz 
bor. 3 kg guruch va 1 kg makaron xarid qilmoqchimiz. Guruch narxi o’ylaganimizdek 280 so’m 
Miqdor Q 
Narx
 
P

 
 
emas 200 so’mga tushibdi. U holda endi 3 kg emas 4 kg guruch xarid qilishimiz mumkin. 
Iqtisodiy nazariyada boshqa tovarlarni sotib olish miqdori o’zgarmagani holda narxi tushgan 
tovarni xarid qilishni ko’paytirish imkoni daromad effekti deb ataladi. 
Agar guruchni narxi 350 so’mga ko’tarilsa endi makaronni ko’proq sotib olamiz. 
Xaridorni narxi ko’tarilgan tovar o’rniga nisbatan arzonroq tovar sotib olishi o’rin bosish effekti 
deyiladi Aynan daromad effekti bilan o’rin bosish effekti talab egri chizig’ining yo’nalishini 
ifodalaydi. 
Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab 
kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu 
holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen 
tovarlari deb ataladi. Ayrim paytlarda tovarni narxi yuqori ko’tarilsa, sifati yaxshilanadi degan 
nuqtai nazardan avvaliga qaraganda ko’proq sotib olishlari mumkin. Yoki Giffen kambag’al 
oilalar kartoshka narxi ko’tarilishiga qaramay uni ko’proq sotib ola boshlaganlarini kuzatib, 
buning sababini shunday izohlaydi. Bu oilalar boshqa mahsulot iste’molini ko’paytirish 
imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun go’sht iste’mol qilishni kamaytirish hisobiga kartoshka 
iste’molini ko’paytiradilar. 
Lekin ayrim iqtisodchilar: jumladan amerikalik Jorj Stigler (1911 y.) Giffen tovarlari 
tushunchasiga ishonchsizlik bilan qarashadi. Uning fikricha Giffen effekti tushunchasi Alfred 
Marshall yordami bilan iqtisodiy nazariyaga kirgan. Uning o’zini esa bu hodisani kuzatganiga 
shubha bildiradi.  
Ayrim iste’molchilar esa tovarning narxi pasaygani bilan uni sotib olishmaydi. Ular 
hammaga o’xshashni hohlashmaydi. Ular qimmat baholigi, boshqalarnikidan ajralib turadigan 
sifatlarga ega, eksklyuziv tovarlarni sotib olishga urinishadi. Natijada bunday tovarlarga talab 
o’sishi mumkin. Iqtisodiyotda bu ko’rinish Veblen effekti deb yuritiladi.  
Talab o’zgarishi bu xaridorlarni mahsulot sotib olishga bo’lgan niyatlarini o’zgarishini 
ifodalaydi. Sababi bir yoki bir necha omil (determinant)lar o’zgaradi. Bu omillarni yuqorida 
ko’rib o’tganmiz. Bunday o’zgarish butun shkalani, o’z navbatida narx va miqdor egri 
chizig’ining surilishini bildiradi. 
 
 
Bu erda talabni o’zgarishi bilan talab miqdori yoki hajmini o’zgarishi tushunchasi bilan 
aralashtirib yubormaslik kerak. 
Talab miqdorini o’zgarishi talab egri chizig’ida ma’lum bir narx va miqdor 
kombinatsiyasidan ikkinchi kombinatsiyaga o’tishni bildiradi. Grafikda tasvirimiz bo’yicha talab 
miqdorini o’zgarishi DD chiziqda A dan V ga qarab yo’nalishini bildiradi. 
Miqdor 
Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi 
talab egri chizig’i bo’yicha narxning 
o’zgarishiga qarab siljiydi 
Talabning o’zgarishi talab egri 
chizig’i narxdan boshqa bir ëki bir 
necha determinantlarni o’zgarishi 
natijasida siljiydi 
Talabning 
kamayishi 
Talabning 
ko’payishi 
Narx 

 
 
Talabni o’zgarishi esa talab egri chizig’ini o’ngga (talab ko’paysa) D1D1 ga yoki chapga 
(talab kamaysa) D2D2 ga siljishini ifodalaydi. 
Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxni o’zgarishiga 
qarab siljiydi. 
Talabning o’zgarishida esa talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha 
determinantlarni o’zgarishi natijasida (talabni ko’payishi yoki kamayishi) o’ngga yoki chapga 
siljiydi. 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling